6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 16-20 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə33/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
6-10-KALITLAR

8-sinf O’zbekiston tarixi 16-20 mavzular
1. Buxoro amirligida qaysi lavozimga davlat maqomi berildi va davlat amiridan keying ikkinchi shaxsga aylandi?
A) Devonbegi B) Qo’shbegi C) Otaliq D) Naqib
2. Buxoro amirligi davrida saroyda 300 ga yaqin kata-kichik amaldorlar guruhi xizmat qilishgan bo’lib, ulardan qanchasi yuqori davlat lavozimlari hisoblangan?
A) 20 nafarga yaqin B) 40 nafarga yaqin
C) 30 nafarga yaqin D) 15 nafardan ziyod
3. Buxoro amirligida ma’muriy hududiy birliklarga sug’oriladigan yer asos qilib olingan bo’lib, quyida berilganlardan ma’muriy hududdiy birliklarning ularga berilgan ta’riflar bilan moslashtirib berilgan javobni toping.

1

Tuman

a

300 tanob va undan kam yeri bo’lgan hudud

2

Hazora

b

400 tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq

3

Nim hazora

c

10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq

4

Obikori

d

25 ming tanob sug’oriladigan yer

5

Qoriya

e

Bitta kata ariq bilan sug’oriladigan ellik ming tanob yer

6

Marza

f

Bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan yuz ming tanob yer

A) 1-f,2-e,3-d,4-c,5-b,6-a B) 1-a,2-b,3-c,4-d,5-e,6-f
C) 1-d,2-f,3-a,4-c,5-b,6-e D) 1-f,2-c,3-a,4-d,5-b,6-e
4. Buxoro amirligida qaysi mansab egasi Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan?
A) Devonbegi B) Qo’shbegi C) Mirzabioshi D) Naqib
5. Buxoro amirligida zakat masalasi bilan shug’ullangan qaysi lavozim egasini “quyi qushbegi” deb ham atashgan?
A)Devonbegi B) Qo’shbegi C) Mirzabioshi D) Naqib
6. Buxoro amirligida qaysi lavozim egasi Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug’orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bo’g’liq ishlarga mas’ul qilib qo’yilgan?
A) Qo’shbegi B) Mirobboshi C) Devonbegi D) Otaliq
7. Buxoro amirligida istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan qaysi lavozimdagi amaldor shug’ullangan?
A) Parvonachi B) Inoq C) Devonbegi D) Xon yasovili
8. 1842 yilda Amir Nasrullo Qo’qon xonligini ishg’ol etganda, u yerga noib etib tayinlangan Ibrohim mang’itning lavozimi nima bo’lgan?
A) Dodhoh B) Qo’shbegi C) Parvonachisi D) Inoq
9. Buxoro amirligida kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo’lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan kim sug’ullangan?
A) A) Dodhoh B) Qo’shbegi C) Parvonachi D) Bosh Inoq
10. Quyidagilardan Buxoro amirligida kichik inoq lavozimidagi amaldorning vakolatiga kiradigan vazifalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Chet mamlakat taqdim etgan hujjatlarni qabul qilgan
2) yangi lavozimga tayinlangan shaxslarga tayinlanganligi to’g’risidagi yorliqni yetkazgan
3) amir muhri uchun javobgar bo’lgan
4) amirga olib kelingan in’om va sovg’alarni qabul qilgan
A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,4
11. Quyidagilardan Buxoro amirligida to’qsoba lavozimidagi amaldorning vakolatiga kiradigan vazifalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Davlat bayrog’ini daxlsiz saqlanishini ta’minlash
2) Eng ishonchli shaxs sifatida davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish
3) harbiy lashkarboshi sifatida faoliyat ko’rsatgan
4) amir muhri uchun javobgar bo’lgan
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2 D) 3,4
12. Buxoro amirligi mavjud bo’lgan quyidagi mansablarning ularga berilgan ta’riflar bilan to’g’ri muvofiqlashtirib ko’rsatilgan javobni toping.

1

Qutvol

a

Davlat hisobidan amalga oshiraladigan qurulish ishlariga mas’ul amaldor

2

Qorovulbegi

b

Chet mamlakatlar elchilarini qabul qilinishini tashkil etuvchi

3

Miroxur

c

Shahar va yo’llar posboni

4

Shig’ovul

d

Amir otxonasi boshlig’i

A) 1-c,2-a,3-b,4-d B) 1-a,2-c,3-d,4-b
C) 1-d,2-c,3-b,4-a D) 1-a,2-b,3-c,4-d
13. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlardan qaysi biri boquvchisining yuqotganning, beva-bechoralarning haq-huquqlarini nechog’lik himoya qilinayotganlik ustidan nazorat olib borgan?
A) Shayxulislom B) Muxtasib C) Muftiy D) Qozikalon
14. Quyidagilardan Buxoro amirligida muxtasib (rais) lavozimidagi amaldorning vakolatiga kiradigan vazifalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) bozorda qalloblik, sifatsiz mahsulotlar sotilishiga yo’lqo’ymaslik
2) og’irlik va uzunlik ulchovlarning to’g’riligini nazorat qilish
3) aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib boorish
4) malakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilish
5) Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga qarshi choralar ko’rish
6) Sudxo’rlikka qarshi choralar ko’rish
7) Masjidlarga borib, namoz o’quvchilar ro’yxatini tekshirish
8) boquvchisining yuqotganning, beva-bechoralarning haq-huquqlarini nechog’lik himoya qilinayotganlik ustidan nazorat olib borish
A) 1,2,3,5,6,7 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4,5,6,7,8 D) 1,3,5,7
15. Quyidagilardan qaysi biri tarixiy haqiqatga to’g’ri kelmaydi?
A) Amir Nasrullo tuzgan muntazam qo’shinda sarbozlar 800 kishilardan, to’pchilar qo’shini 250 kishidan kishuidan iborat qilib tuzildi
B) Muntazam qo’shin uchun maxsus kiyim-bosh jariy qilingan bo’lib, u har 3 yilda almashtirilgan
C) Amir Nasrullo davrida Buxoro chetida 800 uydan iborat “Sarbozxona” deb atalgan manzilgoh qurildi
D) Buxoro amirligida oliy bosh qumondon to’pchiboshi deb atalgan
16. Buxoro amirligida quyidagi lavozimlardan qaysi biri zaruriyat taqozo etganda bir necha pol sardori maqomida harbiy harakatlarga jalb qilingan?
A) Parvonachi B) Inoq C) Naqib D) Dodhoh
17. Buxoro mairligida to’plarning sozligi qaysi millat mutaxassislari nazoratida bo’lgan?
A) Rus va ingliz B) Rus va afg’on
C) Rus va fors D) Hind va afg’on
18. Buxoro amirligida qishloq xojaligida aholining …. foizi band bo’lib, sug’oriladigan yerlarning ….foiziga paxta ekilgan.
A) 90/75 B) 85/70 C) 90/60 D) 80/70
19. XIX asrda Buxoro amirligi tarkibiga kirgan hududlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo viloyati 2) Tojikistonning Panjakent, Hisor vodiysi 3) Xojand va Oratepa viloyatlari 4) Darboz, Qorategin, Ko’lob viloyatlari 5) Hozirgi Afg’onistonning bir qismi 6) Turkmanistonning Murg’ob daryosigacha bo’lgan qismi 7) Qozog’istonning Turkistonigacha bo’lgan yerlar 8) Zarafshon daryosibning yuqori oqimidagi hududlar
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,6,8 C) 1,2,3,4,7,8 D) 1,2,3,5,6,7,8
20. Buxoro amirligida eng kichik tanho yeri qanchani tashkil etgan?
A) 30-65 tanob (3-5 gektar) C) 36-60 tanob (3-5 gektar)
B) 25-50 tanob (2-5 gektar) D) 40-65 tanob (5-8 gektar)
21. Buxoro amirligida xiroj solig’ining miqdori to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1/3 B) 2/4 C) 1/5 D) 2/5
22. XIX asrda Buxoro shahriga … ta darvoza orqali kirilgan. Shaharda …. ga yaqin aholi yashagan. Shuningdek, shaharda …dan ortiq madrasa, …dan artiq masjid, …ta karvonsaroy bor edi.
A) 6/ 25 ming / 100 / 300 / 48 B) 12/ 60 ming/ 100/ 300/ 38
C) 10/ 60 ming / 300/ 100 / 38 D) 12 / 50 ming / 100 /200 / 30
23. XIX asrda tuqimachilik sohasida tuq qizil baxmallari bilan mashhur bulgan shaharda qancha aholi yashagan?
A) 25-30 ming B) 60 ming C) 30-40 ming D) 50 ming
24. Quyidagilardan Buxoro amirligi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari tog’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) O’rta Osiyo mavjud bo’lgan uch o’zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo’lish va qulay imkoniyat tug’ilhanda ularni bo’ysundirish
2) Xurosonda mustahkam o’rnashib olish
3) Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish
4) O’rta Osiyodagi barcha musulmonlarning amiri sifatida Musulmonlarning Astraxan orqali Makkaga haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turish.
5) Angliya – Rossiya raqobatidan foydalanib, Afg’onistonni to’liq buysundirish
A) 1,2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 2,3,4,5
25. Quyida berilgan qaysi bir Buxoro amirligi elchisiga ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga qo’shgan hissasi uchun Rossiya imperatori Yekaterina II Buxoroda madrasa qurishiga mablag’ ajratgan?
A) Qullibek B) Polvonqulli C) Muhammadxo’ja D) Ernazarbiy
26. Amir Haydar yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga qanday talablarni qo’ygan?
1) Ural daryosining Osiyo qit’asidan o’tadigan qismidan amirlik savdogarlariga haq to’lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish
2) Buxoro tavarlaridan olinadigan boj tulovlarini kamaytirish
3) Buxoroga po’lat sotish
4) tog’-kon ishlari olib boorish uchun mutaxassislar yuborish
5) savdo karvonlari talanishiga yo’l qo’ymaslik
6) amirlikka zambarak qurollarini sotish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6
27. Amir Nasrullo yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga qanday talablarni qo’ygan?
1) Ural daryosining Osiyo qit’asidan o’tadigan qismidan amirlik savdogarlariga haq to’lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish
2) Buxoro tavarlaridan olinadigan boj tulovlarini kamaytirish
3) Buxoroga po’lat sotish
4) tog’-kon ishlari olib boorish uchun mutaxassislar yuborish
5) savdo karvonlari talanishiga yo’l qo’ymaslik
6) amirlikka zambarak qurollarini sotish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3 D) 4,5,6
28. Rossiya tomonidan amirlikka yuborilgan qaysi elchilik Buxoro amirligining mustaqil davlat maqomidagi oxirgi elchilik bo’ldi?
A) Florio Benevini B) Ivan Xoxlov C) Krilov D) Ignatiyev
29. Buxoro amirligidan Rossiyaga yuborilgan qaysi elchilikka Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi sabab bo’lgan?
A) Qullibek B) Polvonquli C) Muhammadxo’ja D) Ernazarbiy
30. Rossiyada Buxoroga har yili faqat to’qimachilik sanoatidan qancha rublli tavar eksport qilingan?
A) 1,5 million B) 2,5 million C) 2 million D) 3,3 million



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin