8-sinflar uchun Davlat va huquq asoslari fanidan bilimlar bellashuvi test savolllari



Yüklə 86 Kb.
tarix31.03.2023
ölçüsü86 Kb.
#91924
8-huquq-2


8-sinflar uchun Davlat va huquq asoslari fanidan bilimlar bellashuvi test savolllari

  1. BMT tomonidan qabul qilingan”Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”ning tarixiy ahamiyati nimadan iborat?

  1. Ilk bor jahon hamjamiyati inson va uning huquqlarini himoya qilish xalqaro muomma darajasida e’tirof etildi.

  2. Insonlar huquqi davlat darajasidan keyin ikkinchi daraja deb tan olindi.

  3. Huquq muommalarni hal qilishda davlatlar o’rtasida munosabat yanada rivojlantirildi.

  4. Ikkinchi jahon urushining tugashiga sabab bo’ldi.

  5. Birinchi bo’lib inson tushunchasi vujudga keldi va tarixda insoniylik va insonga mehr muruvvat ko’rsatish kerak degan mulohazalar vujudga keldi.

  1. Agar davlat mustaqil bulmas ekan, insonlarning huquqlarini kafolatli ta’minlay olmaydi. Mustaqillik tushunchasiga e’tibor berib alohida ta’rif bergan shaxsni va ta’rifini aniqlang?

  1. Islom Karimov “Mustaqillik – bu eng oily qadriyat “

  2. O. Karimova “Mustaqillik- bu kelajak uchun tayanch”

  3. Islom Karimov “Mustaqillik-bu eng avvalo huquqdir”

  4. A Temur “Mutaqillik bor joyda huquq ta’minlanadi insonlar erkin yashay oladi.”

  5. A. Navoiy “Mustaqillik – bu kishilarning ekin ijod qilish uchun kerakli huquqidir.”

  1. Jamiyat bu… ta’rifni yakunlang?

  1. Turli tabaqadagi odamlarning birlashgan tudasi.

  2. Muayyan hududda yashaydigan va maqsad asosida birlashgan faqat bir toifadagi odamlar jamoasi.

  3. Muayyan hududda yashaydigan kishilarning jamoasi

  4. O’z ehtiyoj va manfaatlariga ko’ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.

  5. C va D javoblar to’g’ri.

  1. Har bir dunyo va uzviylikka asoslangan olamlarning o’z qonuniyatlari mavjud. Shulardan Jamiyatning o’z qonuniyatlari mavjud bo’lib , bu qonuniyat jamiyatda ustuvor sanaladi. Bu….

  1. Biologik qonundir

  2. Ijtimoiy qonundir

  3. Tabiiy qonundir

  4. Davlatning ustuvorllik qonunidir

  5. Yashash qonunidir

  1. Quyidagi jumlalar muallifini aniqloang? “Inson o’z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatdagina ularni qondiar olishi mumkin. Jamoa a’zolarining barchasi majburiy - huquqiy qonunlar zarur buladi. Jamoaning barcha a’zolari mehnat bilan shug’ullanmoqlari zarur ”.

  1. Islom Karimov

  2. Ibn Sino

  3. M. Behbudiy

  4. Alisher Navoiy

  5. Amir Temur.

  1. Jamiyatdagi dastlabki hamma odamlarning hokimiyat tomonidan boshqarilishi qanday nomlangan?

  1. Siyosiy hokimiyat

  2. Ijtimoiy hokimiyat

  3. Qonuniy hokimiyat

  4. Ibtidoiy hokimiyat

  5. Quldorlik hokimiyat

  1. Davlatning ibtidoiy urug’chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgilari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

A) Davlat paydo bo'lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar, Davlat o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun murakkab tizimdan tashkil topgan boshqaruv apparati (qurolli kuchlar, militsiya, sud, prokuratura, bojxona va boshqalar) ga ega bo'ladi va ana shu boshqaruv tizimi yordamida o'zining barcha fuqarolari uchun majburiy bo'lgan davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
B) Davlat hokimiyatni to'laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya'ni, davlat mavjud bo'lgan joyda huquq ham mavjud bo'ladi, O‘z faoliyatini yuritish uchun zaruriy xarajatlar o‘rnini qoplash uchun moliyaviy manbalarga ega bo'ladi. Soliqlar va boshqa to'lovlar joriy qiladi va ularni yig'adi. Ya'ni o'z budjetiga ega bo'ladi, Davlat o'z faoliyatini to'laqonli tarzda amalga oshirishi uchun o'z suverenitetiga (mustaqilligiga) ega bo'lishi lozim.
C) Davlat hokimiyatni to'laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. Ya'ni, davlat mavjud bo'lgan joyda huquq ham mavjud bo'ladi, Davlatni qurish uchun xalq moajburdir.
D) A va B javoblar to’g’ri
E) Hamma javoblar tug’ri.

  1. Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan bo'lib, u o'zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tgan. Shunday ekan dastlabki bosqichda davlat boshqaruvi eng avvalo ………. usuliga asoslangan.

  1. Ixtiyoriy

  2. Siyosiy

  3. Majburlash

  4. Qonuniy

  5. Huquqiy

  1. Javoblar orasidan davlat tushunchasiga to’g’ri berilgan ta’rifni aniqlang?

  1. Majburlash kuchiga ega bulgan va xalqni to’liq buysindira oladigan qonunlarni siyosiy hokimiyatdagi shaxslar manfsaatini kuzlab chiqaradigan siyosiy hokimiyatdir.

  2. Majbur qilish kuchiga, ya'ni hokimiyatga ega bo'lgan, o'z fuqarolari, shuningdek, hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan, boshqa davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarni amalga oshiradigan mustaqil siyosiy tashkilotdir.

  3. Hududi bo’lgan majburlash kuchiga ega bulgan va hokimiyatni yuqori tabaqa shaxslar ma’nfaatini ko’zlab amalga oshiradigan siyosiy tashkilotdir.

  4. A va C javoblar tug’ri

  5. Hamma javoblar tug’ri.

  1. Davlatni biz qiyosiy tarzda murakkab inshoatga o’xshatsak uning ustunlari belgilari sanaladi. Javoblar orasidan ustunlari bo’lgan davlat belgilari tug’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

  1. Hudud va chegara, davlat apparati, huquqning mavjudligi, budjetning mavjudligi, davlat suvereniteti

  2. Hudud va chegara, huquqning mavjudligi, budjetning mavjudligi, davlat suvereniteti

  3. Hudud va chegara, davlat apparati, budjetning mavjudligi, davlat suvereniteti

  4. Hudud va chegara, davlat apparati, siyosiy hokimiyat, budjetning mavjudligi, davlat suvereniteti

  5. Hudud va chegara, davlat apparati, ommaviy harakat, huquqning mavjudligi, budjetning mavjudligi, davlat suvereniteti

  1. "Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug'vor maqsadlarga xizmat qiluvchi tashkilotdir". Ushbu fikr muallifini aniqlang?

  1. O. Karimova.

  2. I. Karimov.

  3. A. Temur.

  4. Beruniy.

  5. A. Navoiy.

  1. Davlat bajaradigan vazifalarni sohalar bo'yicha ham turlarga ajratish mumkin. Shulardan Iqtisodiy vazifalar turkumiga kirmaydigan vazifani javoblar orasidan toping?

  1. Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo'lga qo'yish.

  2. Aholini ijtimoiy ne'matlar bilan ta'minlash.

  3. Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, dalalar, konlar)ni boshqarish.

  4. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish.

  5. To’g’ri javob A va C

  1. Davlat bajaradigan vazifalarni sohalar bo'yicha ham turlarga ajratish mumkin. Shulardan ma’daniy – ma’rifiy vazifalar turkumiga kiradigan vazifani javoblar orasidan toping?

  1. Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash.

  2. Tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlash.

  3. Ilm-fan, ta’limni rivojlantirish.

  4. Aholining huquq va erkinliklarini ta'minlash.

  5. Tabiat muhofazasi.

  1. Davlat shakllari deb…….

  1. davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarda bo'linishi tushuniladi.

  2. davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan o'zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.

  3. suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda biror-bir maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi.

  4. Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga aytiladi.

  5. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi qo'llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi

  1. Tarixda mavjud bo’lgan Temuriylar davri davlat boshqaruvi qanday boshqaruv turiga mansub?

  1. Cheklangan manarxiya

  2. Manarxiya

  3. Imperatorlik

  4. Qirollik

  5. Amirlik

  1. Agar monarxning hukmronligi konstitutsiyaga tayanuvchi biron-bir idora bilan cheklangan bo'lsa, bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament boshqaruvi shaklidagi monarxiya bo'ladi. Bularga hozirgi kundagi mavjud bo’lgan qaysi davlatlarni misol qilib keltirish mumkin?

  1. Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya.

  2. Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya

  3. Buyuk Britaniya, Daniya, Rossiya, Shvetsiya

  4. Buyuk Britaniya, Daniya, Saudiya Arbiston, Shvetsiya

  5. Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, AQSH.

  1. “ Uning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Davlat boshqaruvi tizimi islom qonun-qoidalariga asoslangan”. Gap kim haqida boryapti?

  1. Z. M. Bobur.

  2. Islom Karimov.

  3. Jaloliddin Manguberdi.

  4. Muhammad (S.A.V)

  5. Amir Temur.

  1. Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo'lgan davlatning asosiy belgilari qaysi javobda to’g’ri kursatilgan?

  1. ♦hokimiyat oliy idoralarining saylab qo'yilishi;

♦ hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
♦ hokimiyat oliy idoralarining o'z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;

  1. ♦hokimiyat oliy idoralarining saylab qo'yilishi;

♦ hokimiyat oliy idoralarining o'z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;
♦ Hokimiyatni taqsimlanishi.

  1. ♦ odil sudlovni amalga oshiruvchi idora bo'lgan sudlar obro'sining ortishi;

♦ fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.

  1. A va C javoblar to’g’ri

  2. A va B javoblar to’g’ri

  1. Javoblar orasidan Federativ davlatning belgisini aniqlang?

  1. oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo'ladi;

  2. mustaqil davlatlar muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashadi;

  3. barcha ma'muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo'lgan soliq va kredit siyosati;

  4. unitar davlatlar tarkibiy qismlar, ya'ni ma'muriy-hududiy tuzilmalarga ega;

  5. yagona hudud mavjud bo'lmaydi.

  1. Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga ………… deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini belgilaydi.

  1. Davlat boshqaruvi

  2. Siyosiy tartibot

  3. Davlat organi

  4. Respublika

  5. Saylov.

  1. ……. – qonunga muvofq ravishda o‘z tizimiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish bo'yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo'lgan davlat idorasi yoki muassasasidir.

  1. Davlat boshqaruvi

  2. Siyosiy tartibot

  3. Davlat organi

  4. Respublika

  5. Saylov.

  1. Quyidagilardan qaysi biri davlatning ichki funksiyalariga kiradi?

A) soliqlar joriy etish;
B) bojxona nazorati;
С) xalqaro munosabat;
D) mudofaa.
E) Xorijiy mamlakatlar bilanmadaniy aloqalar.

  1. Davlatning huquqqa bo'lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin?

  1. Etatik, huquqiy davlat

  2. Etatik, fuqarolik huquqiy

  3. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, Sud.

  4. Etatik, huquqiy, oraliq.

  5. Etatik, huquqiy, demokratik.

  1. ……huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyati vakolatlar bo'linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan demokratik davlatdir.

  1. Huquqiy davlat.

  2. Fuqarolik jamiyati.

  3. Demokratik davlat.

  4. Etatik davlat.

  5. Etatik davlat.

  1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi….

  1. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish

  2. Demokratik davlat qurish

  3. Huquqiy jarayonlarni tezlashtirish

  4. Siyosiy partiyalarni rivojlantirish.

  5. Jamoat tuzilmalarini shakllantirish.

  1. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda mahalla qanday funksiyalarni bajaradi?

  1. Xalqimizning asriy an’analari va urf – odatlariga tayanadi.

  2. Muhim tashkiliy-iqtisodiy va tarbiyaviy

  3. Davlatni shakllantirish.

  4. A va B javoblar tug’ri.

  5. Hamma javoblar to’g’ri.

  1. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim elementi nima?

  1. Huquqning ustuvorligi

  2. Davlat nufuzini oshirish

  3. Oilani shakllantirish

  4. Kuppartiyaviylikni shakllantirish

  5. Qonuniylikni ta’minlash.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997- yil 29- avgust 466 — 1- sonli qarori bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturining maqsadi nimadan iborat?

  1. Mamlakat aholisining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka, huquqiy madaniyatga va huquqiy bilimga ega bo'lishini ta'minlovchi tizimini yaratishdir.

  2. Huquqiy yuksaltirishda davlatning nufuzini oshirish va huquqiy madaniyatga va huquqiy bilimga ega bo'lishini ta'minlovchi tizimini yaratishdir.

  3. Davlat tomonidan chiqarilayotgan qonunlarni tahlil qilish va mamlakat aholisining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonligini oshirish.

  4. To’g’ri javob A va C

  5. To’g’ri javob B va C

  1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining ... .

A) qator elementlari mavjud;
B) belgilari shakllantirilish arafasida;
D) shakllanishi maqsadga muvofq emas;
E) to'rtta elementi mavjud.

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o’ziga xos xususiyatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?

  1. Ushbu hujjat huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitutsiyaviy ilmini o'zida mujassam etgan;

  2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘zbek xalqi madaniyati va an'analarining chuqur ildizlariga suyangan; O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi, prinsipial siyosiy hujjat.

  3. ikki marotaba konstitutsiya loyihasining xalq muhokamasidan o'tkazilishi va yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitutsiyaviy ilmini o'zida mujassam etgan;

  4. A va C javoblar to’g’ri.

  5. A va B javoblar to’g’ri.

  1. Davlatimizning Asosiy qonunini qabul qilinishida o'ziga xos huquqiy prеtsеdеnt hisoblangan ijtimoiy-siyosiy tadbir o’tkazilgan bo’lib u qanday nomlanadi.

J _______________________________________________________________

  1. O’zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin?

J __________________________________________________________________

  1. Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat manfaatini ko’zlab qanday prinsiplar asosida amalga oshiriladi?

J___________________________________________________________________

  1. Huquqiy davlatning eng birlamchi muhim belgisi nima?

J___________________________________________________________________

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rasman qachondan boshlab faoliyatini amalga oshirishga kirishadi?

J___________________________________________________________________

  1. Davlatimiz Konstitutsiyasining nechanchi moddasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat deb belgilab qo’yilgan.?

J___________________________________________________________________

  1. “Jamiyatni boshqarishda jamiyat podshoga xizmat qilmay, balki podsho jamiyatga xizmat qilishi kerakligini aytadi. Tabiatan boshqarishga moyil bo'lgan hokim o'z fkri va qarorlarida qat’iy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga amal qilishi, shohning o'zi ham yaratuvchilik ongiga ega bo'lishi, ko'proq dehqonlar haqida qayg‘urishi kerak. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlaro'rtasida tenglik va adolat o'rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g'amxo'rlik qilishdir.” Ushbu fikrlar kimga tegishli?

J___________________________________________________________________

  1. Joriy qonunlardan ko’ra Konstitutsiyaviy qonunlarning qabul qilinish jarayonidagi farqi nimadan iborat?

J____________________________________________________________________

  1. Senat Raisi qanday saylanadi?

J____________________________________________________________________

  1. Fuqarolik jamiyatida asosiy andoza va hal qiluvchi bo‘g‘in……..?

J____________________________________________________________________
Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin