6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi. 6-10 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə31/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
6-10-KALITLAR

8-sinf O’zbekiston tarixi. 6-10 mavzular
#1. Abdullaxon II davrida katta nufuzga ega bo’lgan Muhammad Islom va uning avlodlari o’zlarini kelib chiqishini kimlarga bog’lashgan.
+A) Ota tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomonidan Chingizxon va Jujiga
B) Ota tomonidan Chingizxon va Jujiga, ona tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga
C) Ota tomonidan Amir Temurga, ona tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga
D) Ota tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomonidan Somoniy hukmdorlar avlodlariga,
#2. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda shayxulislom lavozimida faoliyat ko’rsatgan shaxslar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Muhammad Islom va uning o’g’li Abusaid
B) Muhammad Hakim va uning o’g’li Abubakr Sa’d
+C) Muhammad Islom va uning o’g’li Abubakr Sa’d
D) Muhammad Islom va uning o’g’li Abulmakorim
#3. 1556 yilda Navruz Ahmadxon vafot etgach Abdullaxon darhol qaysi hududlarda o’z hukmronligini tikladi?
A) Karmana va Qarshida C) Miyonqol va Qarshida
B) Miyonqol va Shahrisabzda +D) Karmana va Shahrisabzda
#4. Abdullaxon II Buxoroni egallagach markaziy hokimiyatga buysunishni istamagan qaysi hududlarni qilich kuchi bilan buysundiradi?
1) Samarqand 2) Toshkent 3) Sayram 4) Turkiston 5) Farg’ona 6) Balx 7) Qarshi
A) 1,2,4,5,6,7 +B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,6,7 D) 2,3,4,5,6
#5. Abdullaxon II Buxoroda amalda hokimiyatni egallab, Rasman taxtga 1583 yilgacha kimlarni o’tkazgan?
+A) avval Pirmuhammad I ni, keyin Iskandarxonni
B) avval Iskandarxonni, keyin Pirmuhammad I ni
C) avval Suloymon Sultonni, keyin Pirmuhammad I ni
D) avval Iskandarxonni, keyin Suloymon sultonni
#6. Abdullaxon II Buxoroni rasman xon sifatida necha yil boshqargan?
A) 42 yil B) 37 +C) 15 D) 18
#7. Abdullaxon II qaysi hududlardagi markaziy hokimiyatga qarshi kutarilgan isyonni bostiradi?
A) Balx, Hirot, Mozandaron B) Balx, Chag’anyon, Mayamana
C) Hirot, Chag’aniyon, Badaxshon +D) Balx, Maymana, Badaxshon
#8. Abdullaxon II Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning qaysi qismini bosib oladi?
A) g’arbiy B) shimoliy +C) sharqiy D) janubiy
#9. Abdullaxon II davrida o’g’li Abdulmo’min qaysi viloyayatni boshqarardi?
+A) Balx B) Badaxshon C) Termiz D) Karmana
#10. Asraxan (Hojitarxon) xonligi qachon qayedra tashkil topgan?
A) XV asrning 20 yillarida, Volgabo’yi yerlarida
+B) XV asrning 30 yillarida, Volgabo’yi yerlarida
C) XV asrning 40 yillarida, Dashti Qipchoqda
D) XV asrning 20 yillarida, G’arbiy Sibirda
#11. Dinmuhammad kimning qo’shini bilan to’qnashuvda halok bo’ldi?
A) Qozoq hukmdori Tavakkal +B) Eron hukmdori Shoh Abbos
C) Xiva xoni Hoji Muhammad D) Boburiy hukmdor Akbarshoh
#12. Boqi Muhammad qachon Eron safaviylariga zarba berib, Balxni o’ziga bo’ysundiradi?
A) 1603 yilda B) 1601 yilda C) 1604 yilda +D) 1602 yilda
#13. Nodir Muhammad siyosatidan norozi amirlar tomonidan Abdulaziz xon etib ko’tarilgach Nodir Muhammad qaysi shaharga hokim etib tayinlanadi?
A) Badaxshon B) Qarshi +C) Balx D) Maymana
#14. 1649 yilda Abdulazizxon kimni Balx hokimi etib tayinlaydi?
+A) Nodir Muhammadni B) Suhonqullixonni
C) Siddiq Muhammadni D) Mahmudbiy otaliqni
#15. Subhonqullixon Mahmudbiy otaliqni Xiva xonligiga qarshi kurashida bergan yordami evaziga qanday taqdirlagan?
A) Badaxshon hokimligini topshirgan
B) saroydagi barcha otaliqlarni boshlig’i etib tayinlagan
C) Xiva xonligi Buxoroga buysundirilgach, unga o’zining vakili etib tayinlagan.
+D) Balx hokimligini topshirgan
#16. Ubaydullaxon II davrida soliq miqdori birdaniga necha baravarga oshirilgan?
A) 2 B) 3 +C) 4 D) 5
#17. Qaysi ashtarxoniy hukmdor davrida yirik yer egalari va jo’ybar shayxlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida, ularni soliq to’lamaslik imtiyozidan mahrum qiladi?
A) Abdulazizxon +B) Ubaydullaxon II
C) Abulfayzxon D) Subxonqullixon
#18. Farg’ona vodiysi qachon Buxoro xonligidan ajralib chiqdi?
A) 1702 yilda B) 1704 yilda +C) 1709 yilda D) 1710 yilda
#19. Qaysi ashtarxoniy hukmdor davrida tanhodorlarni o’z mulkidan keladigan daromadidan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko’paytirdi?
A) Abdulazizxon +B) Ubaydullaxon II
C) Abulfayzxon D) Subxonqullixon
#20. Abulfayzxon hukmronligi davrida qaysi hududlar amalda mustaqil bo’lib oldi?
1) Badaxshon 2) Samarqand 3) Qarshi 4) Farg’ona 5) Balx 6) Urgut 7) Miyonqol
+A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5,7 C) 1,2,3,5,6,7 D) 2,3,4,5,6
#21. XVI asr boshlarida Mavoraunnahr va Xorazmga Muhammad Shayboniyxonning bosqinchilik yurishlari natijasida Dashti Qipchoq o’zbeklaridan qancha kishi kirib kelgan?
A) 200-300 ming B) 300-400 ming
C) 400-500 ming +D) 500-600 ming
#22. Xvi asr boshlarida Buxoro xonligi aholisi ko’chib kelgan o’zbeklardan tashqari kimlardan iborat bo’lgan?
A) “Turk chig’atoy” va qoraqalpoqlardan B) Turkman va tojiklardan
+C) “Turk chig’atoy” va tojiklardan D) Turkman va qoraqalpoqlardan
#23. Manbalarda qachonga kelib Buxoro xonligi aholisi o’zbeklar va tojiklardan iboratligi qayd etilgan?
A) XVII asr boshlarida +B) XVII asr oxirlarida
C) XVI asr boshlarida D) XVI asr oxirlarida
#24. Buxoro xonligida qaysi amaldor nafaqat oddiy kishilarning, balki davlat amaldorlarining, hatto valiahdlarning ham hukmdorga qiladigan munosabatiga javobgar bo’lgan?
+A) Ko’kaldosh B) Dodhoh C) Xon yasovuli D) Otaliq
#25. Kuchkinjixon xonlik taxtiga o’tqazilgandan so’ng kim valiahd deb e’lon qilingan?
A) Ubaydullaxon B) Xo’ja Mahmud Sulton
C) Jonibek Sulton +D) Suyunchxojaxon
#26. Buxoro xonligida eng quyi boshqaruv bo’g’ini amlok deb atalib uni boshqaruvchisi – amlokdor kim tomonidan tayinlangan?
A) Xon +B) Tuman hokimi C) Viloyat hokimi D) Devonbegi
#27. Amlok boshqaruv ma’muriyati kimlardan iborat bo’lgan?
1) amlokdor 2) mirzo (kotib) 3) mirob 4) amin 5) oqsoqol 6) sadr 7) mutavalli
A) 1,3,5,7 B) 1,2,3,4,5,6,7 +C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5,6
#28. Shayboniylar davrida Buxoro xoniligi qo’shini tarkibiga ko’ra qanday qismlardan iborat bo’lgan?
A) Qalb, O’ng va Chap qanot
B) Qalb, o’ng va chap qanot, manglay (avangard)
+C) otliq va piyoda qo’shin
D) Qalb, o’ng va chap qanot, ilg’or, to’g’chi, hirovul
#29. Shayboniylar davrida Buxoro xoniligi qo’shini tuzulishiga ko’ra qanday qismlardan iborat bo’lgan?
1) qalb 2) o’ng va chap qanot 3) manglay (avangard) 4) ilg’or 5) manglay qorovul 6) tug’chi 7) hirovul 8) qanbul
A) 1,2,3,5,8 B) 1,3,5,7,8 C) 1,2,3,4,5,7,8 +D) 1,2,3,4,5,6,7
#30. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shinini asosini tashkil etgan markaziy qism – qalb qanday bo’linmalardan iborat bo’lgan?
+A) O’ng qanot (barong’or), chap qanot (javong’or), hirovul (orqa qism)
B) O’ng qanot (barong’or), chap qanot (javong’or), chanoh
C) O’ng qanot (barong’or), chap qanot (javong’or), manglay (avangard)
D) O’ng qanot (barong’or), chap qanot (javong’or), kata va kichik g’ullar
#31. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida uning eng oldida qanday ataluvchi qism brogan?
A) Manglay (avangard) +B) Ilg’or
C) Yasovul bo’linmasi D) qo’riqchi
#32. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida qaysi harbiy qismning asosiy vazifasi yo’lning xavfsizligini, pistirma qo’yilgan-qo’yilmaganligini aniqlash edi?
A) Manglay (avangard) +B) Ilg’or
C) Yasovul bo’linmasi D) qo’riqchi
#33. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida qaysi harbiy qism qo’shinning markaziy qismi – qalbni dushmanning bexosdan qilinadigan hujumidan saqlash vazifasini bajargan?
+A) Manglay (avangard) B) Ilg’or
C) Yasovul bo’linmasi D) Manglay qorovul
#34. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida umumiy qushinni qo’riqlab boorish qaysi qismga topshirilgan?
A) Manglay (avangard) B) Ilg’or
C) Yasovul bo’linmasi +D) Manglay qorovul
#35. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida oliy bosh qo’mondon (xon) va sarkardalarni himoya qilish qaysi qismga topshirilgan?
A) Chanoh B) Manglay qorovul
+C) Katta va kichik g’ullar D) Hirovul
#36. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida o’ng va chap qanotlarni qo’riqlovchi maxsus qism nima deb ataladi?
+A) Chanoh B) Manglay qorovul
C) Katta va kichik g’ullar D) Hirovul
#37. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida davlat bayrog’ini qo’riqlash qaysi qismga topshirilgan?
A) Xabargiri B) zabongiri +C) Tug’chi D) Chanoh
#38. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida dushman tomonidan asir olib kelish qaysi qismga topshirilgan?
A) xabargiri +B) zabongiri C) tug’chi D) chanoh
#39. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida razvedka bilan qaysi qism shug’ullangan?
+A) Xabargiri B) zabongiri C) Tug’chi D) Chanoh
#40. Shayboniylar davrida Buxoro xonligi qo’shini harbiy yurish vaqtida Oliy bosh qumondon uchun maxsus rasmiy qabul marosimi o’tkaziladigan joy tayyorlangan bo’lib, u nima deb ataladi?
A) dargoh B) xon o’tovi +C) borgoh D) chorbog’
#41. 1512 yilda G’ijduvonda shayboniylar va safaviylar o’rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo’shinining qalb, o’ng va chap qanotiga kimlar boshchilik qilgan?
A) Qalbga – Muhammad Temur sulton, O’ng qanotga – Ubaydulla sulton, Chap qanotga – Kuchkinjixonning o’gli Abu Said sulton
+B) Qalbga – Ubaydulla sulton, O’ng qanotga – Muhammad Temur sulton, Chap qanotga – Kuchkinjixonning o’gli Abu Said sulton
C) Qalbga – Muhammad Temur sulton, O’ng qanotga – Ubaydulla sulton, Chap qanotga – Jonibek Sulton
D) Qalbga – Ubaydulla sulton, O’ng qanotga – Jonibek sulton, Chap qanotga – Muhammad Temur Sulton
#42. Quyida berilganlardan shayboniylar davrida Buxoro xonligida tavochi mansabidagi shaxsning vazifalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
1) harbiy askarlarni to’plash
2) askarlarni harbiy yurishga tayyorlash
3) sarkardalarni mansabiga tayinlash va vazifasidan olish
4) qo’shinning moddiy ta’minoti uchun masu’l
5) Qoshinni qurol yarog’ bilan taminlash
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,3,5 +D) 1,2,4
#43. Quyida berilganlardan shayboniylar davrida Buxoro xonligida jevachi mansabidagi shaxsning vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A) askarlarni harbiy yurishga tayyorlash
B) sarkardalarni mansabiga tayinlash va vazifasidan olish
C) qo’shinning moddiy ta’minoti uchun masu’l
+D) Qoshinni qurol yarog’ bilan taminlash
#44. Quyida berilganlardan shayboniylar davrida Buxoro xonligida Oliy bosh qumondon va sarkardalarning alohida topshiriqlarini qaysi lavozim egasi bajargan?
A) Qurchi +B) Yasovul C) Jevachi D) Tavochi
#45. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida xon kim tomonidan qo’riqlangan?
+A) Qurchi B) Yasovul C) Jevachi D) Tavochi
#46. Shayboniylar davrida Buxoro xonligida harbiy qurolsozlik ustoxonasiga rahbarlik qilgan shaxs qanday atalgan?
A) Bosh jevachi B) Mirshabboshi
+C) Qo’rxona boshligi D) Yasovulboshi
#47. Shayboniylar davrida harbiy qo’shin askarlar soniga qarab bo’lingan bo’lib ularga kimlar boshchilik qilgan?
A) yuzboshi, mingboshi, tumanboshi
B) o’nboshi, yuzboshi, mingboshi, tumanboshi
C) ellikboshi, yuzboshi, mingboshi, tumanboshi
+D) o’nboshi, ellikboshi, yuzboshi, mingboshi
#48. Buxoro xonligi qo’shinida asosiy qurol nima hisoblangan?
A) Qilich B) Nayza +C) O’q va yoy D) cho’qmor
#49. Buxoro qo’shinida to’fang (miltiqni) doimiy ravishda qo’llash qachondan boshlangan?
A) XVI asr boshlaridan +B) XVI asr o’rtalaridan
C) XVI asr oxirlaridan D) XVII asr boshlaridan
#50. Buxoro xonligida qo’shinida dastlab foydalanilgan to’fangning stvoli misdan bo’lib, keyinchalik qaysi davlatning temir stvolli to’fanglari bilan almashtirilgan?
A) Rossiya B) Angliya C) Xitoy +D) Usmonli Turklar
#51. Buxoro xonligida butun XVII asrda otliq qo’shin uchun asosiy qurol nima hisoblangan?
A) Qilich B) Nayza +C) O’q va yoy D) to’fang
#52. Kejim nima?
+A) Harbiy yurish paytida otlarni o’qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga yopiladiga maxsus yopinchiq
B) Mudofaa quroli
C) Devorni buzishda foydalanadigan qurol
D) Tosh otuvchi qurol



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin