№6 Ma’ruza. Nevrologik, endokrin va organizmning salomatlik oʻzgarishlari ruhiy holatning buzilishiga bog‘liqligi Nevrozlar funksional, qaytish xususiyatiga ega boʻlgan, vasvasa, gallyutsinatsiyalarsiz oʻtadigan kasallikdir. Nevrozlar kelib chiqishiga turli omillar sabab boʻladi. Bu omillar qatoriga irsiy omillar, stress, ruhiy jarohatlar, tarbiyadagi kamchiliklar, mehnat faoliyatining oʻzgarishi natijasida bemorning yangi sharoitda koʻnikishi qiyin boʻlishi kabilar kiritiladi. Koʻpincha nevroz belgilari asta-sekin, kamroq hollarda toʻsatdan paydo boʻladi. Bemorlar oʻz kasalliklariga toʻgʻri va tanqidiy qaray oladilar, ongi saqlanib qoladi va oʻz-oʻzini boshqara oladilar. Nevrozlarning quyidagi turlari farqlanadi: nevrasteniya, isterik nevrozlar va miyadan ketmaydigan holatlar (obsessiv) nevrozlari.
Nevrasteniya (astenik nevroz) Asabiy va ruhiy zaiflik holati boʻlib, hayot yoki ish faoliyati sharoitlariga moslasha olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bu kasallik mutlaqo sogʻlom kishilarda qattiq charchash, zoʻriqish oqibatida kelib chiqishi mumkin. Nevrasteniyaning klinik koʻrinishida qoʻzgʻaluvchanlik, bezovtalik, ortiqcha taʼsirchanlik, kayfiyatni oʻzgaruvchanligi, uyqu va ishgahaning yoʻqolishi, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, yurak sohasida nohush ogʻriqlar va sezgilar, oshqozon sodasida ogʻriqlar, koʻngil aynashi, qusish kabi belgilar kuzatiladi, bemorni mehnat qobiliyatining pasayishiga, xotiraning susayishiga, tezda holda toliqib, ishga yaroqsiz boʻlib qolishiga olib keladi. Bemor oʻz diqqat-eʼtiborini jamlay ololmaydi, uyqusi buziladi, tez qizishib, asabiylashadi yoki umuman hamma narsaga befarq boʻlib qoladi. Tashqi taʼsirlarga ovoz, yorugʻlik, shovqindan qattiq taʼsirlanib, ichki aʼzolarida nohush ogʻriq his qiladi. Doimo kayfiyati tushkun boʻladi. Kunduzi bemorlarni mudroq bosadi, kechalari esa chuqur goliqib uxlay olmaydilar va tez-tez uygʻonib turadilar. Nevrasteniyaning davomiyligi turlichadir, u bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi. Nevrasteniya giperstenik va gipostenik turlariga boʻlinadi. Giperstenik turit betoqat boʻlish, asabiylashish, arzimagan narsadan qattiq taʼsirlanish, diqqatni buzilishi kabi belgilari xosdir. Gipostenik turit mehnat qobiliyatining pasayishi, jismoniy va ruhiy faollikning susayishi, toliqish, apatiya, uykuchanlik belgilari xos boʻladi.
I Isterik nevroz — psixogen va funksional tabiatdagi kasallikdir. Isterik nevrozda harakat, sezuvchanlik va somagovegetativ sohaning funksional oʻzgarishlari kuzatiladi. Bu kasallik alomatlarini paydo boʻlishi ruhiy omillar bilan bogʻliq, ammo shularga mos holda organik oʻzgarishlar yoʻqligi aniqlanadi. Shuningdek, isterik nevroz bemorlar oʻz xohishini amalga oshira olmaganida boshlanib soladi. Isterik nevrozning klinik kurinishidagi ruhiy buzilishlar yorqinligi, tomoshagoʻyligini koʻrinish uchun qilayotganligi koʻrinib turadi, bemor qaysi kasallikni bilsa, oʻshanga oʻxshash alomatlarni namoyon qilishi bilan tavsiflanadi. Harakat buzilishlari isterik tutqanoqlar, ixtiyorsiz harakatlar (giperkinezlar), oyok, va qoʻllar parezi va falaji (sholligi), astaziya — abaziya — yotgan joyida harakat sala olgani holda turib yura olmasligi kabi koʻrinishlarda boʻladi. Sezuvchanlik buzilishi isterik koʻrlik, isterik karlik, giposteziya, gipersteziya, paresteziyalar shaklida boʻladi. Somatovegetativ buzilishlari quyidagicha boʻladi: oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi: isterik koʻngil aynash, ishtaha yoʻkligi (anoreksiya), oshqozon sohasidagi ogʻriqlar, isterik qabziyat yoki ich ketishi; yurak sohasida ogʻriqlar, yurakning tez urishi va boshqalar. Tomogʻiga bir narsa giqilgandek boʻlishi juda xosdir. Affektiv buzilishlar oʻynoqi hayajon bilan tavsiflanadi, bemor kayfiyati tez oʻzxaradi. Xotira va tafakkuri aniq, obrazli hodisalarni tashqi tomondan aks ettiradi. Bu holat koʻpincha rahm-shafsatning susayishi, odobsizlik bilan qoʻshilib ketadi, bemorlar atrofdagilarning diqqat-eʼtiborini oʻziga qaratmoqchi boʻladi. Miyadan ketmaydigan holatlar (obsessiv, shilqim, yopish~ qoq holatlar) nevrozi ham ruhiy jarohatlanish natijasida paydo boʻladi. Kasallik belgʻilarida miyaga oʻrnashib qolgan fikrlar (obsessiyalar), yopishqoq qoʻrquvlar (fobiyalar) va yopishsok, mayl va harakatlar (kompulsiyalar) asosiy oʻrinni egallaydi. Nevroz klinikasida bu holatlar koʻpincha qoʻshilib keladi. Barcha yopishqoq holatlar uchun umumiy belgi shundan ibo — ratki, bu holatlar bemorning hohipgiga qarshi paydo boʻladi va u bundan qutula olmaydi. Sogʻlom odamlarda baʼzan boʻlib qoladigan yopishqok, holatlar (masalan, biror soʻzni “oʻzidan-oʻzi” qaytaraverish) birmuncha vaqtdan keyin birdan yoʻqoladi. Bemor esa bu holatlarga tanqidiy qaray oladi, lekin miyaga oʻrnashib qolgan narsalarni zoʻrlab chiqara olmaydi. Miyadan ketmaydigan fikrlar esdaliklar, gumonlar koʻrinishida boʻlishi mumkin. Qandaydir fikr, maqol, soʻz, ismlar va xokazolar uzoq vaqt bemor ongida oʻrnashib qoladi. Shilqim gumonlarda bemor dazmol simini rozetkadan oldimi yoʻqmi, oʻz ishimni toʻgʻri bajardimi yoʻqmi va boshqa ishlarng bajarayotganda oʻziga ishonmaydi. Yopishqoq hisobda bemorlar koʻchadagi binolar, derazalar, qavatlar, zinapoyalarni takrorlab sanaydilar yoki hayollarida turli sonlarni qoʻshadilar, ayiradilar va h.k. Fobiyalar oʻz mazmuniga koʻra turli boʻladi: kardiofobiya yurak kasalligiga chalinib qolishdan qoʻrqish, lissofobiya ruhiy kasallik bilan ogʻrib qolishdan koʻrqish, klaustrofobiya yopiq bino, qorongʻi xonalardan qoʻrqish, mizofobiya oʻziga infeksiya yuqib qolishdan qoʻrqish va hokazo. Fobiyalar ayrim bemorlarda yakka holda uchrasa, boshqa bemorlarda ikkinchi turdagi qoʻrquvlar yoki boshqa vegetativ holatlar bilan kechadi. Bemor irim-sirimga beriluvchan boʻlib qoladi va turli harakatlar qiladi. Irim-sirim harakatlari bemor uchun himoya vazifasini oʻtaydi. Masalan, yuqumli kasalliklar bilan ogʻrib qolishdan qutulish uchun bemorlar qoʻlini toʻxtovsiz yuvadilar, uylarini bir necha marta dezinfeksiya qiladilar yoki bemor zinapoyadan toʻshayotib, birinchi ikki pogʻonadan sakrab oʻtib, kun yaxshi oʻtishini taʼminlaganday boʻladi. Nevrozlar asosan sogʻayish bilan tugaydi. Nevrozning soʻnishi asta-sekin boʻlishi mumkin.