6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi. 16-20 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə24/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
6-10-KALITLAR

7-sinf Jahon tarixi. 16-20 mavzular



  1. O'rta asrlarda 600-700 kishini sig'dira oladigan mustahkam kemalar qaysi davlat hunarmandlariga tegishli edi?
    A) Xitoy B) Yaponiya C) Suriya D) Eron

  2. Kuchli savdo va harbiy dengiz flotiga ega bo‘lgan, Levant yo‘lida joylashgan davlatlarni aniqlang.
    A) Gollandiya va Britaniya B) Genuya va Florensiya
    C) Genuya va Venetsiya D) Florensiya va Venetsiya

  3. O‘rtayer dengizi bo'ylab joylashgan savdo manzilgohlari - faktoriyalar tizimini yaratgan savdogarlar qaysi davlatdan edilar? (O‘rta asrlar)
    A) Italiya B) Fransiya C) Ispaniya D) Vizantiya

  4. Yevropada dastlabki banklar qachon va qayerda paydo bo‘lgan?
    A) XV-XVI asrlarda Germaniyada
    B) XIV-XV asrlarda Angliyada
    C) XIV-XV asrlarda Italiyada
    D) XIII-XIV asrlarda Belgiyada

  5. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ko‘chma bozorlar ham tashkil qilingan bo‘lib, ularda…
    A) faqat qurol-yarog’ va qullar sotilgan
    B) asosan dasht ko'chmanchilarining chorva mahsulotlari keltirib sotilgan
    C) sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqiarning mahsulotiarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to'plangan
    D) yevropalik savdogarlar va ko‘chmanchilar o‘z mahsulotlarini sotish yoki ayriboshlash uchun to'plangan

  6. Quyidagi qaysi sayyoh mo’g’ullar istilosidan so’ng Pekindagi shoh saroyida yuksak lavozimni egallagan?
    A) rossiyalik Afanasiy Nikitin B) italiyalik Marko Polo
    C) arab geografi al-Ma`sudiy D) ispaniyalik Vasko da Gama

  7. G'arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda mavjud bo'Igan Levant savdo yo'li qanday ahamiyatga ega bo'Igan?
    A) Bu yo'l Sharqda bosqinchilik yurishlariga xizmat qilgan
    B) Bu yo'l Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya, Osiyo mamlakatlari bilan bog'lagan
    C) Bu yo'l Vizantiya orqali Yevropa va Sharq mahsuloti, buyumlari bilan Afrika xalqlarini ta’minlashga xizmat qilgan
    D) Bu yo'l Italiya, Germaniya, Shimoliy Fransiyani Kichik Osiyo, Pireney yarimoroli bilan bog'lagan

  8. Quyidagi qaysi shaharda 1409-yilda dastlabki birja vujudga kelgan?
    A) Venetsiyada B) Antverpenda C) Lionda D) Bruggeda

  9. O’rta asrlarda Osiyoning yirik shaharlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
    A) Marv, Shohruhiya, Moxendjo Daro
    B) Buxoro, Tokio, Memfis, O‘sh
    C) Chanan, Pekin, Dushanbe, Choch
    D) Loyan, Samarqand, Osaka, Dehli

  10. Osiyoda o'rta asr bozorlari shaharning qayerida joylashgan?
    A) shaharning sharqiy qismida B) shahar darvozasi yonida

C) shahar arki yonida D) shaharning rabod qismida

  1. Quyidagi qaysi hududning iqtisodiy qoloqligi, uzluksiz urushlar uning xomashyo,tuz,oltin,fil suyagi, ziravorlar, qisman qullar manbayiga aylanishiga sabab bo’ldi?
    A) Afrikaning B) Hindistonning
    C) Amerika qit’asining D) Arabiston yarim orolining

  2. Marko Polo sayohat qilgan o'lkalarni oradan qancha vaqt o’tib yevropaliklar o'z ko'zlari bilan ko‘rdilar?
    A) 4 asr B) 5 asr C) 2 asr D) 6 asr

  3. Levant savdo yo’lida qatnashmagan davlatni toping
    A) Fransiya janubi B) Italiya C) Ispaniya D) Germaniya

  4. Asosiy yo’llarga tosh yotqizish dastlab qaysi mamlakatda boshlangan?
    A) Fransiyada B) Inklar davlatida
    C) Germaniyada D) Angliyada

  5. O’rta asrlarda chet ellik savdogarlar Marvlik ustalarning qaysi mahsulotini yuqori baholagan?
    A) gazlamalarini B) qurol yarog’larini
    C) kulolchilik buyumlarini D) qog’ozlarini

  6. Yaponiyadagi o’rta asr shaharlari orasidan qaysi biri 1177-yili yong’in oqibatida butunlay yonib ketgan?
    A) Nara B) Xeyyan C) Sapayi D) Osaka

  7. Yevropadagi dastlabki birjalarning vujudga kelish ketma- ketligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni
    aniqlang
    A) Brugge, Antverpen, Lion
    B) Lion, Antverpen, Brugge
    C) Brugge, Lion, Antverpen
    D) Lion, Brugge, Antverpen

  8. O’rta asrlarda dastlab ishlab chiqarishning rivojiga xizmat qilgan sexlar qaysi asrlardan unga to‘sqinlik qila boshladilar?
    A) XI-XII asrlardan B) XV-XVI asrlardan
    C) XIV-XV asrlardan D) XVI-XVII asrlardan

  9. XVI asrda Pekin aholisi qancha bo’lgan?
    A) 200 ming kishi B) 300 ming kishi
    C) 1 milliondan ortiq kishi D) 1 million kishi

  10. O’rta asrlarda Rim papasi Innokentiy III Yevropadagi qaysi davlatlar qirollarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan?
    A) Ispaniya, Angliya, Germaniya B) Italiya, Ispaniya, Gollandiya
    C) Germaniya, Fransiya, Angliya D) Bolgariya, Daniya, Irlandiya

  11. Katolik cherkovi o‘z hukmronligining eng cho'qqisiga erishuvi qaysi Papa davriga to‘g‘ri keladi?
    A) Innokentiy II B) Innokentiy III
    C) Grigoriy IX D) Lev III

  12. Quddus deyarli 5 asrdan beri musulmonlar qo'lida edi. Mahalliy hukmdorlar va aholining ziyoratchilarga munosabati yomon bo‘lmasa-da, XI asr oxiridan boshlab xristianlar ziyoratlari tobora xavfli tadbirga aylanib borishining asosiy sababini toping.
    A) mog‘ullar tomonidan Arab xalifaligining bosib olinishi
    B) yarim asrdan buyon davom etib kelayotgan salib yurishlari
    C) Vizantiya tomonidan Kichik Osiyoning bosib olishi
    D) musulmon hukmdorlarining o‘zaro urushlari

  13. Konstantinopol shahriga asos solingandan keyin u ilk bor ... hujumidan so‘ng dushman o’ljasiga aylangan.
    A) salibchilar B) german qabilalari C) xunlar D) turklar

  14. Qaysi javobda katolik cherkovi bilan bog'liq tushunchalar ko'rsatilgan?
    1) indulgensiya; 2) ratusha; 3) interdikt; 4) renessans;

5) inkvizitsiya; 6) remonstratsiya; 7) autodafe.
A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 5, 6, 7

  1. Qaysi javobda quyidagi tarixiy atamalarning mazmuni to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
    1) selebat; 2) indulgensiya; 3) interdikt; 4) inkvizitsiya; 5) autodafe;
    a) din ishi; b) qidiruv; C) mamlakatda ibodat va marosimlarni vaqtinchalik to'xtatish;d) ”avf”-gunohlardan voz kechuvchi yorliq; e) xristianlikda ruhoniylarning uylanishini taqiqlash
    A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-a, 5-b
    C) 1-e, 2-a, 3-c, 4-d, 5-b D) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a

  2. Ispaniyada inkvizitsiya faoliyati keng tus olgan davrda mahkum etilganlarni gulxanda yondirilgan. Bu qatl jarayoni "autodafe" deb atalgan bo'lib, u qaysi tildan olingan va qanday ma'noni bildirgan?
    A) yunonchada "e'tiqod yoki din ishi"
    B) lotinchada "chin e'tiqod, dinga sadoqat"
    C) portugalchada "e'tiqod yoki din ishi"
    D) nemischada "e'tiqod yoki din ishi"

  3. Tarixiy xatolikni toping,
    A) 1095-yil papa Urban II salib yurishlariga davat qildi
    B) 1189-yilda Misr sultoni Salohiddin Quddusni tortib oldi
    C) 879-yilda Buyuk Alfred daniyaliklar bilan sulh tuzdi
    D) XI asrda Xitoyda shaharsozlik yuksak darajaga ko’tarilgan

  4. 1095-yilda Rim papasi Urban II Klermon shahrida qatnashgan aholi vakillariga qanday va`dalar bergan?
    1) halok bo’lganlar ruhi jannatga tushishini;
    2) ularga qo’lga kiritgan o’ljalarning taqsim qilinishini;
    3) ularning gunohlari kechirilishi kafolatlanishi;
    4) dehqonlarni qaramlikdan ozod bo’lishi;
    5) katta amallar taqsim qilinishi;
    A) 1,3 B) 1,2 C) 2,4, 5 D) 2,3,4,5

  5. Dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish maqsadida tuzilgan Ikkinchi ritsarlik ordenini aniqlang.
    A) Tevton ordeni B) Gospitalyer ordeni
    C) Ioannitlar ordeni D) Tampliyerlar ordeni

  6. Rim papalari bilan bog’liq bo’lgan voqealar mos tartibda belgilang.
    1) XII asr oxiridan papa … yangi salib yurishlarini tashkil eta boshladi; 2) papa … davrida inkvizitsiya o’z qudratining cho’qqisiga erishdi; 3) papa … franklar qiroli Karlga imperatorlik tojini kiydirdi; 4) qirol Otton I ga imperatorlik tojini kiydirdi;
    a) Lev III b) Grigoriy IX C) Ioann XII d) Innokentiy III
    A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
    C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-d, 4-c


Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin