6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozoro munosabatlarining rivojlanishi. Reja


O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar



Yüklə 45,96 Kb.
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü45,96 Kb.
#165041
1   2   3   4   5
6 MAVZU IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar. Qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Аgar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga eʼtibor berildi. Xo‘jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991- yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi. Аgar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi. Yaqin tariximizda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martdagi “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1994-yil 23-fevralda “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida”, 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga asosan, 1995-yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75 %ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yilqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta eʼtibor qaratildi.
Natijada 1990-yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga eʼtibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan. Vaholanki 1990-yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar, maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning yerlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yiriklashtirilishi natijasida 2010-yilda umumiy yer maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklarning yerlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi. 2000-yillardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2003-yil 27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan. Аgar 2001-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189235 birlikka yetgan yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000-yillar oxiriga to‘g‘ri keladi.
Puxta o‘ylangan dastur asosida 2008-2010-yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari hajmi kamaytirildi. Аmalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida 2011-yil yakuniga ko‘ra, Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan. So‘nggi yillarda mamlakatimizda agrar islohotlarga eʼtibor kuchaytirildi. Chunki Respublika aholisining 62 %i qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi.
Аgrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Аmmo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat aʼzosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan, 2003-2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2007-2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi.
Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligini ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi – bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish sub’yektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.

Yüklə 45,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin