Tasavvurni eksperimental o’rganish. Maqsad: Tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholash. Jihoz



Yüklə 142,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü142,52 Kb.
#186734
Tasavvurni eksperimental o\'rganish.



TASAVVURNI EKSPERIMENTAL O’RGANISH. 
 
Maqsad:
Tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholash. 
Jihoz: 
D. Marks so’rovnomasi. 
Ikkilamchi obraz (timsol)larni o’rganishda ko’p hollarda o’z-o’zini kuzatish 
metodidan foydalanish mumkin. Ob’yektiv metodlar bilan bir qatorda tasavvurlarni 
sub’yektiv ko’rinishiga ko’ra tasniflashga asoslangan o’z-o’zini ranglashtirish 
(ranjirovaniye) metodikasidan foydalaniladi. Tasavvurlarni yorqinligi – aniqligini
D. Marks so’rovnomasidan foydalanib baholanadi. Mazkur so’rovnomada 
tasavvurning yorqinligi – aniqligi 5 balli tizimda baholanadi.
Baholash shkalasi: 
5 ball – tasavvur idrok obrazi kabi aniq, yorqin va sof holda. 
4 ball – tasavvur aniq, yorqin, tiniq. 
3 ball – tasavvur o’rtacha aniqlikda va yorqinlikda. 
2 ball – tasavvur noaniq, xira. 
1 ball – tasavvur umuman mavjud emas, faqat predmet haqida o’ylaydi.
Ishning borishi: 
Tajriba boshida tekshiruvchi tekshiriluvchiga quyidagicha ko’rsatma beradi: 
«Ushbu tadqiqotning maqsadi sizda paydo bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi va 
aniqligini baholashdan iborat. So’rovnoma topshiriqlari sizda muayyan tasavvur 
hosil qiladi. Berilgan shkalaga asoslanib, hosil bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi 
va aniqligini baholashingiz kerak. Tasavvurni bu ob’yekt haqidagi bilimlar bilan 
aralashtirib yubormang. Siz ob’yektni fikran ko’rishingiz va uning yorqinligi va 
aniqligini baholashingiz kerakligini unutmang». 
D. Marks so’rovnomasi 
 
Siz tez-tez ko’rib turadigan yaqinlaringiz, do’stlaringizdan biri haqida 
o’ylang. Fikran shu kishi qarshingizda turibdi deb tasavvur qiling. Quyidagi 
savollarga asoslanib, tasavvurlarning yorqinligi, aniqligini baholang. 
1.
Shu kishining yuzi, boshi, yelkalari, tanasini aniq tasavvur qiling.
2.
Shu kishiga xos bo’lgan bosh va tananing holatini (poza) tasavvur qiling. 
3.
Shu kishining gavdasini tutishi, yurishi, qadam tashlashini tasavvur 
qiling. 
4.
Shu kishining kiyimlari va uning rangini tasavvur qiling. 
Quyosh chiqishidagi quyidagi holatlarni tasavvur qiling va shkala bo’yicha 
baholang. 
5.
Quyosh osmonning bir chetidan asta ko’tarilmoqda. 


6.
Quyosh moviy osmonda turibdi. 
7.
Quyosh ko’tarilgan, lekin osmonda bulutlar bor. Bir tomonda esa 
chaqmoq chaqmoqda, momoqaldiroq bo’lyapti.
8.
Quyosh turibdi, osmonda kamalak bor. 
O’zingiz tez-tez kirib turadigan magazinni tasavvur qiling va shkala 
bo’yicha baholang. 
9.
Ko’chaning qarama-qarshi tomonida turib, magazinni to’laligicha 
tasavvur qiling. 
10.
Tasavvur qiling: siz eshikka yaqinlashayapsiz, uning rangi, hajmi va 
boshqa qismlari qanaqa? 
11.
Magazin vitrinasini undagi mahsulotlar bilan birgalikda tasavvur qiling. 
12.
Tasavvur qiling: siz magazinga kirdingiz, peshtaxtaga yaqinlashdingiz, 
sotuvchi sizga mahsulot va qaytim beryapti. Uning qo’llari qanaqa? 
Daraxtlari, tog’lari, ko’li bilan birgalikda qishloq manzarasini tasavvur 
qiling. 
13.
Uzun landshaftini butunligicha tasavvur qiling. 
14.
Daraxtlar, ularning rangi va hajmini tasavvur qiling. 
15.
Ko’lning rangi va hajmini tasavvur qiling. 
16.
Tasavvur qiling: shamol turdi, daraxt yaproqlari shovullaydi, ko’lda 
to’lqinlar paydo bo’ldi. 
Har bir tekshiriluvchi uchun alohida bayonnoma shakli tayyorlanadi.
 
 
B A Y O N N O M A: 
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi: 
Tekshiriluvchining ruhiy holati: 
Sana: 
So’rovnomadagi topshiriq raqami 
Ball 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 
7. 


8. 
9. 
10. 
11. 
12. 
13. 
14. 
15. 
16. 
O’rtacha arifmetik qiymat – M 
Dispersiya – D
Natijalar tahlili: 
1.
Tekshiruvchi ballarni bayonnomaga qo’yadi. So’ngra barcha natijalar 
yig’indisi hisoblanadi. Umumiy yig’indi sub’yektning tasavvur qila olish 
qobiliyati ko’rsatkichi hisoblanadi. U qanchalik ko’p bo’lsa, tasavvur 
shunchalik yorqin bo’ladi.
2.
Tekshiriluvchining o’rtacha ballari (M) hisoblanadi va guruhdagi o’rtacha 
arifmetik qiymatdan qanchaga chetlashgani, dispersiya (D) aniqlanadi.

Yüklə 142,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin