9-sinf O’zbekiston tarixi 37-43 mavzular 1. XX asr boshlarida Xiva xonligida yangi soliqlar joriy etilishiga qarshi qaysi hududlarda dehqonlar qoʻzgʻoloni koʻtarildi?
A) Xoʻjayli va Hozaraspda B) Mangʻit va Xoʻjaylida
C) Hozarasp va Xonqada D) Mangʻit va Chimboyda
2. Bir yilda taxtga oʻtirgan hukmdorlarni belgilang.
1) Amir Muzaffar; 2) Amir Olimxon; 3) Amir Nasrullo; 4) Muhammad Rahimxon I; 5) Asfandiyorxon;
6) Muhammad Rahimxon II
A) 2,5 B) 1,5 C) 2,4 D) 1,2
3. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga keldi?
1) Pitnak; 2) Xonqa; 3) Bog‘ot; 4) Hazorasp; 5) Yangi Urganch; 6) Toshhovuz; 7) Ko‘hna Urganch; 8) Xiva
A) 1, 2, 3, 7 B) 2, 3, 6, 8
C) 1, 4, 5, 7 D) 3, 4, 6, 7
4. 1912 yilgi qo‘zg‘olonni bostirish uchun Asfandiyorxon tomonidan yuborilgan 1000 nafarlik eng sara qo‘shin qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor etilgan joyni toping.
A) Alieli va Toshhovuz o'rtasi
B) Alieli va Hazorasp oralig'i
C) Toshhovuz va Pitnak oralig‘i
D) Xonqa va Hazorasp o‘rtasi
5. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligidagi dehqonlarning chiqishlari stixiyali isyonlar tarzida bo’lib, quyidagi qaysi holatlar bilan kechgan?
1) amaldorlarning uylarini vayron qilish; 2) amaldorlarni oila a’zolari bilan qirib tashlash; 3) qarz tilxatlarini yirtib tashlash; 4) soliq yig’uvchilarni quvib yuborish; 5) zodagonlarni haydab yuborish; 6) zamindorlarning yerlarida ishlashdan bosh tortish.
A) 1,3,4 B) 2,3,6 C) 1,2,5 D) 2,5,6
6. Qaysi javobda yosh xivaliklar harakati tarkibi bilan yosh buxoroliklar harakati tarkibini ajratib turuvchi farq keltirilgan?
A) Yosh buxoroliklar faqat yirik mulkdor va ruxoniylardan tashkil topgan
B) Yosh xivaliklarda kambag’allar ko‘pchilikni tashkil qilgan
C) Yosh buxoroliklar harakati rahbarligida quyi tabaqa vakillari turishgan
D) Yosh xivaliklar tashkilotida aholining turli qatlamlari ishtirok etgan
7. Quyidagi qaysi yangi omil Xiva xonligida 1912-yilda yuz bergan norozilik chiqishlarida namoyon bo‘ldi?
A) qo'zg'olonchilarning o‘qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o‘rganib olganligi
B) mamlakatda islohot o'tkazib, konstitutsiyaviy tartib o'rnatish talabi qo'yilganligi
C) Amudaryo bolimini tugatib, xonlik hududlarini birlashtirish talabi qo'yilganligi
D) qo'zg'olonchilarning siyosiy talablar bilan chiqib, xon hokimiyatini ag'darishga uringanligi
8. 1906-yilda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan joylar xato berilgan javob variantini aniqlang.
A) Hazorasp B) Xonqa
C) Yangi Urganch D) Ko’hna Urganch
9. Yosh xivaliklar harakati rahbarlari xato berilgan javob variantini aniqlang.
A) Xo’janiyoz Yusupov B) Bekjon Rahmonov
C) Nazir Sholikorov D) Jumaniyoz Sholikorov
10. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang.
1) Muhammad Rahimxon II vafot etdi;
2) Asfandiyorxon Xiva taxtini egallad;
3) Xiva xoni ,,Islohotlar loyihasi”ni qabul qildi; 4) Asfandiyor bosh vazir Islomxo’jani davlat mablag’larini o’zlashtirishda ayblab o’ldirdi; 5) Buxoro taxtini Sayid Olimxon egalladi; 6) Yosh Buxoroliklar siyosiy harakat sifatida faoliyat ko’rsata boshladi; 7) Hazorasp,Xonqadagi qo’zg’olonlar keskin tus oldi
A) 1,2,3,4,7 B) 1,2,4,6,7 C) 1,2,3,5,6 D) 1,3,4,5,7
11. XX asr boshlarida Xorazm me'morchiligi maktabining e'tiborli tomoni nimada edi?
A) inshoatni bezashda devoriy sah'at va gandikorlik uslublaridan foydalanishgan.
B) peshtoqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi
C) Binolar qurilishida zamonaviy faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan foydalanilgan
D) Xorazm milliy me'morchiligida Yevropa uslubidan foydalanilgan
12. 1902-yil Xivada xon hokimiyati zulmiga qarshi Matyoqub pishiq rahnamoligida dehqonlar qo`zg`oloni qaysi hududlarda bo`lib o`tgan?
A) Xonqa, Hazorasp, Bog`ot
B) Pitnak, Yangi Urganch, Aymanqal'a
C) Yangi Urganch, Ko`hna Urganch, Xonqa
D) Xiva, Bog`ot, Pitnak
13. Turkistonda mustamlaka davrigacha boshlang’ich ta’limdan keyingi bosqichda o’qitilgan kitoblar ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni toping.
A) “Haftiyak”, “Risolayi aziza”, “Chor kitob”
B) “Chor kitob”, “Haftiyak”, “Sabot ul-ojizin”
C) “Haftiyak”, “Chor kitob”, “Risolayi aziza”
D) “Chor kitob”, “Risolayi aziza”, “Haftiyak”
14. Qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha bo'lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan asarni belgilang.
A) "Zubdat ut-tavorix" B) "Tarixi Turkiston"
C) "Tarixi Farg‘ona" D) "Tarixi jadidayi Toshkand"
15. 1917-yilda Turkistonda paydo bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini aniqlang.
A) "Samarqand", "Sadoyi Farg'ona"
B) "El bayrog‘i", "Shuhrat"
C) "Hurriyat", "Farg'ona sahifasi"
D) "Hurriyat", "Turon"
16. Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi, Turkiston muzeyi tashkil etilgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) 1870, 1876-yillar B) 1871, 1877-yillar
C) 1870, 1878-yillar D) 1872, 1879-yillar
17. Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi va birinchi gimnaziya ochilgan yillar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) 1885-, 1911-yillar B) 1884-, 1896-yillar
C) 1889-, 1894-yillar D) 1884-, 1894-yillar
18. Qaysi javobda O’rta Osiyoda Sharq va G’arb an`analari asosida bunyod etilgan me`moriy inshootlar ko’rsatilgan?
1) Sitorayi Mohi xosa; 2) Nurullaboy saroyi; 3) Sulton Murodbek madrasasi;
4) Xudoyorxon saroyi; 5) Rahmonqul inoq saroyi.
A) 2,5 B) 2,4 C) 1,2 D) 1,3
19. Qaysi javobda quyidagi voqealar xronologik to'g'ri ko'rsatilgan?
1) Toshkentda birinchi gimnaziya ochildi;
2) Turkistonda Arxeologiya havaskorlik to'garagi tashkil etildi;
3) Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi; 4) Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etildi;
5) Birinchi rus-tuzem maktabi ochildi;
a) 1870-yil; b) 1896-yil; c) 1876-yil;
d) 1884-yil; e) 1895-yil.
A) 1-b, 2-e, 3-a, 4-c, 5-d B) 1-a, 2-d, 3-e, 4-c, 5-b
C) 1-c, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-e, 5-b
20. Qaysi javobda keltirilgan ijodkorlar ijodida (XIX asr oxiri- XX asr boshlari) Turkiston tasviriy san’atining Samarqand, Buxoro, Qo'qon miniaturachiligi namoyon bo'ladi?
A) Odina Murodov, Usta Shirin, Juzayid Xoziq
B) Ahmad Donish, Odina Murodov, Usta Shirin
C) So‘fi Muhammad Niyoz, Usta Shirin, O.Hafizov
D) Ahmad Donish, Abduxoliq Mahdum, S.Siddiqov
21. Kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi nima deb ataladi? A) Senzura B) Felyeton C) Panflet D) Esse 22. Qaysi javobda XX asr boshlarida yozilgan asarlar mualliflari bilan to‘g‘ri muvofiqlashtirilgan? 1) “Padarkush”; 2) “Mahramlar”: 3) “Bir farangi bilan buxorolik mudarrisning qilgan munozaralari”; 4) “Arshin mololon”; a) Fitrat; b) Behbudiy; c) A.Samadov; d) U.Gajibekov A) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d B) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d C) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d D) 1-c; 2-b; 3-a; 4-d 23. Rus aktrisasi V.F.Komissarjev-skaya 1910-yil o'z truppasi bilan qaysi shaharlarda gastrol uyushtirdi? A) Samarqand, Buxoro B) Buxoro, Urganch C) Toshkent, Qo'qon D) Samarqand, Toshkent 24. V.Vyatkin yozgan asarlar xato berilgan javobni aniqlang. A) "Afrosiyob qo‘rg'oni" B) "Ulug'bek rasadxonasi” C) "Cho‘ponota" D) "Shohizinda" 25. Xudoybergan Devonov qachondan boshlab Xivaning minoralari va hamyurtlarini suratga ola boshlagan? A) 1902 yildan B) 1903-yildan C) 1904 yildan D) 1905 yildan 26. Birinchi o‘zbek kino va fotooperatori Xudoybergan Devonov yashagan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) 1878–1940 yy B) 1878-1938 yy C) 1876-1936 yy D) 1878-1939yy 27. Nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga o‘lkada yashashiga ruxsat bergan Xiva xoni to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) Sayyid Muhammadxon B) Asfandiyorxon C) Mahammad Rahimxon II C) Sayyid Abdulloxon 28. XIX asr oxirida Xiva xonligida keng qo’llanilgan cholg’u asboblardan torli-zarbli cholg’u asbobi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) Ud B) Nog’ora C) Chang D) Tanbur 29. Nurillaboy saroyi yetti xonadan iborat bo’lib, quyida ular to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. A) kutish zali, qabulxona, taxtxona, ziyofatxona va uchta mehmonxona. B) kutish zali, qabulxona, taxtxona, omborxona va uchta mehmonxona. C) kutish zali, qabulxona, taxtxona, ziyofatxona, omborxona va ikkita mehmonxona. D) kutish zali, taxtxona, ziyofatxona, omborxona va uchta mehmonxona. 30. Qaysi muallifning avliyolar va payg’ambarlar hayoti haqida ma`lumotlar keltirilgan she’riy shaklda yozilgan asari Turkistondagi an`anaviy ta`lim muassasalarida darslik sifatida o’qitilgan? A) Imom al- Buxoriy B) So’fi Olloyor C) Hofiz Miroziy D) Mirzo Bedil