Falsafa fani predmeti vazifalari va asosiy yo’nalishlari



Yüklə 1,37 Mb.
tarix01.02.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#82217
1542980679 68334

Falsafa fani predmeti vazifalari va asosiy yo’nalishlari

Company name

Reja:

1. Falsafa fani predmeti

2. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni

3. Falsafa fanining asosiy yo’nalishlari

Falsafaning predmeti

Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, bilimlar va tajriba,, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obyektiv va subyektiv borliqdir.


Boshqacha aytganda, muayyan obyekt haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.

Falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obyektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, degan ma’noni anglatmaydi.

Bu fanning oldiga qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan. Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan.

«Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin.


Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim bilan inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.

Dialektika – grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati degani ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir.


Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, qarash, usul va metodlar bor.

Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so’zini «hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degani mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni hakidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.


Abu Nasr Forobiy

Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo’lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida mutloqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degani e’tirofi haqiqat me’zonidir. Holbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo’lgan.


Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi.

Har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o’z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular zamon ruhi va ma’naviyatini o’zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo’l kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Xekkelning asar va ta’limotlarida ular yashab o’tgan davr g’oyalari aks etgan.

Adabiyotlar:

  • Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999.
  • Mo’minov I. O’zbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan lavhalar. — T.: «Fan», 1998.
  • A. Toynbi. Postijenie istorii. — M.: Nauka, 1991.
  • O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin