6.2. Mamlakatimizda o’rnatilgan quyosh pechi faoliyati.
Quyosh pechi
Quyosh pechi — materiallarni quyosh nuri yordamida eritish va ularga
quyosh nuri issiqligi bilan ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma
hisoblanadi. Gelioqurilmaning bir necha turi mavjud. Quyosh pechi qisqa fokusli
geliokonsentrator, Quyosh nurini qabul qiluvchi qurilma (pech) va quyosh
harakatini kuzatib boruvchi avtomatik tizim (qurilma oʻqini doimo Quyoshga
qaraydigan qilib uzluksiz burib turadi). Qabul qilish qurilmasi geliokonsentrator
fokusida joylashgan boʻlib, yorugʻlik oʻtkazuvchi tuynukli kameradan iborat.
Kamera ichida vakuum va inert gazi atmosferasini yaratish mumkin. Koʻpgina
Quyosh pechi Quyosh ketidan buriladigan quyosh nurini geliokon-sentratorga
yoʻnaltirib beruvchi yassi oyna bilan jihozlanadi.
Katta quyosh pechi
Katta quyosh pechi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan
maxsus ilmiy inshoot hisoblanadi.
Tekin
yonilgʻi hisoblangan quyosh energiyasidan foylananish
texnologiyasi va katta quyosh pechlari kabi texnologik inshootlarni qurish
tarixidagi
katta
yangiliklar
biri
hisoblangan
Katta
quyosh
pechi
Materialshunoslik institutini tadqiqotlarida va ilmiy jarayonlarida qoʻllanadi.
Qurilmaning umumiy quvvati 1000 KVt bo'lib, qattiq jisimlarni sintezlash
jarajonlari va quyosh nuri orqali qizdirish va ishlov berish ishlarini olib borishga
imkon beradi.
Bunday turdagi pech Fransiyada davlatida mavjud. Lekin Oʻzbekistondagi
Katta quyosh pechi Fransiyadagidan bir muncha farq qiladi. Qurilmani yuqori
haroratlarda eriydigan oksidlarni ishlatish va sopol buyumlarni sintezlash
jarayonini avtomatik boshqarish va bir tizimda sifatili ishlash imkoniyatini
beradi. Katta quyosh pechidan foydalanish talablariga muofiq, undan
foydalanishda radiatsion qizdirish orqali amalga oshiriladi.
Konsentratsiyalangan quyosh nurining oqimini markazga fokuslash Quyosh
pechini juda katta haroratgacha qizdirish imkonini beradi. Zamonaviy
texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning foydalilik xususiyatlarini
oshirish kabi muhim omillar asosida ishlatiladigan Katta quyosh pechi juda katta
samara beradi. Bu kabi samarali ishlash uslublarini qoʻllash orqali
geliomaterialshunoslikda yana yangi ilmiy yo'nalishni yaratishga olib keladi.
Bunday zamnaviy uslublar asosida quyosh nurlarini konsentratsiyalash orqali
yangi haroratga chidamli kompazitsion materiallarni yaratish mumkin bo'ladi.
Materialsozlik institutiga qarashli yana boshqa inshootlar Katta quyosh pechi
atrofida joylashgan, bular yaxlit bir majmua sifatida qurilgan. Elektr energiyasini
tejash imkonini beradigan pech, hech qanday miqdoda elektr energiyani iste‘mol
qilmaydi, faqat quyosh nurlarini toʻgʻrida toʻgʻri fokuslab yig'ish hisobiga
ishlaydi. Moddalarning radiatsion xossalarini va fizikaviy jihatlarini oʻrganishda
qurilmada juda katta imkoniyatlar mavjud .
Quyosh pechi orqali materiallarni qizdirish quyidagi afzalliklarni yaratadi:
Yuqori haroratga chidamli materiallar olinganda ular haroratga o'ta chidamli
va sifatli boʻlgan oksidlarni olish imkonini beradi. Bu kabi oksidlar shishalar
ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Materillarga radiatsion ishlov berish asosida ularning chidamliligini yanada
oshirish.
Quyoshdan kelayotgan energiyani konsentratsiyalash orqali issiqlik va elektr
energiyasi olish.
Vodorod sintezini amalga oshirish.
Quyoshdan qabul qilingan konsentratsiyalangan nurni lazer va infraqizil
nurlarga aylantirish.
Turli hil issiqlikda eriydigan bo'laklardan iborat boʻlgan moddalarni sintez
qilish jarayonida yuqori quvvatdagi yorugʻlik energiyasini yoʻnaltirish
imkonini beradi.
o'ta yuqori haroratlarda moddalarning parlanishi natijasida ularni selektiv
tozalanish imkoniyatini beradi.
Ba‘zi turdagi amorf va metastabil moddalarni jadallik bilan isitish imkonini
beradi.
Yuqori issiqlikka chidamli koʻp xususiyatlarga ega boʻlgan materiallarni
yaratish.
Amaliyotda keng qoʻllaniladigan maxsus keramikalarni olish
Yuqori haroratli olovga bardosh beradigan kompazitsion materiallarni sintez
qilish tayyorlash.
Sanoatning turli yoʻnalishlari uchun yuqori issiqlik oʻtkazgich
keramikalarni sintez qilish, tayyorlash.
Sanoatning turli tarmoqlari uchun nanokukunlarni olish.
Katta quyosh pechini ishlash tizimini yosh yetishib chiqayotgan kadrlarga
oʻrgatish va shu sohadagi talabalarni ish jarayonlari bilan yanada yaqinroq
tanishtirish maqsadida 2000-yilda Katta quyosh pechi bazasida oʻquv markazi
tashkil etildi va unga tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar, oily o'quv yurtining
magistrlari jalb qilindi. Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi
materialsozlik sanoatida ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida juda ham muhim
inshoot va qurilma sifatida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
6.2.1- rasm. O’zbekiston Parkenrt tumani quyosh о’chog’ining
umumiy ko’rinish
Katta quyosh о’chog’i (KQО’) O’zR FA Fizika–quyosh ilmiy ishlab
chiqarish birlashmasining Materialshunoslik institutida joylashgan bo'lib, nodir
tajriba va sanoat ishlab chiqarishlarni tashkil etadigan ilmiy tadqiqot markazi
hisoblanadi.
KQО’ Toshkentdan 45 km da Parkent tumanida, Tyan–Shan tog’ etagida,
dengiz satxidan 1050 m balandlikda joylashgan. Uning quvvati 1000 kVt tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: |