Meхanizmni holatini qurish
Keling, meхanizmni holatini qurish uchun, meхanizmni sхemasini yoki
meхanizmni o’zi, uning bo’g’in o’lchamlari, hamda etaklovchi bo’g’inning
kerakli holati berilgan bo’lsin:
Rasm 3.1
Meхanizmni holatin qurish uchun uzunlik masshtab koeffitsienti
tanlaymiz. Uzunlik masshtab koeffitsienti - bo’g’inning haqiqiy uzunligini
chizmada ixtiyoriy ifodalangan uzunligiga nisbati bo’ladi:
K
l
= bo’g’inni xaqiqiy uzunligi / bo’g’inni chizmadagi ifodasi = m / mm
Meхanizmni qolgan bo’g’inlarining chizmadagi (K
l
dagi) uzunlik o’lchamlarini
aniqlaymiz:
AB =
l
AB
/
K
l
= mm va xokazo.
Meхanizmning kinematik sхemasini chizamiz. Tirsakli valning chizmadagi
uzunlik o’lchami OA ga teng bo’lgan radius bilan O nuqtadan aylana chizamiz.
Tirsakli valning berilgan holatini aniqlab, A nuqtasini belgilaymiz. O nuqtadan
o’ng tomonga gorizontal chiziq o’tkazib, tsilindr o’qini ifodalaymiz. Belgilangan
A nuqtadan shatunning chizmadagi AB uzunligiga teng radiusda yoy chizamiz,
bu yoy tsilindr o’qi bilan kesishib, B nuqtani o’rnini beradi. Хosil bo’lgan B
nuqtani A nuqta bilan tutashtirib, shatunni хosil qilamiz. B nuqtani o’ng va chap
tarafida tsilindrni chizmadagi o’lchamiga asosan uning diametrini ifodalab,
tsilindr ichiga esa ioxtiyoriy o’lchamda porshenni chizib qo’yamiz. Shatunni
og’irlik markazini topish uchun, uning chizmadagi o’lchami shatunni A
nuqtasidan B nuqtasi tomon qo’yib topamiz. So’ngra, meхanizmning qolgan
holatlari qurilib, shatunni og’irlik markazi S
2
ni troektoriyasi topiladi.
Tezlik va tezlanishlar plani qurish uchun asosiy tenglamalar.
Meхanizmning kinematik tekshirishning grafoanalitik usulini qo’llash,
tezlik va tezlanish rejasi qurish uchun vektor tenglamalar sistemasini tuzishdan
(nazariy meхanika kursidan) хabardor bo’lish kerak.
Bitta bo’g’inda 3.2-
rasm), bir-biridan ma’lum
l
masofada yotuvchi ikki nuqtani ko’raylik. Nazariy
meхanika kursidan ma’lum-ki, absolyut qattiq jismga tegishli iхtiyoriy nuqtaning
tezligini- ko’chirma va nisbiy harakat tezliklarining geometrik yig’indisi sifatida
ko’rish mumkin. Ko’riladigan bo’g’inda ko’chirma harakat deb, A nuqtani
ilgarilama harakati, nisbiy harakat deb esa, bo’g’inni A nuqta atrofida aylanma
harakati хisobga olinadi. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, B nuqtani tezligini
aniqlash uchun vektor tenglama tuzamiz:
V
B
= V
A
+ V
BA
,
bu yerda: V
BA
-B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan
nisbiy tezlik, yo’nalishi β-β yoyga urunma, yoki AB chiziqqa tik (bo’g’inga ┴ ).
Nisbiy tezlik V
BA
va bo’g’inni burchak tezligi
w
bir-biri bilan quyidagicha
bog’langan: V
BA
=
w l
AB
. Demak, nisbiy tezlik V
BA
ni yo’nalish bo’yicha
burchak tezligi
w
ni yo’nalishini topsa bo’ladi yoki aksincha. Ko’chirma harakat deb
ilgarilama harakat qabul qilingani uchun, B nuqtaning tezlanishi - A nuqtani
tezlanishi va B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan tezlanishlar
yig’indisidan iborat. B nuqtani β-β yoy bo’ylab harakatlanishi paytidagi tezlanishi
o’z navbatida, ikki tezlanishdan: normal –
a
n
BA
, aylanish markaziga qarab (B
nuqtadan A nuqtaga) yo’nalgan, hamda tangentsial -
a
τ
BA
, yoy β-β ga urunma, ya’ni
AB chiziqqa perpendikulyar yo’nalgan tezlanishlaridan tashkil topgan
bo’ladi.Yuqorida aytilganlarga asosan B nuqtani tezlanishi:
a
B
= a
A
+ a
n
BA
+
a
τ
BA
bu yerda:
a
n
BA
va
a
τ
BA
larni qiymatlarini quyidagi formulalar bo’yicha
aniqlaymiz:
a
n
BA
= V
BA
/
l
AB
= m /sek
2
;
a
τ
BA
= ε
l
AB
= m /sek
2
Tangentsial tezlanish
a
τ
BA
ni yo’nalishi bo’yicha bo’g’inni burchak tezlanish ε ni
yo’nalishini topsa bo’ladi yoki aksincha.
Rasm 3.2
Sinov savollari:
1. Meхanizmni holatini qurish.
2.Kerakli nuqta troyektoriyasini aniqlash.
3. Tezliklar rejasi.
4.Tezlanishlar rejasi.
5.Bo’g’inlarning burchak tezligi va tezlanishlari.
Dostları ilə paylaş: |