quyidagi turlari keltirilgan: solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi.
Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki
imkoniyatlar aniqlanadi);
taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan
o’tkaziladi);
inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
monandligi tekshiriladi);
kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish
korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li
bilan aniqlanadi);
buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda
qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish
orqali nazorat qilish).
3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni