6-mavzu: jahon dinlarida haj


Boshqa dinlarda haj qilish. Islomda ziyorat



Yüklə 24,94 Kb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü24,94 Kb.
#118012
1   2   3   4   5
6-mavzu jahon dinlarida haj

6.4. Boshqa dinlarda haj qilish. Islomda ziyorat
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7 marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7 marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.
Hadisga koʻra, Haj qilishning asosiy qoidalari Muhammad (sav) tomonidan 632-yili „Vidolashuv Haji“ (Hajjat alvadoʻ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari Haj ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida batafsil ishlab chiqqanlar.
Bu ibodatlar bandaning gunohlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: „Kim bu Uy (Baytulloh)ga kelib, yomon soʻzlarni soʻzlamasa va fosiqlik kilmasa, onasidan yangi tugʻilgan kunidagi kabi (uyiga) qaytadi“ (Imom Muslim, 2/ 983; „Sahih ut-Termiziy“, 1/ 245).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Os raziyallohu anhuga: 
Yüklə 24,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin