Diskontlash usuli pul mablag‘larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya’ni bugungi bir so‘m bir yildan keyingi bir so‘mga teng emasligi bois paydo bo‘ldi. Diskontlash murakkab (oddiy) foizlarning teskari hisoblanish jarayoni hisoblanadi. Bunda murakkab foizlar foiz stavkalarining hisoblanishi yordamida kreditning boshlang‘ich summasining joriy davrdan kelgusi davrga o‘sib borishini ta’minlaydi, diskontlash – kelgusi pul mablag‘larini joriy vaqtga keltirish bilan baholashdir.
Diskont stavkasi kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lanadigan haqiqiy foiz stavkasidan kichik bo‘lishi kerak emas, deb hisoblanadi. U barcha holatlarda investitsiyalarning foydaliligini tavsiflashi va investorning o‘z kapitalini boshqa joyga qo‘yib olishi mumkin bo‘lgan foydani aks ettirishi lozim. Diskont stavkasi investorning o‘zi uchun befoyda deb hisoblagan me’yordan yuqori bo‘lishi lozim.
Investor uchun, odatda, qaror qabul qilishning asosiy mezoni bo‘lib, nafaqat, investiyalarning foydaliligi, shuningdek o‘z mablag‘ining muayyan foiz stavkasida qanchalik tez qaytishi ham hisoblanadi. Shuning uchun investorlar qo‘ygan mablag‘ining qanday yillik foiz bilan necha yilda qaytarib olish imkoni mavjudligiga ko‘proq qiziqadilar. Aks hollarda ular loyihani investitsiyalashni qat’iy rad etadilar.
Masalan, agar biz bankka yillik 10% stavkasida 100 so‘m pul qo‘ysak, u holda bir yildan so‘ng kiritilgan summa FV1=100+100x0,10=110 so‘mni tashkil etadi. Agar bankdagi pul qaytarib olinmasa ikkinchi yilda yakuniy summa quyidagini tashkil qiladi:
Bu jamg‘arishni ko‘paytirish modeli quyidagi formulaga ega bo‘lgan murakkab foizlar kabi bizga ma’lum:
bu yerda, FV – (future value) biz bugun investitsiya qilgan va bizni qiziqtirgan pul «to‘laydigan» davrdan so‘nggi o‘sha summaning taxmin qilingan kelgusi davr qiymati; PV – (present value) kelgusida daromad olish uchun biz investitsiya qiladigan summaning joriy qiymati; k – investitsiyaning daromadlilik miqdori; n - investitsiya tijorat oborotida daromad “ishlab topgan” holda ishtirok etadigan vaqt oralig‘i, davr soni.