6.7. Yuk ko‘tarish va tashish ishlarini xavfsiz tashkil etish. Mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mexanizmlarning ko‘tarish tizimlari, “O‘zsanoatkontexnazorat” tashkiloti tasdiqlagan liftlarni qurish va xavfsiz ishlatish qoidalariga muvofiq har bir ko‘tarish tuzilmasi o‘z pasportiga ega bo‘lishi, unda tuzilmaning tavsifi (turi, qancha yuk ko‘tara olishi, harakat tezligi va hokazo) ko‘rsatilishi lozim. Bundan tashqari, tuzilmalarda o‘tkazilgan tuzatish ishlari yozib boriladigan daftar hamda ruxsat etilgan chekli ish yuklanishi hamda navbatdagi sinov va “O‘zdavtog‘texnazorat”ga taqdim qilish muddatini ko‘rsatuvchi o‘chib ketmaydigan yozuv bo‘lishi zarur.
Yuk ko‘tarish mexanizmlarining soz holatda saqlanishiga va ulardan xavfsiz foydalanishga javobgarlik ana shu mexanizmlar ishlatiladigan korxona bo‘linmasi yoki muhandis-texnik xodimi zimmasiga yuklatiladi. Bu xodim maxsus buyruq bilan tayinlanadi.
Yuk ko‘tarish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish uchun, ayniqsa, ularning tayanch qismlari, arqon, tros, ilgak va boshqa qismlari kattaroq mustahkam zaxira bilan tayyorlanadi.
Mexanizm va tuzilmalarda ularning imkoniyatidan og‘irroq yuklarni, odamlar hamda begona (og‘irligi aniq bo‘lmagan) yuklarni ko‘tarish, nosoz yuk ko‘tarish mexanizmlari va tuzilmalaridan foydalanish man etiladi.
Yoshi 18 dan kichik bo‘lmagan, o‘qigan, yo‘l-yo‘riq olgan va malaka sinovidan (attestatsiyadan) o‘tgan, shuningdek, tegishli guvohnomaga ega bo‘lgan kishilar yuk ko‘tarish tuzilmalari hamda mexanizmlarida ishlashga ruxsat etiladi.
Yuk ko‘tarish va tashish vositalarini xavfsiz ishlatishga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
a) Hamma aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari hamda mexanizmlari ishonchli to‘siqqa ega bo‘lishi;
b) Signalizatsiyasi, blokirovkali tormozlari ishonchli ishlashi kErak.
Omborxonalar va ayrim sexlardagi transportyor va konveyerlarning eng xavfsiz harakat tezligi 0,2 m/s dan oshmasligi zarur va tezlikni cheklab turish uchun, tezlik cheklagichlari bilan ta’minlanishi darkor.
Osma tashish tuzilmalari (elektr relslar, osma elektr shatakchilar, etektr poezdlar tasmali transportyorlar), odatda, ish o‘rinlari hamda yo‘laklar tepasida joylashtirilmasligi kerak va ular ishonchli himoya vositalari yordamida o‘rnatilishi, tushib ketgan yukni tutib qola oldigan darajada mustahkam bo‘lishi kerak.
Ortish-tushirish ishlarida xavfsizlik tadbirlari.
Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortish-tushirish, taxlash va joylashtirish bilan bog‘liq hamma yumushlar Mehnat haqidagi Qonunlar asosida “Ortish-tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq belgilab qo‘yilgan.
Ortish-tushirish ishlari ko‘tarish-tashish tuzilmalaridan foydalanib bajariladigan bo‘lsa, korxona ma’muriyati ishlarning xavfsiz amalga oshirishligiga javobgar shaxsni tayinlaydi. Bu shaxs yukni ortish-tushirish va tashish vositalari hamda usullarning to‘g‘ri tanlanishini kuzatib turishi lozim. Bunday ishlar tajribali xodim rahbarligida olib boriladi. Bunday shaxslar ”O‘zdavkontexnazorat” tashkilotlari vakili ishtirokida imtihondan o‘tkazilib, maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari shart hisoblanadi.
Ish beruvchi (brigadir, master) yuk tushiriladigan maydonchani tayyorlaydi, yuklarni ortish-tushirish hamda taxlash tartibi va usulini aniqlaydi, ishlarni xavfsiz bajarish yo‘llari va usullari yuzasidan yo‘l- yo‘riq beradi, mexanizm va kranlar bilan ta’minlaydi.
Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalashtirilgan usulda, ya’ni tushirgichlar yordamida, ishlar hajmi kichik bo‘lganida esa kichik mexanizatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.
-20 kg dan og‘ir yuklar uchun, shuningdek, yuklarni 3 m dan balandga ko‘tarishga ortish-tushirish ishlari mexanizatsiyalash-tirilgan usulda amalga oshiriladi.
-500 kg dan og‘ir yuklarni kranlar bilan ortish-tushirishga ruxsat etiladi.
-Yuklarni gorizantal yo‘nalishda tashish va ortish uchun polda yuradigan transportdan foydalaniladi, bunday transport asosan, yuklarni texnologik jarayon boshlanadigan joyga va tayyor mahsulotni omborga tashib keltirishda foydalaniladi.
Yuklarni to‘g‘ri mahkamlash ortish-tushirish ishlarining xavfsiz bajarishda katta ahamiyatga ega.
Agar yukni ko‘chirish vaqtida zanjir va arqonlarning o‘z-o‘zidan echilib yoki siljib ketish ehtimoli bo‘lsa, yuklarni tushib ketishi, baxtsiz hodisalar yuz bErishi mumkin.
Yuk ko‘tarish mashinalari saqlovchi va blokirovkalovchi tuzilmalari bilan uskunalanishi shart hisoblanadi.
Kranlarga yuk ko‘tarish imkoniyatini ko‘rsatuvchi belgilar, signal asboblari (qo‘ng‘iroq, gudok, sirena) kranlar kabinasidan tashqariga o‘rnati-ladi. Barcha yuk ko‘tarish mashinalarida ularning eng ko‘p yuklanishi, tartib raqami va navbatdagi sinovdan o‘tkazilgan kuni haqida ko‘rsatilishi kerak.