Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy
nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:
1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh
auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning
asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.
2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti
daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan
ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka
bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga
oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat
sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma
asosida hisob va moliya
masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati
doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:
kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat
ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini
tekshirish va faoliyatini baholash;
muqobil nazorat – uchinchi shaxs
nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy
nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;
qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari
bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING
HISOB PALATASI
O‘zbekiston
Respublikasining Hisob
Palatasi to‘g‘risida
2019-yil 1-iyuldagi
O‘RQ-546-sonli qonuni
orqali tartibga solinadi.
O‘zbekiston
Respublikasining Hisob
Palatasi tekshiruv o’tkazish
bo’yicha yuqori turuvchi
organ hisoblanadi.
Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish;
qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish;
budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarga mablag‘lar tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda
nazorat qilish;
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali aniqlash hamda
safarbar qilish;
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda
qonuniyligini auditdan o‘tkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga
muvofiqligi hamda
asosliligini baholash;
soliq, bojxona va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani
umumlashtirish hamda o‘rganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar bo‘yicha majburiyatlari
chegaralanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini o‘zi moliyaviy jihatdan yetarlicha ta’minlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga va chet
davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflari (bundan buyon matnda oliy darajadagi tashriflar deb yuritiladi) davomida
imzolangan hujjatlarning hamda strategik ahamiyatga molik xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar (bundan buyon matnda
strategik korxonalar deb
yuritiladi) ishtirokidagi investitsiya loyihalarining to‘liq hamda o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va
valyuta siyosatini, O‘zbekiston Respublikasining aktivlari hamda
majburiyatlari holatini, oltin-valyuta
zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan
o‘tkazish.