O’quvchilar bilimini baholash mezonlari
Har bir mamlakat ta’lim tizimi o’quvchilar bilimini baholash tizimini
qo’llashdan manfaatdor. Jahon mamlakatlarida o’quvchilar bilim, ko’nikma,
malakalarini turlicha baholash tizimi amal qiladi. Avstraliyada o’quvchilarning
bilimi so’zlar yordamida baholanib, bu baho o’quvchilardan sir tutiladi va
o’qituvchilargagina ma’lum bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarni o’zaro qiyoslagan
holda ular iqtidorining o’ziga xos jihatlarini aniqlaydi. Gretsiya ta’lim tizimida
esa, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi harflar yordamida baholanadi. M., D (1-
4) (10-12,5) – “yetarli yaxshi”, C (5-6) (12,5-15,5) – “yaxshi”, B (7-8) (15,5-18,5)
– “juda yaxshi”, A (9-10) (18,5-20) – “a’lo” ni anglatadi. Demak, Gretsiyada
harflar yordamida ifodalanadigan 20 balli baholash tizimi mavjud. Italiya,
Ispaniya, Portugaliya kabi davlatlarda besh balli baholash tizimi mavjud bo’lib, 5
(topshirmadi) salbiy, 1 esa (a’lo)ni anglatadi. Norvegiya ta’limida 6 balli baholash
tizimi amal qilib, 0-2 o’rtadan past: 3-4 o’rta, 5-6 o’rtadan yuqori demakdir.
Finlyandiya ta’lim tizimida 7 bosqichli baholash tizimi amal qiladi va 4
(“yomon”) salbiy, 10 esa (“a’lo”) bahoni anglatadi. Islandiya, Niderlandiya
mamlakatlarida 10 balli baholash tizimi qo’llanliib, 1 (“yomon”) salbiy, 10 esa
(“a’lo) bahoni ifodalaydi.
O’quv jarayonida o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni
baholashga oid xalqaro tajribalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar
bilimini baholash ta’lim maqsadlari, tizimiga ko’ra xorijiy davlatlarda, asosan 3
balldan 100 ballgacha bo’lgan shkalalar orqali ifodalanadi. Ayrim mamlakatlarda
baholash raqamlar o’rniga lotin harflari yordamida amalga oshiriladi.
Bunday tajribani Buyuk Britaniya va Grestiya ta’lim tizimlari misolida
ko’rish mumkin. Sonlar ortib borishi bilan o’zgartirish “yomon” dan “a’lo”
darajagacha ko’tariladigan baholar bilan bir qatorda Italiya, Portugaliya, Shvetsiya,
Finlyandiya, Islandiya, Ispaniya, Bolgariya kabi bir qator mamlakatlarda sonlar
kamayib borish tartibida juda “yomon” dan “a’lo” darajagacha ko’tariladigan
baholar bilan tavsiflanadigan tizimlari ham mavjud. Masalan “topshirmadi”,
“topshirdi”, “a’lo darajada topshirdi” kabi. Baholash foizlarda ifodalanadigan
ta’lim tizimlari ham mavjud. Ular jumlasiga Kanada va Ispaniya davlatlari
baholash tizimini kiritish mumkin.
Ularning har birida nazorat turlari imtihon, sinfdan sinfga ko’chirish va
yakuniy attestastiyalar o’tkazish o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Amerika
qo’shma shtatlari (AQSH) ta’lim tizimida dunyoning barcha mamlakatlariga
nisbatan eng ko’p maktab, kollej va universitet mavjud. Ko’pgina universitet va
kollejlarda o’qishga kirishda quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: katta
umumiy o’rta maktabda o’quv predmetlaridan olingan baholar miqdori; maktabda
o’qigan ayrim o’quv kurslari bo’yicha olingan baholar; xususiy kompaniyalar
tomonidan o’tkazilgan imtihonlar natijalari va boshqalar. O’quvchilarning insho,
bergan intervyu va maktabdan tashqari tadbirlardagi ishtiroki ham hisobga olinadi.
Mamlakatning 30 foizdan ortiqroq oliy o’quv yurtlarida talabalar imtihonsiz
o’qishga qabul qilinadi. O’qishning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tishda hech
qanday imtihon yoki sinov bo’lmaydi. Lekin o’qish davrida turli tashkilotlar
tomonidan standartlashtirilgan son-sanoqsiz testlar o’tkaziladi. Ularda yagona
milliy imtihon va o’qitish dasturi mavjud emas. Katta o’rta maktab
bitiruvchilarining egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini baholovchi yagona
o’lchov karnegi birligi 1 kreditdir. 1 kredit deyilganda universitetga kirish uchun
yo’naltirilgan 120 soatlik bitta o’qish tushuniladi. O’rta maktabni bitirgan o’quvchi
oliy o’quv yurtiga kirish uchun kamida 14-16 kredit to’plashi kerak. Biroq bu
bitiruvchining tayyorgarlik darajasini aks ettirmaydi. AQSh ta’lim tizimida
baholash harflar yordamida ifodalangan 4 balli baholash tizimi mavjud. Bunda
“A”-4, “V”-3, “S”-2, “D”-1 yoki “F”-0. O’quvchi o’qishni davom ettirishi uchun
uning bahosi “V”dan kam bo’lmasligi kerak.
Buyuk Britaniya umumiy o’rta maktablarida o’quvchilarga 10 ta asosiy
(Joundation subjects) predmetdan ta’lim beriladi. Ulardan 3 tasi asosiy (“Yadro”
(core subjects)) o’quv fanidir. Bularga ona tili (ingliz tili), matematika va tabiiy
ilmiy turkumdagi o’quv predmetlari kiradi. Asosiy predmetlarga tarix, geografiya,
axborot texnologiyalari, musiqa, san’at, jismoniy tarbiya va chet tillari kiradi.
Buyuk Britaniya maktablari va boshqa Evropa mamlakatlarida AQSh dagidek
o’quvchilar tomonidan mustaqil tarzda tanlanadigan o’quv predmetlari mavjud.
Lekin o’quvchiga taqdim qilinadigan o’quv yuklamasining qat’iy me’yorlari
doirasida mazkur tanlovni amalga oshirish nazorat qilinadi.
O’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini baholash
harflar yordamida amalga oshiriladi. Jumladan, (“yomon”) F,E,B,C,A (“a’lo”).
Bitirish imtihonlari ikki bosqichda o’tkaziladi: a) ta’lim oluvchilar 16 yoshga
to’lganda, b) 18 yoshda. Bunda ularning majburiy minimumni bajarganligi hisobga
olinadi. Imtihonlar tashqi nazoratchilar tomonidan yozma tarzda tashkil etiladi va
qabul qilinadi.
Imtihonlarning murakkablik darajasini o’quvchilarning o’zi
belgilaydi.
Ingliz yoshlari kollej va universitetga kirish uchun 16 yoshda o’qishni
tugatib,
tanlagan
yo’nalishlari
bo’yicha
qo’shimcha
chuqurlashagan
tayyorgarlikdan o’tadilar. Umumiy o’rta ta’lim – GCSE (General Gertificate of
Secondary Education)ni tugatganligi haqidagi hujjatni olish uchun bitiruvchilar
sakkizta o’quv predmeti bo’yicha imtihon topshiradi. Bunda etti balli A – shkala
bo’yicha, eng kamida beshta predmetdan uchta yuqori A, V va S ballarini olsa,
universitetga imtihon topshirishga tayyorlovchi ikki yillik maxsus sinfda o’qish
huquqini qo’lga kiritadi.
Universitetga kirishga tayyorgarlik, asosan, uchta o’quv predmeti bo’yicha
amalga oshiriladi. Ularning har biriga taxminan bir xil vaqt sarflanadi. O’quvchilar
mazkur o’quv predmetlarini erkin tanlash huquqiga ega. Odatda ular yagona yoki
o’zaro yaqin sohadagi bilimlarni o’z ichiga oladi. Ikki yillik o’qishni tugatgan
o’quvchilar tanlangan o’quv predmetlari bo’yicha yuqori murakkablik darajasiga
ega bo’lgan o’quv topshiriqlarini bajara oladilar. Shunga ko’ra mazkur
yo’nalishlarda (A – Level examinations) imtihon topshiradilar. Ular mamlakatning
oliy o’quv yurtlariga kirish uchun 3 ta o’quv predmeti bo’yicha yuqori
murakkablik darajasiga ega bo’lgan imtihonni topshirishlari lozim.
Angliyada oliy o’quv yurtiga kirishga asos bo’ladigan imtihonlar ettita
mustaqil imtihon oluvchi qo’mita tomonidan o’tkaziladi. Har bir qo’mitaga kirgan
maktab o’quvchilari tomonidan imtihon savollari tanlanadi, har bir qo’mita, ikki
yil davomida tayyorlanib o’qitiladigan dastur bo’yicha imtihon topshirish tartibini
ishlab chiqadi.
Alohida qo’mitalar tomonidan ishlab chiqilgan imtihon materiallari va
dasturlari bir-biridan farqlansa-da, imtihonlarni mamlakat bo’yicha yagona va teng
sharoitlarda o’qitishni ta’minlash maqsadida erishilgan o’quv darajasini baholash
va dasturlar bo’yicha ta’lim vazirligida tuzilgan Kengash SCAA (SCHOOL
Curriculum and Assessment Authority) tomonidan tasdiqlangan.
Fransiya yoshlari ta’lim tizimida makgabgacha ta’lim (2 yoshdan 6
yoshgacha), boshlang’ich maktab (6 yoshdan 11 yoshgacha), kollej ta’limi (11
yoshdan 15 yoshgacha) va litsey ta’limi (15 yoshdan 18 yoshgacha) amal qiladi.
Mazkur mamlakatda o’quv jarayoni o’ziga xos tarzda tashkil etilgan bo’lib, 12-
sinfdan 1-sinfga qarar boriladi.
Mamlakat maktablarida 20 ballik baholash tizimi qo’llaniladi. Eng yaxshi
baho “20”, lekin bunday natijaga o’quvchilar kamdan-kam holatlarda erishadilar.
Odatda eng yaxshi javob 17-18 ball bilan baholanadi. 15-16 ball orqali esa nisbatan
pastroq baho ifodalanadi. Uch bahoda o’qiydigan o’quvchilar 10-13 balli
ko’rsatkichga ega bo’ladi. 9 va undan past ballar esa o’quvchining juda yomon
o’zlashtirish ko’rsatkichini ifodalaydi. Ko’plab litsey, kollejlarda o’quvchilar
chorak so’ngida baholanmaydi, sinfda birinchi va so’nggi o’rinlar bo’yicha ketma-
ketlikda raqamlab chiqiladi. Fransiya ta’lim tizimida keskin noaniq baholar
mavjud emas. Baholarda ijobiy va salbiy ko’rsatkichlarning o’zi bir necha darajani
ifodalaydi. Masalan, ijobiy baho olgan bolalar bon – yaxshi, tres beines bien – juda
yaxshi, assez bon (bien) – etarli darajada yaxshi (yaxshi), pas mal – yomon emas
tarzida so’zlar yordamida baholanadi. Past baho olgan o’quvchilarga esa mal –
yomon, mauvais – yomonroq, treses mal (mauvas) – juda yomon, assez mal
(mauvais) – etarli darajada yomon kabi so’zlar yordamida baho beriladi.
Maktab o’quvchilarining o’n yillik ta’limi maktab, kollejni bitirganlik
haqidagi diplom olishi bilan tugaydi. Bitirish vaqtida o’quvchilar uchta fan
(fransuz tili, matematika, tarix yoki geografiya)dan test topshiradi. Qolgan
fanlardan esa yakuniy baho chiqariladi. Fransuz o’quvchilari majburiy 10 yillik
ta’limni yakunlaganida kollej diplomiga ega bo’ladi. Diplom uchta o’quv
predmetidan olingan yakuniy natijaga ko’ra beriladi. Kollej bitiruvchilarining
taxminan 85 foizi o’rta ta’limni yakunlash maqsadida bakalavr diplomi yoki
attestat olishi uchun uch yillik akademik litseylarda o’qishni davom ettiradi.
Bakalavr diplomi o’quvchilarga mamlakatdagi oliy o’quv yurtlariga kirib o’qish
huquqini beradi. Har yili mamlakat yoshlarining yarmi shunday diplom yoki
attestatga ega bo’ladilar. Bakalavr diplomini olish uchun ta’lim oluvchilar yozma
yoki og’zaki imtihon topshiradilar. Imtihonlar litsey yo’nalishlariga tegishli bo’lib,
ulardan bittasi fransuz adabiyotidan bo’ladi. Yozma testlar o’rtacha to’rt kun
davomida o’tkazilib, 25 soat vaqt sarflanadi. Bakalavr diplomida har bir o’quv
predmetining mavqei hisobga olingan holda barcha o’quv predmetlari bo’yicha
umumlashtirilgan bakalavr bali qo’yiladi. O’quvchi 10 va undan ortiq ball
to’plagan taqdirda imtihonlarni topshirgan hisoblanadi.
Yaponiya ta’limi o’zining samaradorligi bilan butun dunyo
pedagoglarini o’ziga jalb etib keladi. Yapon o’quvchilari to’qqiz yillik
tayanch maktabni bitirganlaridan so’ng tabaqalashtirilgan holda katta
bo’g’indagi o’rta maktabga o’qishga kiradilar. Mazkur maktablarga qabul
o’quvchining baholari va kirish testlari natijalariga amalga oshiriladi. Shuni
ta’kidlash kerakki, kirish testlari milliy dastur asosida bo’lsa-da, har bir
hudud uchun alohida-alohida tuziladi. Test natijalari o’quvchilarga e’lon
qilinmaydi. Natijalar o’quvchilar qabul qilinadigan maktablarga yuboriladi.
Har yili 9 yillik tayanch maktablarning 95 foiz bitiruvchisi katta o’rta ta’lim
maktablariga o’qishga qabul qilinadi. 5 foiz o’quvchi esa kasbiy maktablarda
o’qishlarini davom ettiradi. Biroq katta o’rta maktab va universitetlarga
kirishda imtihonlar muhim ahamiyat kasb etganligi uchun ham
o’quvchilarning o’zi va ota - onalari ularga jiddiy e’tibor qaratadi. 7-sinfdan
9-sinfgacha o’rtacha 50 foiz o’quvchi o’z tanloviga ko’ra qo’shimcha o’quv
predmetlari bilan shug’ullanadi.
Universitetga kiruvchi bitiruvchilar ikki turda imtihon topshiradi. Birinchi
turdagi imtihonlar (University Entrance Cente Examination – UECEL) butun
mamlakat bo’yicha yagona bo’lib, uni o’quvchilar oliy o’quv yurtiga kirishdan
yarim yil avval topshiradilar. Bunday imtihonlarni topshirish ham davlat, ham
xususiy universitetlarga kiruvchilar uchun majburiydir. O’quvchilar 12 ta o’quv
predmetining bir nechtasidan test topshiradilar. Qaysi fandan test imtihoni
topshirishni universitetlarning o’zi belgilaydi. Masalan, Tokioning eng nufuzli
universitetlari eng kamida 5 ta milliy imtihon (VECE) ni, qolganlari 2-3 ta
imtihonni topshirgan abiturientlarning hujjatini qabul qiladi.
Ikkinchi tur imtihonlar universitetlarning o’zida o’tkaziladi. Ular milliy
imtihonlarga nisbatan murakkab bo’lib, turli universitetlarning o’zida o’tkaziladi,
shuningdek, fakultetlarda bir-biridan farqlanadi. Odatda abiturient 2 tagacha
universitet imtihonlarini topshirib, o’zini sinab ko’radi. Universitetlarda tanlov bali
juda yuqori, shuning uchun ham, ayrim o’quvchilar mazkur imtihonlarga 2
yilgacha tayyorgarlik ko’radi. Imtihonlarni qayta topshiruvchi abiturientlar 30
foizni tashkil etadi.
Yaponiyada ta’lim, fan va madaniyat vazirligi qoshida universitetlarga kirish
imtihonlari bo’yicha milliy markaz mavjud (National Genter for university
entrance examinations) bo’lib, imtihonlarning birinchi turini o’tkazish bo’yicha
barcha ishlarni tashkil qiladi. Jumladan, imtihon topshiruvchilarni ro’yxatdan
o’tkazish, imtihonlarni topshirish va h.k. Imtihon materiallari 20 ta o’quv predmeti
bo’yicha qo’mitalar tomonidan tuziladi. Bunday qo’mitalarga o’quvchilar
universitetlar tomonidan tavsiya etiladi. Qo’mitaning vazifalaridan biri – imtihon
mazmunining milliy dasturlarga mosligi va barcha predmetlar bo’yicha bir xil
bo’lishiga erishishdan iboratdir. O’qituvchilar va kasaba uyushmalari vakillari har
yili qo’mita a’zolari bilan uchrashib, imtihonlar haqida fikrlashadi. Yaponiyada
“3”, “4”, “5” baholari qo’llanilib, 2 baho umuman mavjud emas. Imtihonlar
birinchi va ikkinchi semestrlarda 2 martadan, 3-semestrda esa bir marta tashkil
etiladi.
Olmoniya ta’lim tizimi o’ziga xos jihatlarga ega. U erda umumiy o’rta ta’lim
13 yil davom etadi. Mazkur ta’lim tizimida tabaqalashtirilgan yondashuv keng
tatbiq etilgan. Olmoniyada o’quvchilarning bilimi quyidagicha baholanadi.
Jumladan, 6(0) (juda yomon), 4 (6-4) (“DTSga to’g’ri keladi”), 3 (9-7)
(“qoniqarli”), 2 (12-10) (“yaxshi”), 1 (15-13) (“a’lo”).
Boshlang’ich ta’limni tugatgan bolalar qobiliyatiga qarab uch yo’nalishda o’qitiladi.
Ulardan bir qismi 9 yillik tayanch maktabga borib, umumiy va boshlang’ich kasbiy ta’lim oladi.
Ikkinchi qismi 10 yillik real maktabda o’qiydi. Unda o’rta darajada tayyorgarlikka ega bo’lib,
gimnaziyaning birinchi va ikkinchi bosqichida o’qishni davom ettiradi.
Olmon o’quvchilari abiturient attestatini olish uchun to’rtta bitirish imtihonini topshirishi
lozim. O’quvchilar imtihongacha 28 o’quv predmetidan tahsil olgan bo’lishi, ulardan 22 tasi
tayanch bilimlarni beradigan, 6 tasi chuqurlashtirilgan bo’lishi lozim. O’quvchilar ulardan
quyidagi 3 tasini tanlab oladi:
1)
tillar, adabiyot va san’at;
2)
ijtimoiy bilimlar;
3)
matematika, tabiatshunoslik va texnologiyalar.
Tanlab olingan 3 ta fanning 2 tasida chuqurlashtirilgan yozma, 1 tasida og’zaki imtihon
topshiradilar. Attestatda oxirgi 2 yillik o’qish va imtihon natijalarini hisobga oluvchi umumiy
ball ko’rsatiladi. Masalan: attestatga qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal 840 balldan 540 tasi
o’quvchining o’quv predmetlarini o’zlashtirish bo’yicha erishgan natijalari (330 ball 22 ta asosiy
kurs va 210 ball 6 ta chuqurlashtirilagan) va 300 ball esa imtihonlar davomida olingan bo’lishi
kerak. O’quvchi attestat olishi uchun kamida 280 ball to’plashi lozim.
Bir xil yoshdagi o’quvchilarning 40% har yili imtihonlarni topshiradi. Ularning 95%
muvaffaqiyatga erishadi. Attestat olgan aksariyat o’quvchilar (85%) ikki yil davomida
universitetga kirishga muvaffaq bo’ladi. Oliy o’quv yurtlariga kirish jarayonida attestatdagi
ballar muhim ahamiyatga ega. Attestat oluvchilar soni ko’payib ketganligidan nufuzli
fakultetlarga qabul qilishda qo’shimcha test va suhbatlar joriy etilgan.
Yuqoridagi tahlillardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’rib o’tilgan mamlakatlar ta’limi sohasida
baholash tizimining obyektiv bo’lishi uchun harakat qilinganligi, bunda turlicha usul va
vositalardan foydalanishi o’z ifodasini topgan. Bularning barchasi o’quvchilarning bilimi va
o’ziga xos jihatlarini haqqoniy baholash yo’lida olim, pedagoglar va keng jamoatchilik, bar cha
davrlar va mamlakatlarda tinmay izlanganidan guvohlik beradi. Chunki, o’quvchi bilimini
baholash barcha zamonlarda o’z echimini kutayotgan dolzarb pedagogik muammo ekanligi o’z
ilmiy isbotini topmoqda
Dostları ilə paylaş: |