6 Ma’ruza. Nevrologik, endokrin va organizmning salomatlik oʻzgarishlari ruhiy holatning buzilishiga bog‘liqligi


Nevrozlar va reaktiv psixozlarning sud-psixiatrik ekspertizasi



Yüklə 25,38 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü25,38 Kb.
#166744
1   2   3
Ma\'ruza6

Nevrozlar va reaktiv psixozlarning sud-psixiatrik ekspertizasi
Nevroz bilan xastalangan kishilarni sud-psixiatrik ekspertizasi kamdan-kam hollarda oʻtkaziladi, chunki ular oʻz xatti-harakatlariga javob beradi (shu bilan birga jamiyatga xavfini) va oʻz harakatlarini boshqara oladilar. Kishilar nevroz holatida “aqliraso”dirlar. Vahimali qoʻrquv xurujida, 1 yopishqoqlik sindromi impulʼsiv shaklida bemorlar kamdan-kam holatlarda oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilmasligi mumkin. Sud-psixiatrik ekspertiza oʻgkazilishida, bu holat nazarda tutilishi lozim. Reaktiv psixoz holatida kamdan-kam holda kriminal harakatlar qilinadi, asosan qonunbuzarlikdan soʻng reaktiv holat rivojlanadi. Agarda reaktiv psixoz holatida qonunga xilof harakatlar qilingan boʻlsa, unda tabiiyki “aqli noraso”lik haqida gapirsa boʻladi. Agar reaktiv holat qonunbuzarlikdan keyin yuzaga kelgan boʻlsa, tekshiriluvchining sudga tavsiya zgipt va qonunbuzarligi uchun javobgarlikka tortish masalasi turadi. Qisqa muddatli va toʻliq, yaxshilanadigan, oʻtkir va oʻtkir osti psixozlarda, tuzalib ketish, ekspert shifoxonalarda kuzatiladi, shuning uchun ham ekspertizadan oʻtadigan shaxe sud-tergov jarayonida qatnasha olish yoki ozoddikdan mahrum etilgan joylarda boʻla olish masalasi qiyinchilik toʻgʻdirmaydi. Shu masalalar surunkali kechuvchi psixozlarda qiyinchilik tugʻdiradi. Bunday holatlarda -» ekspertiza asosiy vazifasi xastalik holatini chuqurligi, ogʻirligi va prognozini aniqlash boʻladi. Surunkali isterik psixozlar bir xil kechishida va asosan isterik sindromlar bilan boʻlsa (isterik depressiya, psevdo-demensiya, puerilizm) prognozi yomon boʻlmaydi. Bu holatlar qiyosiy tashhisotda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmaydi. Bunday holatlarda “aqli raso”ligi haqida xulosa berish mumkin, reaktiv psixozlar uzoq davom etishi nazarda tutilsa, ularni majburiy davolanishga tuzalgunga qadar yuborish kerak, shundan soʻng ular sud oldida javob berishi mumkin. Koʻp qaytalanadigan isterik sindromlar bor bemorlarda prognoz va amaliy ishlarni aniqlashda nazarda tutish kerakki, koʻpincha psixopatologik koʻrinish qaytalanishida, birlamchi psixopatologik simptomatika qiyinchiliklarini namoyon qilmaydi. Har bir qayta koʻrinish sud-psixiatrik bahosi, birlamchi klinik koʻrinishi bilan bir xil boʻlsa, birlamchi reaktiv holat ekspertizasi singari olib boriladi. Bunday hollarda ekspertizadan oʻtuvchining vaqtincha ruhiy faoliyati buzilishi, uning qonunga qarshi harakatlari vaqtidagi ruhiy holatini aniqdashga toʻsqinlik qiladi. Bundan tashqari, depressiv va paranoid sindromli reaktiv psixozlar kechishi va oqibati boʻyicha yaxshi boʻlmasligi mumkin. Diagnostik kelishmovchiliklar hamda reaktiv holatdan keyingi shaxsiyat oʻzgarishlari turi ogʻirlikda rivojlanishi, bemorlarni ruhiy kasalliklar shifoxonalarida majburiy davolantirilib, soʻng ekspertiza oldidagi savollarga aniqlik kiritiladi. Koʻpincha bunday choralar samarali hisoblanadi. Psixogen tabiatli xastalik aniqlanganda zarur boʻlgan faol muolajalardan soʻng tekshiriluvchi sud qilinishi va javobgarlikka tortilishi mumkin. Depressiv va paranoid reaksiyali bemorlarga, toʻliq tuzalib reaktiv holatdan keyingi asteniya yoʻqolgandan soʻng va ogʻriqli taassurotlarga tanqid tiklangach, majburiy davolanishni toʻxtatish tavsiya etiladi. Bunday holatga faol davo toʻxtatilib, qoʻllab turuvchi dozalar ham toʻxtatilishi toʻgʻrisida oʻylash mumkin. Kamdan-kam uchraydigan sekin-asta kechuvchi choʻzilgan reaktiv psixozlarni sud-psixiatrik baholash mushkulroq. Jismoniy quvvatsizlanishni oʻsib borishi va turgʻun vegetativ almashinuv siljishi, silliqlanishga moyillik kuzatilmasligi shaxsning premorbid patologik xususiyatida va anamnezidagi somatik xastaliklari birgalikda oʻta nohush prognoz sifatida qarash kerak. Undan tashqari, reaktiv holatni qaytalanishlariga emas, balki paranoid simptomatikasi oʻsishi va murakkablashish tendensiyasi nohush belgi hisoblanadi. Organik turdagi ruhiy buzilishlar bilan uzoq progrediyent kechuvchi xastaliklar guruhidagi bemorlar aqli rasolik holatida sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikni zarur protsessual talablarini bajarish qobiliyatini yoʻqolishi tavsiflidir. Jinoyatdan soʻng kelib chiqadigan, uning barcha oqibatlari bilan birgalikda, choʻziluvchan kechuvchi reaktiv psixozlar bunday variantini surunkali ruhiy xastalik deb qaraladi. Sudga qatnashish va javobgarlikka tortish uchun yakuniy qarordan oldin odatda bunday bemorlar majburiy davolanishga yuboriladi. Reaktiv psixoz haqidagi ekspert xulosasida xastalik yuzaga kelgan vaqt koʻrsatilishi zarur, chunki tergov davrida, u yoki bu tergov harakatlarini bajarishda tekshiriluvchining ruhiy holatini baholashga bogʻliqdir. Reaktiv depressiyadagi bemorlar oʻzini ayblash va oʻzi qaqida yomon fikrlar bildirishga moyildir. Reaktiv paranoid kasallarining xulk-atvoridagi taʼqib, munosabat vasvasa fikrlari va atrof-muhit ogʻriqlik interpretatsiyasi tergov davridagi koʻrsatmalarni oʻzgartirib yuborishga sabab boʻladi. Bu spetsifik sud psixiatrik masalani yechishda, reaktiv psixoz kechishi turini aniqlanishiga asoslaniladi va uning qaysi bosqichida, u yoki bu koʻrsatmalar berilgani hamda boshqa tergov harakatlari bajarilgani ahamiyatlidir. Oʻtkir osti reaktiv psixozlarida psixotik holat yuzaga kelishi vaqti yaqqol bilinadi, ular oʻtkir davrida ong buzilishi va oʻzini tutishini oʻzgarishi, tez rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Tekshiriluvchining koʻrsatmalariga sogʻlom inson koʻrsatmalariga qaragandek qarash davrini aniqlash qiyinchilik tugʻdirmaydi. Choʻziluvchan reaktiv psixozlar yashirin shakllari hosil boʻlish vaqtini aniqlash qiyinroqdir. Tergov ishlari bajarilishi mumkin boʻlgan, nevrotik xastalik psixoz oldi holat boʻlishini nazarda tutish kerak.
Yüklə 25,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin