6-mavzu. Hujjat turlari va xususiyatlari: tavsifnoma, tavsiyanoma ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Yüklə 34,15 Kb.
səhifə3/7
tarix18.03.2023
ölçüsü34,15 Kb.
#88574
1   2   3   4   5   6   7
ea2709b636b4b7b1ea523ac56a531f66 Hujjat turlari va xususiyatlari tavsifnoma, tavsiyanoma ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari.

TAVSIFNOMA
Oxunova Zulfiya Boboxonovnaga Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U 1990-yildan 1999-yilgacha Samarqand shahridagi 48-o‘rta umumta’lim maktabida o‘qidi. 1999-yildan 2001-yilgacha 48-o‘rta umumta’lim maktabida tahsil olib, maktabni “yaxsi” va “a’lo” baholar bilan tugatdi.
Z.Oxunova 2001-2002-yillarda Samarqand shahridagi futbol maktab-internatida tikuvchi, shahar “Kamolot” YIH tashkilotida yetakchi-mutaxassis lavozimlarida ishlagan. Ish jarayonida OITS va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha kurslarda o‘qidi hamda Samarqand shahri va viloyatidagi bir qancha maktablarda asrning dolzarb muammosiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etdi.
Oxunova Zulfiya Boboxonovna 2002-yil SamDUning rus filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, uni imtiyizli diplom bilan tugalladi va 2006-yil yanvar oyidan boshlab universitet devonxonasida ish yurituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U ishchan, o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, yangi xodimlar bilan tez til topishadi, har qanday ko‘ngilsiz holatda ham o‘zini tuta oladi va yo‘qatib qo‘ymaydi, mulohazali, xushchaqchaq, xushmuomala, muloyim fe’l-atvorli, o‘zidan kattalarga hurmat bilan, kichiklarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladi. Jamoat ishlarida ishtirok etishni yaxshi ko‘radi. Sportning yengil atletika turi bilan muntazam shug‘ullanadi. Samarqand shahar va viloyat miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etib keladi. Bir necha bor sovrinli o‘rinlarni ham egallagan.
Oxunova Zulfiya Boboxonovna o‘zbek, rus, ingliz, tojik tillarida erkin muomala qila oladi. U universitet professor-o‘qituvchilari, xizmatchi-texnik xodimlari orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-tarbiyaviy tadbirlarda ham faol ishtirok etib keladi. O‘z dunyoqarashi, ma’naviy-siyosiy saviyasini oshirish uchun kundalik matbuot, INTERNET ma’lumotlaridan doim xabardor bo‘lib boradi, badiiy kitolar va filologiyaga doir ilmiy asarlarni muntazam o‘qib boradi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim etish uchun berildi.

Yüklə 34,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin