6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 26-32 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə44/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
6-10-KALITLAR

8-sinf Jahon tarixi 26-32 mavzular
1. Quyidagilardan «Hindiston ishlari bo'yicha nazorat kengashi» vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Hindiston bilan savdo aloqalarini boshqarib boorish
B) Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab berish
C) Hindistonni iqtisodiyotini nazorat qilish
D) Hindiston bilan qo’shni davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni nazorat qilish
2. Quyida nomlari keltirilgan tarixiy shaxslar amalga oshirgan islohotlar to'g ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) Tokugava Iayasi; 2) Qirol Yonchjon; 3) imperator Kasa; 4) Yosimune Tokugava; 5) imperator Musixito.
a) yerni sotish, sotib olish yoki garovga qo'yishni ta'qiqlovchi qonun; b) poytaxtni ko’chirdi, c) guruchdan spirtli ichimlik tayyorlashni man qilish; d) yirik feodallarning oʻz qoʻshiniga ega boʻlish huquqini bekor qilish; e) umumiy harbiy majburiyatni joriy qilish.
A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c, 5-e B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-e, 5-a
C) 1-e, 2-a, 3-d, 4-c, 5-b D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e
3. Hindistonda sipohiylar qo’zg’oloni bostirilgach, ingliz mustamlakachilari qanday islohatlar o’tkazishga majbur bo’lganlar?
1) yer egalarining soliqlarni oshirishi taqiqlab qo’yildi; 2) qo’zg’olonni bostirgandan keyin xarajatlarni qoplash uchun yangi soliqlar joriy etildi; 3) mahalliy knyazlarning o’z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi; 4) ”Ost-Indiya” kompaniyasi tugatildi; 5) Hindistonda soliq tartibi va qishloq xo’jaligi nazorati Buyuk Britaniya ma’murlari qo’lidan ketdi.
A) 3,4,5 B) 1,3,4 C) 2,4,5 D) 1,2,5
4. 1842 yilda Buyuk Britaniyaning qaysi davlatlar bilan olib borayotgan urushi yakuniga yetdi?
A) Xitoy va Hindiston B) Xitoy va Turkiya
C) Turkiya va Eron D) Xitoy va Afg’oniston
5. Qaysi davrga kelib mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqeyiga ega bo'lib oldi?
A) XIX asrning 30-yillariga kelib
B) XIX asrning 70-yillariga kelib
C) XIX asrning 40-yillariga kelib
D) XIX asrning 60-yillariga kelib
6. 1856-yilda imzolangan qaysi shartnoma Turkiya ustidan amalda G‘arb davlatlarining “homiyligini” o‘rnatdi?
A) Parij tinchlik shartnomasi B) Andrianopol shartnomasi
C) Sevr shartnomasi D) London shartnomasi
7. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda Usmoniylar imperiyasida aholining .. . boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning quli hisoblangan.
A) ruhoniylardan B) vazirlardan
C) savdogarlardan D) o‘qituvchilardan
8. Taypinlar qo‘zg‘oloni necha yil davom etgan?
A) 10 yil B) 14 yil C) 11 yil D) 13 yil
9. XIX asrning o‘rtalarida qaysi davlatning ichki vaziyatidan kelib chiqib, missionerlardan biri o‘z yashirin xabarida “Kichik bir uchqun shunday yong‘in keltirib chiqarishi mumkinki, uning oqibatlarini hatto hisobga olib ham bo'lmaydi” deb yozgan?
A) Usmoniy turklar B) Koreya C) Yaponiya D) Xitoy
10. XIX asr o'rtalarigacha Afrikaning qaysi hududlari qul savdosining eng muhim bazalari edi?
A) Nigeriya va Sudan B) Gana va Mali
C) Liberiya va Efiopiya D) Angola va Mozambik
11. Misrda XVIII-XIX asrlar chegarasida mamlakatga bostirib kirgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo‘shiniga qarshi mahalliy aholi bilan birgalikda kurashda qatnashgan mamluk jangchilari haqidagi ma'lumotlardan to‘g‘risini toping.
A) Afrikadagi nemis, fransuz va portugallarning avlodlari
B) Afrikaga Yevropa va Amerika davlatlaridan kelgan ko‘ngilli jangchilar
C) qullikka olingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi
D) Sahroyi Kabir ko‘chmanchilaridan tuzilgan jangchilar
12. Afrika tarixiga doir quyidagi tarixiy ma'lumotlarning qaysilari bir yilda sodir bo‘lgan?
1) Jazoirliklar yo'lboshchisi Abdulqodir qo'shinining fransuzlar tomonidan qurshab olinishi va Abdulqodirning jangda halok bo'lishi;
2) Qora tanli ozodlikka erishgan sobiq qullarning Liberiya ozod davlati tuzilganligini e'lon qilinishi;
3) Kasa Efiopiyani yagona davlatga birlashtirib, o‘zini imperator deb e’lon qilishi;
4) Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag'darilishi;
5) AQSh da mustaqillikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakatining boshlanishi.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 3, 5
13. Yevropaning kuchli mustamlakachi davlatlari tomonidan afrikaliklarni qullikka sotish qachongacha davom etgan?
A) XX asr boshlarigacha B) XIX asr boshlarigacha
C) XIX asr o‘rtalarigacha D) XVIII asr o'rtalarigacha
14. Buyuk Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish yo'lidagi birinchi qadam bo‘lgan omilni aniqlang.
A) Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o'rtasida 1857-yilda tuzilgan harbiy shartnoma
B) Hindistonni mustamlakaga aylantirilishi va inglizlarning Afg‘oniston chegaralarida chiqishi
C) 1855-yilda imzolangan ingliz-afg‘on do'stlik shartnomasi
D) Afg'oniston masalasida Buyuk Britaniya-Rossiya bitimining imzolanishi
15. XIX asrning boshlariga kelib, Eron xalqaro siyosatda muhim o!rin tuta boshladi, bunga sabab nima edi?
A) Buyuk Britaniyaning Hindistonni egallashga urinayotgani va Fransiyaning sharq masalasida Buyuk Britaniya bilan o‘zaro kelishuvlari, Rossiyaning Afg‘onistondagi harakatlari
B) Germaniyaning Osiyoda o‘z yerlari bo'lishi uchun da'vo qilayotgani, Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonga da'vosi, Rossiyaning Eron bilan qiziqa boshlashi
C) Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning Sharq masalasida kelishmovchiliklari, Rossiyaning Afg‘oniston masalasida Eronga murojaat etishi va xalqaro qulay vaziyat
D) Buyuk Britaniya va Fransiyaning sharqda hukmronlikni o‘z qo‘llariga olish uchun boshlagan kurashlari hamda Rossiyaning Kavkazni qo'lga kiritishga urinayotgani
16. XIX asrlarda Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan xalqlar ham bo‘lib ular, asosan, qanday mahsulot yetishtirganlar?
1) paxta; 2) qahva; 3) yeryong'oq; 4) zig‘ir; 5) kakao; 6) kauchuk
A) 1, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 3, 4, 5
17. XIX asrning o'rtalarida Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o'rtasida ingliz-afg'on do‘stlik shartnomasi va bundan ikki yil o‘tib mazkur davlatlar o‘rtasida harbiy shartnoma imzolangan edi. Shu vaqtda Afg'oniston hukmdori kim edi?
A) Mir Mahmudxon B) Do'st Muhammadxon
C) Shuju D) Fathxon
18. Eronliklarga qarshi Qandahorga ko'tarilgan (1709-yil) qo'zg'olonga boshchilik qilgan Mir Vaysxon qaysi qabila xoni edi?
A) gilzoiy B) sur C) abdali D) barakzay
19. Afg'onistonda Durroniylar sulolasi hukmronligi zaiflashuviga olib kelgan omillarni aniqlang.
1) markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslik harakati; 2) shahzodalar o'rtasidagi kurash; 3) Angliya tazyiqining kuchayishi; 4) bosib olingan o'lkalardagi xalq qo'zg'olonlari; 5) Eron bilan o'zaro nizolar
A) 1, 5 B) 2, 3 C) 2,4 D) 1, 4
20. 1854-yilda “Tinchlik va do'stlik to‘g'risida”gi shartnoma qaysi davlatlar o'rtasida imzolangan?
A) Afg'oniston va Eron B) Xitoy va Buyuk Britaniya
C) Buyuk Britaniya va Hindiston D) AQSH va Yaponiya
21. "Taypin-tyango" daylatida harbiy qismlar hududlarga joylashtilgan bo'lib, ushbu hududlarda davlat hokimiyati kim tomonidan amalga oshirilgan?
A) viloyat noibi B) mahalliy oqsoqollar
C) harbiy qism boshlig'i D) imperator noibi
22. XIX asr boshida Afg‘onistonda davlatning bosh vaziri lavozimini egallagan shaxs kim va qaysi qabilaga mansub edi?
A) Zamonshoh, durraniy qabilasi
B) Mir Vaysxon, gilza qabilasi
C) Do'st Muhammadxon, barakzaylar qabilasi
D) Fathxon, barakzaylar qabilasi
23. Quyidagilardan qaysi biri taypinlar qo’zg’alonini mag’lubiyatga uchrashi sabbalariga kirmaydi?
A) Taypinlar davlatida yerni oilaga oila a ’zolari soniga qarab teng bo lib berish haqidagi rejalari qo‘zg‘olonda ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarni qo‘zg‘olondan uzoqlashtirdi.
B) Yer ololmagan dehqonlar esa umidsizlikka tusha boshladilar.
C) Uzoq davom etganligi dehqonlarni holdan toydirdi
D) Hukumatga qo’zg’alonni bostirishda Buyuk Britaniya, Fransiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari yordam ko‘rsatdilar.
24. 1854 yili AQSH bilan Yaponiya o ‘rtasida «Tinchlik va do’stlik to’g’risida»gi Shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra…
1) Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi 2) AQSH konsulini qabul qildi 3) AQSH fuqarolariga eksterritoriallik huquqi berildi 4) AQSH uchun Yaponiya bozorida to’qimachilik mahsulotlarini bojsiz sotish huquqi berildi
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3
25. Yaponiyada syogun hokimiyatini ag‘darish uchun ommaviy harakatning asosiy kuchini samuraylar tashkil etgan bo’lib, ularga kimlar qo’shilgan?
1) qishloq va shaharlarning boy tabaqalari 2) qishloq va shaharlarning o’rta tabaqalari 3) qishloq va shaharlarning kambag’al tabaqalari 4) quyi tabaqadagi ruhoniylar 5) ziyolilarning ilg’or qismi
A) 1,3 B) 1,2 C) 1,2,5 D) 1,2,3,4
26. Koreyada Li hukmron sulolasiga qarshi boy zamindor Xon Gyon Ne boshchiligidagi eng yirik qurolli qo‘zg‘olon qachon bo‘lib o ‘tgan?
A) XIX asr o’rtalarida B) XVIII asr oxirida
C) XIX asr boshlarida D) XIX asr oxirida
27. “Xalqlar jangi” deb nom olgan jang bo’lib o’tgan yili Koreya tarixida qanday voqea sodir bo’lgan
A) Jejudo orolida dehqonlar va baliqchilarning qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tgan
B) Rim papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e ’lon qildi
C) Koreya qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lgan kema Buyuk Britaniya nomidan savdo munosabatlari o‘rnatishni taklif qildi
D) Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan Koreya taxtiga o‘tqazildi
28. Quyidagi hukmdorlardan qaysilari 12 yoshida taxtga o’tirgan?
1) Z.M.Bobur 2) Ivan IV (Grozniy) 3) Xudoyorxon 4) Mirzo Ulug’bek 5) Li Szi Xvan
A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 1,5 D) 4,5
29. Li Szi Xvan nomidan vaqtincha hokimiyatni boshqargan tevongun (hokim ) bo’lgan otasi Li Xa In Koreyada qanday islohotlarni amalga oshirdi?
1) eng muhim davlat lavozimlariga o’z odamlarini qo’yib olgan noron (oqsoqollar) asilzodalar partiyasining zo'ravonligiga chek qo'ydi. 2) dvoryan bo’lmaganlar — savdogarlar, o'ziga to 'q mayda yer egalarining ayrim vakillariga davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi 3) Oddiy kishilar to‘laydigan harbiy soliq barcha qatlamlar majburiy uy boshi solig‘i bilan almashtirildi 4) aslzodalar va oddiy xalqni «tenglashtirish» maqsadida xalq uchun qora rangli oyoq kiyim kiyishni taqiqladi. 5) Budda ibodatxonasi bo’lgan Pulgugsani qurdirdi 6) XVI asrda yaponlar bosqini davrida yonib ketgan Kyonbokkun saroyini tikladi 7) harbiy xizmat uchun har bir xonodondan bir nafar kishi yuborilishi belgilab qo’yildi.
A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7
30. Quyidagi qo’zg’alonlarning ular boshlangan sanasiga qarab, to’g’ri xronologik tartibda berilgan javobni toping.
1) Taypinlar 2) Sipohiylar 3) Bobiylar
A) 3,1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,2 D) 3,2,1

Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin