Quiz Assignment (test topshirig‘i) oynasida test topshiriqlari yaratiladi. Topshiriqlarni yaratishda sarlavha nomi va tavsifi bo‘lishi lozim. Google Form yordamida tayyorlangan test topshiriqlari ham o‘quvchilarga taqdim etish mumkin bo‘ladi.
Question (savol) oynasida esa savol matni kiritilgandan so‘ng, uning turlari e’tiboringizga havola qilinadi: qisqa javob va to‘g‘ri javob.
Shu bilan birga, o‘quvchilarga o‘zaro bilimlarini tekshirish va javob variantlarini tahrirlash imkoniyati taklif etiladi.
Material (o‘quv materiali) oynasi yordamida o‘quv adabiyotlar, ma’ruza matnlari, turli formatdagi hujjatlar kiritiladi. O‘quv materiallarni qo‘shishda Google Drive files (fayllar bazasi) yoki Upload files (fayllarni yuklash) tugmalaridan foydalaniladi. Shuningdek, muayyan mavzu doirasida ham videoroliklar, internet havolalari hamda boshqa hujjatlarni qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Reuse post (xabarni qayta ishlatish) oynasi yordamida o‘quvchilar uchun o‘quv mashg‘uloti boshlangunga qadar mashg‘ulot to‘g‘risidagi yangilik, xabar, e’lonlarni yana qayta o‘quvchilarga taqdim qilish mumkin.
Topic (mavzu) elementi orqali o‘quvchilar uchun mavzular yaratiladi. Shu bilan birga, mavzu doirasida dars mashg‘uloti materiallari, vazifa va topshiriqlar, test topshiriqlari taqdim etilib boriladi. Shuningdek, zaruriy o‘quv marteriallar, test topshiriqlar kabi materiallari ham biriktirilishi mumkin.
Shu interfeysning Topic (mavzu) oynasida vazifa, test topshiriqlar Assign (tayinlash) tugmasi yordamida biriktiriladi. Shuningdek, o‘quv material mo‘ljallangan sinf va o‘quvchilarni ko‘rsatib o‘tish zarur bo‘ladi. Va mazkur topshiriqqa umumiy ball ham qo‘yiladi.
Darslarga o‘quvchilarni biriktirish, sinflarga qo‘shish maqsadida People (odamlar) bo‘limiga o‘tiladi. Invite (taklif qilish) tugmasi orqali o‘quvchilarni taklif qilinadi.
Grade (baholash) bo‘limida o‘quvchilar mashg‘ulot davomida bajargan vazifa va topshiriqlarning natijalari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘qituvchi har bir o‘quvchi qaysi topshiriqlarni muddatlar kesimida bajarganini nazorat qilib turishi mumkin.
O‘qituvchilar uchun Google Classroomdan foydalanishda bilishi zarur bo‘lgan 10 ta qoidalar mavjud. Ular Google classroom orqali an’anaviy va masofaviy ta’lim jarayonlarini uzviy bog‘langan holda o‘quv jarayonlarni tashkil etishda xizmat qiladi.
Nazorat savollari Google qanday ma’noni anglatadi? 7. Google classroomda Question qanday vazifalarni
Google xizmatlari haqida nimalarni bilasiz? bajaradi?
Googleda Web ta’lim yaratuvchi dasturiy vositalar? 8. Google classroomda Material qanday vazifalarni 4. Google classroom haqida tushuncha bering bajaradi?
Google classroomda assignment qanday vazifalarni 9. Google classroomda Reuse post qanday vazifalarni bajaradi? bajaradi?
Google classroomda Quiz Assignment qanday 10. Google classroomda Topic qanday vazifalarni vazifalarni bajaradi? bajaradi?