topshiriqni bajarishda qanday ishtirok etganligi darajasini ifodalaydi. Ishtirok etish koeffisiyentlari
brigadaning o’zi tomonidan oylik ish yakunini chiqarish vaqtida hisoblab chiqish tartibida belgilanadi,
hisoblash mehnatga haq to’lash to’g’risidagi Nizomda belgilangan bo’lib, u xodimlar bilan ish beruvchi
o’rtasida kelishib olingan bo’ladi.
Ishtirok etishning o’rtacha koeffisiyenti bir deb qabul qilinadi. Uning pasayishi odatda mehnatga
beparvolik bilan qarash, brigada boshlig’ining topshirig’ini bajarmaslik, mehnat unumdorligining
pastligi, mehnat va
texnologiya intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik va
boshqa sabablar bilan bog’liqdir. Ishtirok etish koeffisiyentini oshirish shunday hollarda qo’llanadi:
ishchi brigadaning boshqa a’zolariga nisbatan mehnat unumdorligida ancha yuqori natijaga erishadi, bir-
biriga yaqin kasblarni (operasiyalarni) o’zlashtirib oladi, ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda
tashabbus ko’rsatadi, ishining sifati yuqori bo’ladi. amalda ishtirok etish koeffisiyentlari brigadalarda
belgilanadi va ko’pincha 0,8-1,5 atrofida bo’ladi. Ishlangan vaqt uchun tarif ish haqi odatda
kafolatlanadi, qo’shimcha haq miqdori esa ishtirok etish koeffisiyentiga mutanosib ravishda aniqlanadi.
shunday bo’lishi kerakki, belgilangan barcha ishtirok etish koeffisiyentlarining summasi brigada a’zolari
soniga teng bo’lishi zarur, aks holda taqsimlangan ish haqining miqdori yozilgan ish haqi miqdoriga teng
bo’lmasligi mumkin.
Mehnatga haq to’lashning ishbay (akkord) tizimida akkord topshiriqqa kirgan muayyan ishlar
majmuini bajarganlik uchun to’lanadi, ayrim operasiyalar va ish turlarining bajarilishi hisobga olinmaydi.
Akkord naryad bo’yicha ish haqi summasi kalkulyasiya asosida hisoblanadi. U vaqt (mahsulot
ishlab
chiqarish) me’yorini va mazkur majmuaga kiritilgan ish turlari narxlari hisobga oladi.
Akkord mehnat haqi to’lash odatda ishchilar jamoasi (brigada, zveno) uchun joriy qilinadi va
haqiqatda pirovard mehnat natijalariga qarab mehnatga haq to’lash jamoa tizimining bir varianti sifatida
qaraladi. Ayni vaqtda u mehnatga ishbay haq to’lashning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ish
haqining umumiy miqdori bajarilgan ish uchun ishchiga oldindan, ish boshlanmasdan e’lon qilinadi.
Akkord haq to’lashning tatbiq etilishi odatda ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishning muayyan
muddatini belgilash bilan bog’liqdir. Akkord naryadini olgan ishchi ish hajmini yaqqol tasavvur qiladi va
bajaradigan ishi uchun oladigan haqini va uni bajarish muddatini bilib oladi,
bu esa ishlarni bajarish
muddatini qisqartirishdan manfaatdorlikni oshiradi. Haq to’lashning mazkur tizimi ishlab chiqarish sikli
uzoq davom etadigan tarmoqlarda (kemasozlikda), shuningdek ishlarni bajarish muddatini qisqartirish hal
qiluvchi rol o’ynaydigan hollarda (masalan, yirik ishlab chiqarish agregatlarini shoshilinch ta’mirlashda)
maqsadga muvofiqdir.
Akkord haq to’lashdan foydalanish uchun qurilishda ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Bunga xalq
xo’jaligining mazkur tarmog’i uchun xos bo’lgan mehnatni tashkil etishning jamoa shakli va qurilish
ishlarini jadallik bilan olib borish zarurligi yordam beradi. Akkord ishlab chiqarish topshirig’i
bajarilishida atmosfera sharoitlarining yomon kelishi tufayli butun-butun smenalarda ish to’xtab qolishi
mumkin. Bunday hollarda topshiriqni bajarish muddati uzaytirilishi, ko’rsatib o’tilgan tanaffuslar aniq
hisobga olinishi mumkin.
Agar akkord topshiriqni bajarish uchun uzoq muddat talab qilinsa,
ishchilarga mazkur hisob
davrida bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib avans beriladi. Uzil-kesil hisob-kitob topshiriqda ko’zda
tutilgan barcha ishlar yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning bevosita ishbay tizimi shundan iboratki, xodimning ish haqi uning
shaxsiy ishlab chiqarish normasiga emas, balki boshqa xodimlar mehnatining natijalariga bog’liq bo’ladi.
Haq to’lashning bunday tizimi ish normalari bajarilishini hisobga olish qiyinroq bo’lgan yordamchi
ishlarni bajaruvchi xodimlar uchun tatbiq etiladi, lekin asosiy ishbay ishlovchi xodimlar ishlab chiqarish
normalarining bajarilishi ularning mehnati natijalariga bog’liq bo’ladi. Bevosita ishbay tizim bo’yicha,
masalan, asbob-uskunalarni sozlovchilar, transport ishchilari (haydovchilar, kirachilar, yuk tashuvchilar)
mehnatiga haq to’lanadi, ular detallarni sexlar o’rtasida va sexlar ichida tashish ishlarida band bo’ladilar,
shuningdek ko’prikli kran haydovchilari va stropalchilar mehnatiga ham shu tizim bo’yicha haq to’lanadi.
Mehnatga bevosita ishbay haq to’lashdagi narxlar quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: