6.3. Mehnat unumdorligi.
Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun esa mahsulotlarni va xizmatlarni ko`plab va sifatli ishlab chiqarish zarur. Resurslar kamyob bo`lganidan ularni tejab-tergab ishlatish lozim. Bu esa o`z navbatida mehnat unumdorligini (Mu) ni oshirishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi – xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbati, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi.
Sanoatda mehnat unumdorligini oshirish bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko`rsatkichi hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida material va pul harajatlarini tejash, shuningdek korxona va firma faoliyatini birmuncha yuksak pirovard natijalariga erishishiga sabab bo`ladigan omillaridan biridir.
Mehnat unumdorligining o`sishi deyilganda mahsulot birligi uchun sarf bo`ladigan ish vaqtini kamaytirish tushuniladi. Mehnat unumdorligi o`sishining iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish hajmini os`ishida mahsulotlarga sarflanadigan harajatlarning kamayishida va xalq farovonligini yaxshilashda asosiy manba bo`lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi va milliy daromadning o`sishi ikkita omil ta`sirida amlga oshiriladi:
Birinchisi - ishlab chiqarishning moddiy doirasida ishlovchilar sonining oshishi bo`lsa, Ikkinchisi - mehnat unumdorligining o`sishidir.
Ishchilar mehnatining unumdorligi uch asosiy omilga bog`liq:
- korxonada ishlab chiqarish jarayonlarining savodli tashkil qilinishi;
- xodimlarning lavozim majburiyatlari qanchalik aniq ekanligi;
- xodimlarning malaka darajasi.
Ammo hatto barcha jarayonlar puxta tuzilgan, izohlangan va xodimlarda zaruriy tajriba va ko`nikmalar mavjud bo`lgan vaziyatda ham to`liq quvvat bilan ishlash oson kechmaydi.
Xodimlarni samarali is`lashga rag`batlantirish uchun ko`plab kompaniyalar ishbay ish haqi to`lashni qo`llaydilar. Biroq bunday tizim nafaqat muhim afzalliklarni ta`minlaydi, balki ma`lum kamchiliklarga ham ega. Korxona xodimlarga buyurtmalar hajmi yetarli bo`lmagan vaziyatda ortiqcha to`lovlar to`lamaydi, ammo masalaning bos`qa tomoni ham mavjud: har qanday vaziyatda ishlovchilar past haq to`lanadigan yoki umuman, daromad keltirmaydigan (misol uchun, ishlab chiqarish binosining qulay bo`lmaganligi tufayli) ishlarni unutgan holda eng katta naf keltiradigan ishlarni izlaydilar. Shu sababli an`anaviy yondashuv – ishbay ish haqi tamoyillari bilan cheklanmagan holda o`zining samarali ish haqi tizimini yaratish haqida o`ylab ko`rish ko`plab korxonalar uchun dolzarb masaladir.
Ish haqi tizimining nozik va ko`z ilg`amas jihatlari quyidagilardan iborat:
1-qadam. Ishlovchilarning joriy mehnat unumdorligini o`lchash. Korxonalarda ishlovchilar mehnat unumdorligini o`stirish zahiralari mavjudligini aniqlash uchun ma`lum etalonlarni joriy qilish zarur bo`ladi. Quyidagi bandlar yo`naltirish uchun shunday namuna bo`lishi mumkin:
- yaxshi ishlovchilarning erishgan natijalari;
- korxonada mehnat unumdorligining o`rtacha ko`rsatkichlari. Hisob-kitoblar uzoq muddatli ma`lumotlarga asoslanishi lozim;
- boshqa korxonalarda amal qiladigan ishlanmalar me`yorlari. Mazkur etalon o`z faoliyatini boshlayotgan yoki ilgari o`z statistikasini yuritmagan yangi korxonalar uchun tanlab olinadi.
Masalan, o`yinchoqlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining yangi yo`nalish bo`yicha ish boshlashida (suvenir mahsulotlar ishlab chiqarish) mehnat unumdorligini o`lchashning ma`lum standart me`yorlari mavjud emas. Ularni mustaqil ravishda ishlab chiqishga to`g`ri keladi. Shu jumladan, xodimlar ish vaqtini hisobga olish bo`yicha blankalar shakllantirilishi, malakali mutaxassis ikki oy davomida turli operatsiyalarni ulardan har birining uzunligi ko`rsatilgan holda bajarishi mumkin. Mazkur ko`rsatkichlarga tajriba yo`li bilan harakat qilinar ekan, ularga erishishga shubha qolmaydi. Ular har bir bajariladigan operatsiya o`rtacha davomiyligini, bo`yoqlar va boshqa unsurlar sarfini aniqlash uchun asos bo`ladi. Korxonaning yangi ishchilari ham bir oy davomida o`z natijalarini ko`rsatgan holda shu singari blankalarni to`ldiradilar. Bu mehnat sarflarini kamaytirish imkonini beradi, deganidir. Agar ma`lum operatsiya uchun normativda ko`rsatilganidan ko`p vaqt talab qilinsa, usta tomonidan o`z noshirlari uchun qo`shimcha o`qishlar tashkil qilgan va ishning nozik tomonlarini bilgan xodim bilan bu masala to`liq hal qilingan. Bunday tadbirlardan keyin qoniqarli ko`rsatkichlarga erishgunga qadar yangidan hisobga olish blankalari yuritiladi.
Mehnat sarflarini kamaytirish orqali mehnat unumdorligini o`stirishda, sex xodimlarining tashqi reklamasini tashkillashtirish ham muhim o`rin tutadi. Bunday reklama odatdagi reklamadan tubdan farq qilib, bevosita ishlovchilar mehnatining sifati, xom -ashyo tejamkorligi, ish bajarish tezligi kabi ko`rsatkichlarini namoyish etishga qaratiladi.
6.1-chizma. Sexning xodimlar tashqi reklamasi vazifalari.
Foydani oshirish
Tushumni o`stirish
Ikkilamchi xaridlarni amalga oshirish
Xodimlar ish samaradorligini oshirish
Tannarxni pasaytirish
Byurtmani muddatida bajarish
Mahsulot yuqori sifatini ta`minlash
Sex xodimlar tashqi reklamasi vazifalarining bajarilishi foydaning os`ishiga va kompaniyaning umumiy maqsadlariga erishilishiga olib keladi.
2-qadam. Mehnat unumdorligining oshishini rag`batlantirish. Ishlovchilarning mehnat ko`rsatkichlarini qabul qilingan normativlar bilan taqqoslash zarur. Biroq faqat shuning hisobiga xodimlar unumdorligini yaxshilashga rag`batlantirishning uddasidan chiqilmaydi.
Agar ijobiy samaraga erishish rejalashtirilsa, ishlovchilarning oylik daromadi ularning ish natijalari bilan bevosita o`zaro bog`langan bo`lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |