3. Axborotni daromad manbaiga aylantirish “Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak”1 deydi Sh.Mirziyoyev. Axborotlarni yig’ish usullari Axborot atamasi lotincha information axborot so‘zidan olingan bo'lib, tushuntirish, xabardorlik, taqdim etish degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda axborot - bu odamlar o'rtasida axborot almashish, jonli va jonsiz tabiat, odamlar va qurilmalar o'rtasidagi signal almashishni o'z ichiga olgan umumiy ilmiy tushuncha. Axborot - bu atrof-muhit ob'ektlari va hodisalari, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati to'g'risidagi ma'lumotlar, ular haqidagi bilimlarning noaniqligi va to'liq emasligi darajasini kamaytiradi. Informatika fanida axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham tez-tez ishlatiladi. Ma'lumotlar qandaydir sabablarga ko'ra ishlatilmaydigan, faqat saqlanadigan belgilar yoki qayd etilgan kuzatuvlar sifatida qaralishi mumkin. Agar biror narsaga nisbatan noaniqlikni kamaytirish uchun ushbu ma'lumotlardan foydalanish mumkin bo'lsa, ma'lumotlar ma'lumotga aylanadi. Shu sababli, ma'lumot foydalanilgan ma'lumotlar deb ta'kidlash mumkin. Bugungi kunda bloggerlik butun bir professional yo'nalishdir, garchi bu kasb hali universitetda o'rgatilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560—II-sonli Qonuniga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar blogerlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida kiritildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy saytixabarberadi. Unga ko‘ra: Bloger — Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. O‘zbekistonda blogerlik faoliyati "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun doirasida tartibga solinadi. Qonunga "blogerlik" iborasi ilk bor 2014 yilda kiritilgan. ochiq manbalardan qo‘lga kiritilgan axborotni tarqatayotgan shaxsning mas’uliyati belgilab berilgan.
«Axborotlashtirishto‘g‘risida»gi Qonunda «bloger» tushunchasini quyidagi tarzda kengaytirilgan: xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z vebsaytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Hozirda bloger – jamoatchilik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tusdagi axborotlarni ulardan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) vebsayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs.2 O‘zbekiston Respublikasining 30.03.2021 yildagi O‘RQ-679-son yangi tahrirdagi Qonuninida bilogerlik faoliyatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan. «121-modda.