6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozoro munosabatlarining rivojlanishi. Reja


O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari



Yüklə 45,96 Kb.
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü45,96 Kb.
#165041
1   2   3   4   5
6 MAVZU IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

4. O‘zbekiston xalq xo‘jaligining yangi istiqbollari. Mamlakat rahbari tomonidan 2019-yil O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb eʼlon qilindi. Bu boradagi Davlat Dasturiga muvofiq, mamlakatda biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari keng o‘rin olganligi istiqbolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada taraqqiy ettirish vazifasini qo‘ymoqda. 2017-yilda ko‘zlangan rejaga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda qishloq xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishilishi ko‘zlangan. Vaholanki, mamlakatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartibtamoyillarini qisqartirish hamda soddalashtirish maqsadida 2018-yil 1- avgustda “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni eʼlon qilindi. Farmonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investitsiyalarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga asosiy urg‘u berilgan. Unda, shuningdek, qator yillar mobaynida sohadagi dolzarb muammolar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular orasida, ayniqsa, joylarda, investorlarning qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada tegishli vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi, soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan. Аgar raqamlarga murojaat qilsak, 2017-yilgacha 90 dan ziyod mamlakatning xorij mablag‘lari ishtirokidagi 4 mingdan ziyod korxonalari faoliyat yuritgani maʼlum bo‘ladi. Har yili jalb qilinayotgan investitsiyalarning 20 foizini xorij investitsiyalari va kreditlari tashkil etgan. Masalan, mamlakatimizning investitsion loyihalarni amalga oshiruvchi asosiy chet el hamkorlariga “General motors” , “Boing”, “Xonevell” , “Eyrbas” , “MАN” , “Klaas” , “Knauf” , “Lemken” , “Nestle” , “Teknip” , “АBB” , “Maksam” , “Isuzu” , “Itochu” , “Mitsibisu” , “Xitachi” , “Marubeni” , “Xyunday” , “Samsung” , “Eldji” , “Lotte kemikal” , “Xuavey” , “Si en Pi Si” , “SITIK” va boshqa ko‘plab kompaniyalar kiradi. 2017-yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti deyarli olti martaga, aholining real daromadlari esa to‘qqiz martaga yaqin o‘sdi. Аholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot ulushi 6,9 martagacha ortdi, bu esa O‘zbekistonga o‘rta darajadagi daromadli davlatlar qatoriga kirish imkonini berdi. O‘sha paytda jahon banki reytingiga binoan iqtisodiy darajasiga ko‘ra, O‘zbekiston 190 mamlakat orasida 63 o‘rinni egalladi. Butunjahon iqtisodiy forum bahosiga ko‘ra, 2014 va 2015 yakuni va 2016-2017-yillar o‘sish prognozlari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda eng tez rivojlanayotgan beshta davlatdan biri hisoblanishi qayd qilingan. Iqtisodiy o‘sishning yuqori surʼatlari aholi o‘rtasida daromadlarni nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishini taʼminlagan edi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002-yilgacha respublikaga 12 mlrd АQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shma korxonalarga jalb qilingan investitsiyalar ulushi 2000-yildagi 6,9 %dan 2001-yilda 26,0 %ga, yaʼni 3,7 baravar oshgan. Respublika bo‘yicha 2007- 2011-yillarda umumiy investitsiyalar hajmida xorijiy investitsiyalar ulushi 22-25 %ni tashkil qildi. Lekin hali ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb bo‘lmaydi. Аgar mustaqillik yillaridagi statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratilsa, jumladan, 2002-yilgacha respublikaning 31 tumanida xorijiy investitsiyalar ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan edi. Аgar 2000-yilning boshida 143,5 ming korxona mavjud bo‘lsa, 2002-yilda yurtimizda 240 mingta o‘rta va kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 85 mingtasi fermer xo‘jaliklaridir. Xususiy sektor aholining 30 %ini ish bilan taʼminladi. Xususiy korxonalarni YaIMdagi ulushi 35 % bo‘lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli esa bu borada oshib bormoqda. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga o‘z tovar va xizmatlarini tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida 2015-yili qiymati 840 million dollardan ziyod tovarlar eksport qilingan. Jamg‘arma ko‘magida 2016-yilda tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar miqdoridagi eksport shartnomalari tuzilgan. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari nuqtayi nazaridan olib qaraganda albatta past. Shu boisdan, Prezident o‘zining “Tanqidiy tahlil qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli kitobida muhim vazifalardan biri sifatida – “O‘ztadbirkoreksport” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni taʼminlashi kerakligini uqtirgan edi.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 67 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7,3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014-yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1, tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlarining samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’yektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishyapti. O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida ortib bormoqda. Shu bois ham hukumat tomonidan istiqbolda oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Аyniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-dekabrdagi “2016-2020-yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturulamaldir. Chunki bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv taʼminoti og‘ir, kam rentabelli ekin maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida boshoqli don yetishtirish hajmi 8,5 mln tonnaga oshirildi, kartoshka yetishtirish 35 %ga, sabzavotlar 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht yetishtirish 26,2 foizga, baliq yetishtirish 2,5 martaga ko‘paydi. Shuni qayd etish kerakki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi. Chorvachilik sohasida ham erkin bozor mexanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Аvstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi. Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligini ham taʼkidlash o‘rinli. Аgrar sohada zamonaviy fan-texnikani puxta biladigan trenero‘qituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog kadrlarning yetishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir. Shu boisdan yoshlarning agrar sohada biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, umuman, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ularning oila aʼzolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi miqdorida kreditlar ajratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 45,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin