6-mavzu: Poetika va ritorika. Reja: 1.Adabiyotshunoslik – qadimiy fan
2.Adabiyotshunoslik va ijtimoiy hayot
3.Arastuning “Poetika” asari
4.Sharq adabiyotshunosligi
Poetika (yun. poietike — poetik sanʼat) — badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qad. ada-biyotshunoslikfani. Kengmaʼnoda POETIKA ada-biyot nazariyasi tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida POETIKA adabiy tur va janrlar xususiyatini, oqim va yoʻnalishlar, uslub va metodlarni oʻrga-nadi hamda badiiylik darajasi oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq etadi.
POETIKA 3 tarkibiy qismdan iborat: umumiy POETIKA, tavsifiy (xususiy) POETIKA, tarixiy POETIKA Umumiy POETIKA har qanday asarning badiiy vositalari va qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur va jinslarga karab muallif niyatining mujassamlanish usullarini tadqiq etadi. Tavsifi y POETIKA ayrim olingan bir muallif asarlarining yoki davrlar va yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklaydi. Tarixi y POETIKA badiiy vositalar taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar, qofiyalar) va kategoriyalarni (badiiy qilib berilgan zamon, makon, ritm) oʻrganadi.
"P". termini dastlab Aristotelnit "Poetika" asarida qoʻllangan. Bu asar badiiy asar va uning tiliga oid nazariy masalalarni yoritishda dastlabki asarlardan hisoblanadi. Asarda yunon adabiyotidagi ilk realizm nazariyasi haqida maʼlumot berilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ham ushbu asar taʼsirida "Shoirlar sanʼati qonunlari haqida risola"sini yozgan. Realistik adabiyotning klassitsizm bos-qichi haqidagi nazariy masalalar fransuz olimi va shoiri N. Bualonnng "Poetik sanʼat" asari (1674)da yoritildi. Bualo bu asarida klassitsizm poetikasi asoslarini yaratdi, bu oqim uchun xos boʻlgan xususiyatlarni ochib berdi va ularni badiiy ijod krnuniyatlari sifatida talqin qildi. Klassitsizm nazariyasining dogmatik gʻoyalariga qarshi kurashda fransuz yozuvchisi va faylasu-fi D. Didroning "Dramatik poeziya haqida" (1758), G. Lessingning "Gamburg dramaturgiyasi" (2 j.li, 1767—69) asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari, hayotni dinamik tarzda tasvirlash talablari nazariy asoslandi.
Musulmon Sharqi adabiyotida POETIKA 3 qismdan: 1) ilmi aruz, 2) ilmi qofiya, 3) ilmi badiʼdan iborat max-sus fan sifatida shakllangan va bu fanning mazkur yoʻnalishlari boʻyicha koʻplab ilmiy asarlar yaratilgan (Shayx Ahmad Taroziyning "Funun ul-balogʻa", Atoulloh Husayniyning "Ba-doiʼ ussanoyiʼ" va boshqalar).
Adabiy-badiiy mezonlar, yaʼni POETIKAning muayyan qonun-qoidalari ayrim adabiy yoʻnalish, oqim va maktablarda, alohida xalqlarda (tasavvuf sheʼriyati POETIKAsi, xalq dostonchiligi POETIKAsi, maʼrifatparvarlik adabiyoti POETIKAsi, Sharq adabiyoti POETIKAsi, uzbek adabiyoti POETIKAsi kabi), hatto buyuk qalam sohiblari ijodida pishgan, puxta ishlanib, sayqal topgan (Navoiy POETIKAsi, Bobur POETIKAsi, Qodiriy POETIKAsi va boshqalar).
Uzbek filologiyasi tarixida POETIKA boʻyicha dastlabki kuzatishlar "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos Xojib), "Devonu lugʻotit-turk" (M. Koshgʻariy) asarlaridan boshlangan. Sheʼr nazariyasini rivojlantirishda Navoiyning "Muhokamat ul-lugʻa-tayn", "Mezon ul-avzon", Boburning "Muxtasar" asarlari muhim rol oʻynadi. Adabiyot va sanʼatning yuksak badiiyligi, goyaviyligi uchun kurash borgan va bo-rayotgan keyingi davrlarda uzbek adabiyotshunoslari ham POETIKA masalalarini tadqiq etishga katta eʼtibor berdilar. Navoiy ijodi POETIKAsini oʻrganishda V. Zohidov, M. Shayxzoda, A. Hayitmetov, Yo. Isoqov va boshqalarning tadqiqotlari, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahxrr romanlari poetikasi boʻyicha M. Qoʻshjonov, U. Normatov va boshqalarning, uzbek sheʼriyati POETIKAsi haqila O. Sharafiddinov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Uzbek folklori namunalari POETIKAsi ham tadqiq etilmoqda.
Ritorika faniining asosiy maqsadi ommani umummadaniy saviyasini yuqsaltirishga hissa qo‘shishdir. Shu bilan birga, uning maqsadi talabalarga Ritorika tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so‘z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlarini e’tirof etish va ularning boy merosidan umuman foydalanishdan iboratdir. Ritorika- amaliy jixatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til me’yorlari, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan nuqsonlar va talaffuzga doir muammolarni xal etish yuzasidan baxs yuritadi. Ritorika fani tilning hamma soxalari buyicha adabiy til me’yorlarni tadqiq qilib boradi. Eng maqbul hodisalarning adabiy me’yorini mustaxkamlash uchun tavsiyalar beradi. Biroq bu fan adabiy me’yorlarni yaratmaydi, ba’zi bir hodisadarni me’yor sifatida majburan kirgizmaydi. Balki, o‘zbek milliy adabiy tili faoliyati, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektni qonunlarini kashf etadi, shular asosida ta’lim Ritorika o‘zbek tilshunosligining nazariy bilimlariga suyangan holda to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzish sanatini o‘rgatadi. Shu bilan birga bir jixatdan nutq san’atining hilma-hil muammolarini tadqiq qiluvchi fandir. Tarbiyashunoslikning ma’lum soxasi sifatida chiroyli nutq sifatlari, nutq uslublari, kamchilik va xatolari, nutqiy asoslari, urunishlari, ko‘rinishlari, talaffuzga doir muammolalari yuzasidan bilim beradi. Ritorika fani o‘zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektni qonunlarni kashf etadi, shular asosida tavsiyalar beradi. Kishilarda madaniy nutq malakasini shakillantirish, ya’ni adabiy til, umumtil mezonlariga, mavjud qoidalarga to‘la amal qilgan xolda nutq tuzish malakasini shakillantirish notiqlik san’atining asosiy vazifalaridir. Shu bilan birga yaxshi nutqni baxolash va targ‘ib qilish ham uning vazifasi doirasiga kiradi.
http://fayllar.org