6-mavzu. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga yo’naltirish masalalari Reja



Yüklə 285,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.09.2023
ölçüsü285,03 Kb.
#143843
  1   2   3   4
6-mavzu. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va



6-mavzu

Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga 
yo’naltirish masalalari 
Reja: 
1.Jahon mamlakatlarida ta’limni integrasiyalashtirish va kasbga yo‘naltirish 
masalalari.
2.Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar faoliyati. 
Integratsion va masofaviy ta’lim 
Vatanimizda 
ta’lim 
tizimi 
keng 
qamrovli 
islohotlarni 
hamda 
texnologiyalashtirish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan 
kechirmoqda. Ulardan ko’zda tutilgan maqsad – maktab faoliyatini 
demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosda 
o’quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va 
yanada takomillashtirishdan iboratdir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishning 
muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni 
tubdan o’zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali biz ta’limda xato va 
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o’zimizni saqlashimizdan tashqari
ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish 
shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda 
yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan 
o’zgarishlar sodir bo’layotgan bir davrda, bizda ta’lim mazmunini yangilash, uni 
boshqarish, innovasion texnologiyalarni maktab hayotiga tatbiq etishda qator 
muammolar mavjud.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan 
hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy 
qilish sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan, jamiyat a’zolarini 
yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirishda davlat xizmatini 
hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim 
mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik 
va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el 
tajribalarini o’rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limniig, mamlakat ichki siyosatiga faol 
ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli 
chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan 
mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Jumladan, yaponlarda, “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina 
bo’lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr – ishonch va e’tiqodga 
aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat-
e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun AQSHning sobiq Prezidenti R. Reyganni, 
Buyuk Britaniya Bosh vaziri M. Tichcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni 


maktab islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F. Mitteran maktabni 
“Jamiyatni harakatlantiruvchi kuchi” deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p 
sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. 
Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab 
davlat va xususiy tashkilotlar, universitet va pedagogik tadqiqot markazlari 
shug’ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, 
AQSHda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib boradi. Ko’pchiligining faoliyati 
o’quv dasturini takomillashtirish va qayta ko’rishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o’zgartirish ikki asosiy yo’nalishda: ekstensiv va intensiv 
usul bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 285,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin