Tarbiya mazmuni. Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o'zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Aqliy tarbiya yuksak ma'naviy va axloqiy sifatlarga ega shaxsni tarbiyalashda yetakchi o'rin tutadi.