Yechish:
Idishlarning hajmlarini a,b,c bilan belgilaymiz. Bunda a,b,c o’zgaruvchilar butun
qiymatlar qabul qilgan holda 0
a
8, 0
b
5. 0
c
3 shartlarni qanoatlantirishlari
kerak. Bu shartlarni qanoatlantiruvchi holatlar quyidagicha:
(8,0.0), (7.1.0), (7.0.1), (6,2,0), (6,1,1), (6,0,2),
(5,3,0), (5,2,1), (5,1,2), (5,0,3), (4,4,0), (4,3,1),
(4,2,2), (4,1,3), (3,5,0), (3,4,1), (3,3,2), (3,2,3),
(2,5,1), (2,4,2), (2,3,3), (1,5,2), (1,4,3), (0,5,3).
Holatlar to’plamini V bilan, sistemaning bir holatdan
boshqa holatga bevosita
o’tishlar to’plamini U bilan belgilaymiz. Natijada hosil bo’lgan (V,U) juftlikni graf
deb atash mumkin. Bu grafning uchlari sistema holatlariga, qirralari(yoylari) esa,
bevosita o’tishlarga mos keladi.
Berilgan masalani hal qilish uchun (V,U) grafning qirralari(yoylari)dan
tashkil topgan shunday ketma-ketlik tuzish kerakki bu
ketma-ketlikning birinchi
hadi (8,0,0), oxirgi hadi (4,4,0) bo’lsin. Bunday ketma-ketliklardan biri quyi dagi
cha:
(8,0.0), (5,0,3), (5,3,0), (2,3,3), (2,5,1), (7,0,1),
(7,1,0), (4,1,3), (4,4,0)
javob: 8 marta quyishdan keyin teng 2 ga bo’lishga erishildi.
1.6.2-masala. G=(V,U) grafda V-Aeroportlar to’plami, U- Samalyotlarning
uchib qo’nish hodisalari korteji deb belgilang va sirtmoqlari bo’ladigan grafga
misol keltiring?
1.6.3-masala. L. Eylerning ko’rishishlar haqidagi lemmasining qo’llanilishiga
doir amaliy misol keltiring?
1.6.4-masala. Yo’lovchi daryodan bo’ri, qo’y va bir bog’ pichanni olib o’tishi
kerak, lekin u qayiqdan o’zi bilan ularning faqat bittasini olib yurish imkoniyatiga
ega. Yo’lovchi bu narsalarni sohilning bir qismidan
ikkinchi qismiga ularni bus
butun olib otishi grafini tuzing va elementlarini tahlil qiling? Tuzilgan graf
yordamida masalani hal qiling?
1.6.5-masala. Quyidagi graflarda uchlari soni hamda
har bir uchdagi qirralari
sonini aniqlang?
1-shakl
1.6.6-masala U- bu sonlar orasidagi bo’luvchi bo’lishlik holatiga mos kortejlar
deb belgilang. Ushbu G=(V,U) grafga mos kortejlarni tuzing?
Bu graf orggraf
bo’ladimi? Fikringizni asoslang?
1.6.7-masala. Quyidagi chizmalarda Platon jismlaridan tetraedr, kub
2-shakl
Grafga misol bo’ladi. Ularning uchlarining lokal darajasini aniqlang hamda
qaysilari kubik graf bolishini ko’rsating.
1.6. 8-masala. Uch uy va uch quduq haqida qadimiy boshqotirma masala.
Tepalikda ketma-ket
joylashgan uchta uy
hamda pastlikda
shunday uchta quduq
bor. Har bir uydan har bir quduqqa ixtiyoriy
ikkitasi kesishmaydigan qilib uzluksiz yo’lakchalar o’tkazish mumkinmi? Masala
shartini qanoatlantiradigan grafni chizishga harakat qiling
va xulosa fikringizni
bayon qiling?
1.6.9-masala. Uchlari soni 5 ta, qirralari 7 ta bo’lgan oriyentirlanmagan graf
chizing. Chizgan grafingizda qo’shni uchlarnini aniqlang
hamda ularga insident
qirralarni yozing.