6-Mavzu. Raqamli bojxonada zat ning (rbzat) maqsadlari va vazifalar. Kirish


BOJXONAGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHDA JAHON BOJXONA TASHKILOTINING TAJRIBASI



Yüklə 371,5 Kb.
səhifə3/3
tarix19.05.2023
ölçüsü371,5 Kb.
#117229
1   2   3
6-Mavzu.Raqamli Bojxonada

BOJXONAGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHDA JAHON
BOJXONA TASHKILOTINING TAJRIBASI.

Bugungi kunda iqtisodiyot sohasidagi keskin oʻzgarishlar, mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar hamda har bir davlatning ichki iqtisodiy siyosati, shuningdek iqtisodiy axborotlar kengligi, almashinuvi va tahlili jamiyatni tubdan oʻzgartirishga mazkur tarmoqni avtomatlashtirish zaruriyatini paydo qildi. Shu sababdan hozirgi vaqtda iqtisodiyotni xususan uning bitta tarmogʻi


boʻlgan bojxona sohasini raqamlashtirish eng dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Mazkur sohada avvalo jahon tajribasini oʻrganish eng muhim jarayon hisoblanadi. Barcha rivojlangan yoki rivojlanib kelayotgan davlatlarning bojxona sohasidagi jahon miqyosidagi yetakchi tashkiloti bu - Jahon bojxona tashkiloti (matnda keying oʻrinlarda – JBT deb yuritiladi) hisoblanadi. Shu sababli mazkur maqolada JBT tajribasi asosida bojxonaga raqamli texnologiyalarni qoʻllash usullari haqida fikr yuritiladi. Jamiyatimizda texnologiyalar sohasidagi vaziyat shiddat bilan oʻzgarib borar ekan, jumladan, bulutli texnologiyalar, mobil texnologiyalar, axborotni tahlil qilish va boshqarishning ilgʻor vositalari kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha dolzarb tendensiyalarni hisobga olishimiz zarur. Chunki, ushbu texnologiyalarning har biri bojxona organlarining faoliyatiga alohida taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Umuman olganda, ular chegaradagi bojxona organlari, savdo operatorlari va boshqa idoralar oʻrtasida oʻzaro bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib, samaradorlikni oshiradi va natijada iqtisodiy oʻsishning
tezlashishiga olib keladi.
Shuning uchun ham, Jahon bojxona tashkiloti doirasida xalqaro savdo va bojxona faoliyatini tartibga solishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Shu sababli, JBT tomonidan 2016-
yil “Raqamli bojxona” (Digital Customs) yili deb eʼlon qilingani ham buni tasdiqlaydi.
Ushbu yoʻnalishda JBT tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bojxona sohasidagi raqamli transformatsiyaning asosiy qismini tashkil qiladi.
Bojxona sohasini raqamlashtirish bu – bojxona faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro savdoni yengillashtirish, kontrabanda va bojxona sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga xizmat qilib, bojxona maʼmuriyatchiligini
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini vositalari yordamida soddalashtirishga xizmat qiladi.
JBT tomonidan taklif qilingan “Raqamli bojxona”ning paydo boʻlishi, shuningdek,Internet-savdoning ortib borayotgan hajmlari va bunday tovarlarning harakatini bojxona nazoratiga muhtojligi bilan ham bogʻliqdir.
“Raqamli bojxona” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼlumotlar bazasi, bulutli texnologiyalaridan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) orqali olingan maʼlumotlarni, shuningdek, Internet, ommaviy
axborot vositalari va uyali aloqa tarmoqlari foydalanishni nazarda tutadi.
A.Yu.Kojankovning fikriga koʻra, “Elektron bojxona” – bu bojxona organlari
tomonidan tovar va transport vositalari haqida maʼlumotlar olish, savdoni yengillashtirish boʻyicha savdo operatorlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvlarini tezlashtirish maqsadida boshqa chegara idoralari bilan avtomatlashtirilgan maʼlumotlar almashinuvi uchun foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari majmuidir.
Shu bilan birga, raqamli bojxona faoliyatining maqsadi, bu tovarlarni yetkazib berish zanjirining global xavfsizligini taʼminlashdir. Raqamli bojxona doirasida samarali bojxona nazoratini amalga oshirish uchun AKTdan foydalangan
holda boshqa bojxona tarmoqlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, maʼlumotlar bazalarini tahlil qilish, telematika, bulutli texnologiyalar va global Internetdan foydalanish nazarda tutiladi.
Ammo shuni ham taʼkidlash joizki, bu tushunchalarning barchasini bojxona sohasiga joriy etishdan asosiy maqsad birinchidan iqtisodiy samaradorlik boʻlsa, ikkinchi tomondan global iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, globallashuv
jarayonlarini ragʻbatlantirish, qashshoqlikni kamaytirish va terroristik tahdidlariga qarshi kurashishni anglatadi.
Shuni taʼkidlash joizki, ushbu tushunchalarni bojxona ish faoliyatida joriy etilishining asosiy maqsadi va funksiyasi, bu yuqorida ham taʼkidlaganimizdek, global iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va xalqaro savdoni osonlashtirish,
bojxona maʼmuriyatchiligi faoliyati unumdorligini yaxshilash, bojxona va boshqa
qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, JBT tomonidan 2017-yilda raqamli bojxona mavzusini ishlab chiqishda “Chegaralarni samarali boshqarish uchun maʼlumotlarni tahlil qilish” shiorini taklif qildi.
JBT taklifiga koʻra, bojxona sohasida maʼlumotlarni tahlil qilish va oʻrganish
sohani modernizatsiya qilish hamda bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirilishida muhim ahamiyatga ega boʻladi. Shu sababli, bojxona xodimlarida chegara bojxona nazoratini yaxshilash uchun maʼlumotlarni tahlil qilish va IT vositalari imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha tegishli koʻnikmalarni rivojlantirish zarur hisoblanadi.
JBT Huquqni muhofaza qiluvchi bojxona tarmogʻi boʻlib, Tovarlarni chiqarish vaqtini oʻrganish, Import va eksportni solishtirish va tovarlar miqdori, vazni yoki qiymatidagi oʻzgarishlarni aniqlash uchun Davlat xizmati kodidan foydalanadi. JBTning bojxona tartib-qoidalarini takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha shartnomalar samaradorligini baholash boʻyicha koʻrsatmalari va maʼlumotlar yigʻishni yaxshilash va davlat idoralari oʻrtasida maʼlumotlar almashishni taʼminlash orqali maʼlumotlar tahlilini qoʻllab-quvvatlaydigan JBT maʼlumotlar modeli kabi vositalarini targʻib qilishni davom ettiradi.
Soʻnggi yillarda xalqaro savdoda tovarlar harakati bilan birga ular haqida toʻplangan maʼlumotlarning miqdori va ahamiyati oshdi. Bunday maʼlumotlarga ega boʻlish bojxona qoidalariga rioya qilish va xalqaro savdoni osonlashtirishga imkoniyat yaratib berdi.
Bojxona nazoratini takomillashtirish va bojxona organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yaxshilash uchun tovarlarni bojxona chegaralari orqali olib oʻtish boʻyicha koʻrsatilgan maʼlumotlarni tahlil qilish zarur.
Jahon Savdo Tashkiloti ekspertlarining fikriga koʻra, real vaqt rejimidagi maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyoj bojxona qoidabuzarliklarini aniqlash uchun koʻproq maʼlumotlarni oʻzgartirish imkoniyatini qamrab oladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) taraqqiyoti maʼlumotlarni toʻplashni osonlashtirdi, ammo bunday katta hajmdagi maʼlumotlar maxsus qayta ishlash va tahlildan oʻtkazilganda haqiqiy muammo yuzaga keldi.
Bojxona maʼmuriyatchiligida maʼlumotlarni faqat tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan deklaratsiyadan yoki boshqa bojxona xizmatlari va davlat organlari bilan maʼlumot almashish yoʻli bilan emas, balki ochiq manbalardan (ommaviy axborot vositalari, maʼlumotlar bazalari, kompaniyalarning rasmiy veb-saytlari, veb-saytlar, va boshqalar) ham olishlari kerak. Bu bojxona xodimlariga ustuvorlikni belgilash, qarorlar qabul qilish, ish faoliyatini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish va rioya qilish strategiyalarini ishlab chiqish, byudjetni rejalashtirish va prognozlash vazifalarini, shuningdek, kundalik operatsiyalarni hal qilishda yordam beradi.
Biz JBT tomonidan ishlab chiqilgan raqamli bojxona doirasida maʼlumotlarni
boshqarishning innovatsion modeli elementlarini tahlil qilar ekanmiz, tadqiqotni “Big Data” konsepsiyasi va tarkibi xususiyatlarini aniqlash bilan boshlash lozim deb hisoblaymiz.
Maʼlumotlarni boshqarishda “mos yozuvlar modeli” maʼlumotlarning quyidagi taʼrifini beradi: maʼlumotlar shaxs yoki avtomatik vosita ishtirokida uzatish, talqin qilish yoki qayta ishlash uchun mos boʻlgan rasmiylashtirilgan shaklda taqdim etilgan maʼlumotlardir.
Gartner tadqiqot va konsalting kompaniyasi katta bazani quyidagicha taʼriflaydi: “Katta baza – bu tushunish, qaror qabul qilish va jarayonni yaxshilaydigan maʼlumotlarni qayta ishlashning tejamkor va innovatsion shakllarini talab qiladigan yuqori samarali, yuqori tezlikda va/yoki yuqori darajadagi axborot resurslarining avtomatlashtirilganligidir”.
Soʻnggi yillarda mavjud axborotdan maksimalndaromad olish uchun yanada koʻproq imkoniyatlarnyaratadigan yangi vositalar paydo boʻldi. Bojxona maʼmuriyatlari tobora koʻproq maʼlumotlarni yigʻish va ehtimoliy tahlillarga murojaat qilmoqdalar, yaʼni tuzilmagan maʼlumotlarni tahlil qilish uchun ilgʻor algoritmlardan foydalanadigan maxsus kompyuter tizimlari yoki hatto kognitiv texnologiyalar yordamida noaniqnmaʼlumotlardan maʼno chiqarishga intilmoqda.
Tahlil va boshqa yangi texnologiyalar bilan birgalikda foydalaniladigan maʼlumotlar bizga tashkilot maqsadlariga erishish uchun yangi imkoniyatlar beradi. Muvaffaqiyatli kognitiv maʼlumotlarni tahlil qilish tashkilotining asosiy talabi maʼlumotlarni raqamlashtirishdir.
Agar maʼlumotlar kognitiv tizim tomonidan foydalanilmasa, uni samarali tahlil qilib boʻlmaydi. Shunday qilib, maʼlumotlar va jarayonlarni raqamlashtirish va maʼlumotlarni bulutga yoki boshqa qulay platformaga oʻtkazish maʼlumotlar tahlilidan foydalanishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy shartlaridan biridir.
Bundan tashqari, chegara idoralari umumiy maʼlumotlar (JBT maʼlumotlar modelidan foydalangan holda) boʻyicha kelishib olishlari va har qanday axborot texnologiyalari muammosini hal qilish uchun koʻnikmalarni rivojlantirishlari kerak. Bundan tashqari, bojxona maʼmuriyatlari aholining ushbu maʼlumotlardan foydalanish va ulardan foydalanishga ishonchini saqlash maqsadida shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi, tijorat, bank, soliq va boshqa turdagi sirlarga oid
qonunlarga rioya etilishini taʼminlashi zarur.Xulosa qilib shuni taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasida ham bugungi kunda Bojxona tizimi va faoliyati takomillashayotgan bir davrda yashirin maʼlumotlarni aniqlash uchun maʼlumotlar tahlili turli maʼlumotlar bazalariga (masalan, musodara qilingan maʼlumotlar bazalari, treyderlar maʼlumotlar bazalari, bojxona bahosi maʼlumotlar bazalari va boshqalar) kirish huquqiga ega boʻlishi kerak deb hisoblaymiz. Boshqacha qilib aytganda, bojxona maʼlumotlarini, shu jumladan tashqi maʼlumotlarni qidirib topish va tahlil qilishni avtomatlashtirish ham juda muhimdir. Bojxona maʼmuriyatlari ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, tegishli avtomatlashtirish siyosatini belgilash, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish uchun mutaxassislarni jalb qilish va maʼlumotlar asosida harakat qilish orqali maʼlumotlar tahlilini strategik ustuvor vazifaga aylantirishi kerak. Bojxona xodimlari ham maʼlumotlarni tahlil qilish va axborot texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan foydalanish uchun tegishli koʻnikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirishlari kerak. Albatta, maʼlumotlar tahlilidan foydalanishni ptimallashtirish uchun yuqori sifatli maʼlumotlarni oʻz vaqtida olish muhimdir. Bu aniq maʼlumotlarning oʻz vaqtida kelishini taʼminlash uchun biznes bilan hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 371,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin