Tarbiyaningto‘rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o‘rtasidagi bog’lanishning mavjudligi sanaladi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari bo‘lib, ular quyidagilar:
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish;
- shaxsning jamoada tarbiyalashga oid o‘rni;
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lishi va uning shaxsini hurmat qilish;
- tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)ning tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e’tibor.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko‘ra ish ko‘rilayotganligiga ham bog‘liq.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi;
tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi;