8-SINF JAHON TARIXI SINOV TEST Ingliz – afg’on do’stlik shartnomasi imzolangan yili quyidagi qaysi hukmdoning hukmronlik yili boshlanadi?
A) Nikolay I B) Kasa C) Napolion III D) Fridrix II
Quyidagi berilgan voqealar orasidan boshqalariga nisbatan keyinroq sodir bo'lganini toping.
A) Angliya taxtida turgan oranyelarning oxirgi vakili vafot etdi
B) Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun tashkil etildi
C) “Qonunlarning buyuk to’plami” qabul qilindi
D) Tunis Turklar tomonidan bosib olindi
Viloyatlari beklarbegi tomonidan boshqariladigan davlat tarixida 1857 yil qaysi davlat bilan shartnomani imzolagan?
Buyuk Britaniya B) Rossiya C) Fransiya D) AQSh
Quyidagilarda qaysi biri Yasumuni Tokugava tomonidan amalga oshirilmagan?
A) qo’riq yerlarni o’zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilarni rag’batlantirish siyosati yuritildi
B) yerni sotish , sotib olish hamda garovga qo’yishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi
C) Sug;orish inshoatlari tizimini takomillashtirdi
D) “100 moddali farmon” deb ataluvchi qonunlar to’plami qabul qilindi
Quyidagi voqealarning qaysi biri Koreya qirg’oqlari yaqinida paydo bo’lgan kema Buyuk Britaniya nomidan savdo munosabatlari o’rnatishni taklif qilgan yili sodir bo’lgan ?
A) Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga o’tqazildi
B) Buyuk Britaniyada Birinchi parlament islohoti bo’lib o’tdi
C) Jejudo dehqonlar va baliqchilarning qo’zg’aloni bo’lib o’tdi
D) Fransiya “Iyul manarxiyasi” o’rnatildi
Li Szi Xvan nomidan vaqtincha hokimiyatni boshqargan tevongun (hokim ) bo’lgan otasi Li Xa In Koreyada qanday islohotlarni amalga oshirdi?
1) eng muhim davlat lavozimlariga o’z odamlarini qo’yib olgan noron (oqsoqollar) asilzodalar partiyasining zo'ravonligiga chek qo'ydi. 2) dvoryan bo’lmaganlar — savdogarlar, o'ziga to 'q mayda yer egalarining ayrim vakillariga davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi 3) Oddiy kishilar to‘laydigan harbiy soliq barcha qatlamlar majburiy uy boshi solig‘i bilan almashtirildi 4) aslzodalar va oddiy xalqni «tenglashtirish» maqsadida xalq uchun qora rangli oyoq kiyim kiyishni taqiqladi. 5) Budda ibodatxonasi bo’lgan Pulgugsani qurdirdi 6) XVI asrda yaponlar bosqini davrida yonib ketgan Kyonbokkun saroyini tikladi 7) harbiy xizmat uchun har bir xonodondan bir nafar kishi yuborilishi belgilab qo’yildi.
A) 1,2,3,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7
XIX asrning birinchi yarmida 9 yoshdan kichik bo’lgan bolalarning mehnati taqiqlangan davlat 1856 yili qaysi davlatlar bilan urush holatida bo’lgan?
A) Eron va Xitoy B) Hindiston va Turkiya
C) Rossiya va Afg’oniston D) Eron va Afg’oniston
Quyidagi qaysi hukmdor davrida davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo’lganlar egallashi tartibiga chek qo‘yildi?
A) Ivan IV B) Akbarshoh
C) Yosumuni Tokugava D) Qirol Yanchjon
1555-yilda sodir bo'lgan voqeani belgilang.
1) Yelizavetta I hukmronligi boshlandi
2) Humoyun Hindistonni o‘z qo‘liga qaytarib oldi 3) “Moskva savdo kompaniyasi” tashkil etildi 4) Germaniya Usmonli turklar ustidan Vena ostonasida g’alaba qozondi 5) Usmonli Turklar Liviyani bosib oldi
A) 2,3,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3 D) 2,5
Quyidagi qaysi asarlarning ularga berilgan ta’rif bilan muvofiqlashtirib berilgan javobni toping
1) insonning o’z g’oyalari uchun kurashi buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan Ma’rifat asrining mohiyatini ochib beradi
2) odamlarni qutqarish uchun o’zini qurbon qilgan qahromon dramasi
3) Hayot va o’lim, insonning bu dunyodagi qismati haqidagi asar
4) mehnat, aniq insoniy fikr, trishqoqlik va jasorat madhiyasi bo’lib qoldi.
a) “Robinzon Kruzoning hayoti va g’aroyib sarguzashtlari”
b) “Rekviyem(Sokinlik)” c) “Matfey bayon etgan buyuk musiobat” d) “Faust”
1-a,2-b,3-c,4-d B) 1-a,2-c,3-b,4-d
C) 1-d,2-c,3-b,4-a D) 1-d,2-a,3-b,4-c
Qaysi Angliya qiroli davrida faol tashqi siyosat natijasida bo’lg’usi Biritaniya mustamlakachilik imperiyasining asoslari yaratildi?
A) Yakov I B) Karl I C) Karl II D) Yakob II
V.Motsart nechanchi yili Italiyada eng obro’li musiqa akademiyasining a’zosi etib saylandi?
1770 yil B) 1768 yil C) 1776 yil D) 1774 yil
Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida qabul qilingan “Inson va Fuqaro huquqlari Deklaratsryasi”da nimalar belgilab qo'yilgan edi?
1) soliqlar va to‘lovlar bekor qilindi; 2) Xususiy mulk daxlsiz deb e’lon qilindi; 3) feodal va toifa imtiyozlari bekor qilindi; 4) Fransiyada respublika tuzimini mustahkamladi; 5) so‘z, matbuot erkinligi e'lon qilindi; 6) xususiy mulk davlat mulki e'lon qilindi; 7) qirolning huquqlari cheklandi
A) 1,2,5 B) 2, 4, 6 C) 2,5 D) 1,3,5,6
1795-yilda Fransiya Konventi qabul qilgan Konstitutsiya qanday o'zgarishlarni amalga oshirdi?
1) Respublika tuzumini mustahkamlandi; 2) Umumiy saylov huquqini bekor qildi; 3) inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniyligini tasdiqladi; 4) qonunchilik hokimiyati ikki palatadan - Beshyuzlar kengashi va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasiga berildi; 5) Ijro hokimiyati Oqsoqollar kengashi tayinlaydigan bcsh kishidan iborat dircktoriyaga topshirildi.; 6) Mamlakatda yagona konsullik lavozimi joriy etildi
A) 1,2,4,6 B) 1,3,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,4,5
Quyidagi voqealardan qaysi biri Hindistonda Sur sulolasi taxtda bo’lgan yillarga to’g’ri kelmaydi?
Rossiyada birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishi - Zemstvo sobori chaqirildi
Quyidagi san’at asarlaridan qaysilari Injildagi rivoyatlar asosida yaratilgan?
1) “Mona Liza” 2) “Sikstin Madonnasi” 3) “Qiyin taklif” 4) “Adashgan o’g’ilning qaytishi” 5) “David”
1,4,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3,4,5 D) 4,5
Nikita Muravyov Xiva xonligiga maxsus ekspeditsiyaga bosh qilib yuborilgandan necha yil o’tib vafot etgan?
A) 6 yil B) 7 yil C) 8 yil D) 10 yil
Quyidagi davlatlardan qaysi birida XVIII asrdan boshlab matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari tashkil etila boshlagan?
A) Buyuk Britaniya B) AQSh C) Rossiya D) Xitoy
Qaysi davrga kelib Chin imperiyasining istilochilik qudrati zaiflashdi?
A) XVIII asr o‘rtalarida C) XVIII asr oxirida
B) XVIII asr boshlarida D) XVII asr o‘rtalarida
Manjurlarning Chin sulolasi XVII - XVIII asrlarda olib borgan bosqinchilik siyosati natijasida qaysi hudud chinlarga vassallikni tan oldi?
Mug’uluston B) Qashqar C) Vyetnam D) Birma
Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qoldish huquqini qo’lga kiritganidan necha yil o’tib, Tutrkiya ustidan amalda g’arb davlatlarining “homiyligi” o’rnatildi?
A) 10 yil B) 2 yil C) 22 yil D) 16 yil
Quyidagi voqealardan qaysi biri Iyul manarxiyasi hukm surgan davrda bo’lib o’tgan?
A) Buyuk Britaniya va Eron o'rtasida Parijda sulh shartnomasi imzolandi.
B) Peru mustaqillikka erishdi
C) Kasa Efiopiya imperatori deb e'lon qilindi.
D) Londonda “Umumiy saylov huquqqi uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi tashkil etildi”.
Qaysi davrga kelib mustamlakachi davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqeyiga ega bo'lib oldi?
A) XIX asrning 30-yillariga kelib
B) XIX asrning 70-yillariga kelib
C) XIX asrning 40-yillariga kelib
D) XIX asrning 60-yillariga kelib
Quyidagi voqealardan qaysi biri qirol Yongjo hukmronlik qilgan yillar oralig’ida yuz bermagan?
Zend qabilalari Eronda hokimiyat tepasiga keladi
Moskva davlat universitetiga asos solindi
“Qonunlarning buyuk to’plami” qabul qilindi
Durroniylar sulolasi hukmronligi boshlandi
Turkiyada yangi davrda matematika va astronomiya sohasida unumli faoliyat olib borgan olimlar nomlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Xizr Xalifa Tabariy 2) Mulla Mehmet Chalabiy 3) Mustafo Koshipzoda 4) Soib Tabriziy 5) Ahmad Hasaniy 6) Mirza Shafiq
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 1,3,5
O’rta asrlar davomida Xitoy Yaponiyaning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu ta’sir ayniqsa, min sulolasi hukmronligi davrida Xitoyning qaysi sohalarida sezilarli bo’ldi?
1) madaniyati 2) rassomchiligi 3) adabiyoti 4) me ’morchilik san ’ati 5) falsafasi 6) haykaltaroshlik 7) harbiy
A) 1,3,4,5,6 B) 1,2,4,6,7 C) 2,3,4,6,7 D) 1,2,3,4,5,7
Quyidagilardan Kuchukqaynarji shartnomasiga mos keluvchi jihatlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Qirim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi va keyinchalik Rossiya tarkibiga qo’shib olindi
2) Rossiya qora dengizda flot qurish huquqini qo’lga kiritdi
3) Rossiya Kavkazda mustahkam o’rnashib oldi
4) Qora dengiz bug’ozlari ustidan nazorat Rossiya qo’liga o’tdi
A) 1,2 B) 2,4 C) 1,2,4 D) 2,3
Quyida Napoleon olib borgan mashhur janglarni xronologik to’g’ri ketma ketlikda berilgan javobni toping.
1) Vaterloo jangi 2) Xalqlar jangi
3) Baradino jangi 4) Austerlis jangi
A) 4,3,2,1 B) 3,2,4,1 C) 1,2,3,4 D) 4,2,3,1
Lotin Amerikasi davlatlarining ular mustaqillikka erishgan yillariniga qarab to’g’ri xronologik tartibda berilgan javobni toping.
1) Argentina 2) Peru 3) Chili 4) Paragvay 5) Boliviya
6) Braziliya 7) Buyuk Kolumbiya
A) 1,2,4,3,7,6,5 B) 4,1,3,7,2,6,5
C) 4,3,2,1,7,6,5 D) 3,4,5,1,2,7,6
Quyidagilardan Angliya qirollarining ularning hukmronlik davri bilan bog’liq voqealar bir-biriga muvofiqlashtirib berilgan javobni toping.