6-ma’ruza. Yuqori tartibli hosilalar va differensiallar. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi. Parametrik koʻrinishda berilgan funksiyalarni differensiallash



Yüklə 105,16 Kb.
səhifə1/3
tarix10.03.2023
ölçüsü105,16 Kb.
#87236
  1   2   3

6-ma’ruza. Yuqori tartibli hosilalar va differensiallar. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi. Parametrik koʻrinishda berilgan funksiyalarni differensiallash
1. Yuqori tartibli hosila tushunchasi. Faraz qilaylik, biror  da hosilaga ega   funksiya aniqlangan bo‘lsin. Ravshanki,  hosila  da aniqlangan funksiya bo‘ladi. Demak, hosil bo‘lgan funksiyaning hosilasi, ya’ni hosilaning hosilasi haqida gapirish mumkin. Agar  funksiyaning hosilasi mavjud bo‘lsa, uni  funksiyaning ikkinchi tartibli hosilasi deyiladi va   simvollarning biri bilan belgilanadi. Shunday qilib, ta’rif bo‘yicha  ekan.
Shunga o‘xshash, agar ikkinchi tartibli hosilaning hosilasi mavjud bo‘lsa, u uchinchi tartibli hosila deyiladi     kabi belgilanadi. Demak, ta’rif bo‘yicha  .
Berilgan funksiyaning to‘rtinchi va h.k. tartibdagi hosilalari xuddi shunga o‘xshash aniqlanadi. Umuman  funksiyaning  -tartibli  hosilasining hosilasiga uning n-tartibli hosilasi deyiladi va  ,  ,  simvollarning biri bilan belgilanadi. Demak, ta’rif bo‘yicha n-tartibli hosila  rekkurent (qaytma) formula bilan hisoblanar ekan.
1-misol.  funksiya berilgan.  ni hisoblang.
Yechish,  ,  , demak  .
Yuqorida aytilganlardan, funksiyaning yuqori tartibli, masalan, n-tartibli hosilalarini topish uchun uning barcha oldingi tartibli hosilalarini topish zarurligi kelib chiqadi. Ammo ayrim funksiyalarning yuqori tartibli hosilalari uchun umumiy qonuniyatni topish va undan foydalanib formula keltirib chiqarish mumkin.
2. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi. Ikkinchi tartibli hosila sodda mexanik ma’noga ega. Aytaylik, moddiy nuqtaning harakat qonuni  funksiya bilan aniqlangan bo‘lsin. U holda uning birinchi tartibli hosilasi  harakat tezligini ifodalashi bizga ma’lum. Ikkinchi tartibli  hosila esa harakat tezligining o‘zgarish tezligi, ya’ni harakat tezlanishini ifodalaydi.
2-misol. Moddiy nuqta  ( metrlarda,  sekundlarda berilgan) qonun bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qilmoqda. Uning o‘zgarmas kuch ta’sirida harakat qilishini ko‘rsating.
Yechish.  ,  , bundan   bo‘lib, harakat tezlanishi o‘zgarmas ekan. Nyuton qonuni bo‘yicha kuch tezlanishga proporsional. Demak, kuch ham o‘zgarmas ekan.

Yüklə 105,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin