6 Mavzu: Chorrahalarda harakatlanish. Reja: Chorrahalarning texnik boshqarish vositalari bilan jihozlanishi



Yüklə 441,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.03.2023
ölçüsü441,79 Kb.
#90853
  1   2
6 mavzu



6 - Mavzu: Chorrahalarda harakatlanish. 
Reja: 
1. 
Chorrahalarning texnik boshqarish vositalari bilan jihozlanishi. 
2. 
Tartibga solingan va tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish. 
3. 
Piyodalarning o’tish joylari va belgilangan yo’nalishdagi transport 
vositalarining bekatlarida harakatlanish 
Tayanch iboralar. Chorraha. Tutashma. Chorraha xududi. Chorraha turlari. 
Chorrahalarni jihozlash. Chorrahada o’tish tartibi. 
 
CHorraha yo’llarning o’zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va 
ayriladigan joyi bo’lib, bu erda harakatlanish tartibga solingan yoki tartibga 
solinmagan bo’lishi mumkin. 
Yondosh hududlarning asosiy yo’lga qo’shilgan joylari chorraha 
hisoblanmaydi. 
15.1. 
Chapga 
yoki 
o’ngga burilayotgan 
haydovchi kesishayotgan yo’lning qatnov qismidan 
o’tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped 
yo’lkasidan yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchilarga 
yo’l berishi kerak (15.1 rasm).
Traektoriya o’zgartirayotgan haydovchi trae– (15.1 rasm). 
ktoriya o’zgartirmayotgan transport vositalari va piyodalarga yo’l beradi. Qarama-
qarshi yo’nalishda bir vaqtda traektoriya o’zgartiriladigan bo’lsa, o’ng tarafdagi 
transport vositasi imtiyozga ega. (15.2 rasm) 
(15.2 rasm) 
15.2. Tirbandlik tufayli to’xtashga majbur bo’lgan haydovchi, agar u
(15.3 rasm) 
ko’ndalang yo’nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik 
tug’diradigan bo’lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi 
taqiqlanadi (15.3 rasm).


15.3. Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga 
soluvchi bo’lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan 
chorrahalardan o’tish qoidalariga, chorrahada o’rnatilgan imtiyoz belgilariga amal 
qilishlari shart. 
Tartibga solingan chorrahalar 
Chorrahadagi harakatlanish navbatini svetofor yoki tartibga soluvchi 
belgilaydigan bo’lsa, bunday chorraha tartibga solingan chorraha hisoblanadi. 
15.4. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib 
olayotgan 
relssiz 
transport 
vositasining 
haydovchisi qarama-qarshi tomondan to’g’riga 
harakatlanayotgan va o’ngga burilayotgan 
transport vositalariga yo’l berishi shart. Tramvay 
haydovchilari ham o’zaro ushbu qoidaga amal 
qilishlari kerak. (15.4 rasm)
15.5. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi 
bilan bir vaqtda yongan qo’shimcha tarmoqning 
yashil ishorasidagi yo’naltirgich yo’nalishida 
harakatlanayotgan 
transport 
vositasining 
haydovchisi boshqa yo’nalishlardagi transport 
vositalariga yo’l berishi kerak (15.5, 15.6 rasm).
(15.6 rasm) 
15.6. Agar svetofor yoki tartibga 
soluvchining ishoralari tramvay va relssiz 
transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga 
ruxsat bersa, harakatlanish yo’nalishidan qat’i 
nazar, tramvay oldin o’tish huquqiga ega 
bo’ladi (15.7 rasm)
15.7. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, 
undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’iy (15.7 rasm)
nazar, belgilangan yo’nalishda harakatni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada 
haydovchining yuradigan yo’lida joylashgan svetoforlar oldida to’xtash chiziqlari 
(yoki 5.33 belgisi) bo’lsa, u svetoforning har bir ishorasiga amal qilishi shart
(15.8 rasm).


(15.8 rasm) 
O’ngga yoki chapga burilib chorrahadan chiqishdagi svetofor ko’ndalang 
yo’lda o’rnatilgan svetoforning dublyori bo’lishi mumkin (15.8 rasm). 
15.8. Svetoforning harakatlanishga ruxsat beruvchi ishorasi yonganda

Yüklə 441,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin