6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi - Sinov test



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə54/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi - Sinov test
1. Buxoro amirligi hududida dastlabki rus qishloqlari vujudga kela boshlagan yili…
A) Buxoro taxti vorisi Sayid Olimxon Peterburgga o’qishga yuborildi
B) Vrevskiy Turkiston general- gubernatorligi lavozimiga tayinlandi
C) Samara teatri Turkistonga gastrol uyushtirdi
D) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” asari chop etildi
2. Buxoro amirligida siyosiy agentlik qaysi Rus podshosi davrida tashkil etilgan?
A) Aleksandr I B) Aleksandr II
C) Aleksandr III D) Nikolay I
3. Turkiston general- gubernatorligida 1886- yilda qabul qilingan “Nizom” asossida sud tizimida amalga oshirilgan islohotlarga ko’ra…
A) viloyat boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi
B) Toshkent sud palatasi tuzildi
C) viloyat sudlari tugatilib ularning o’rniga okrug sudlari tashkil etildi
D) Toshkentda qozi va 7 nafar a’lamdan iborat mahkama joriy etildi
4. Ko’lob bekligida qo’zg’alon ko’tarilgan yili…
A) amirlik hududiga dastlabki temir yo’l o’tkazildi
B) Kalif bekligida qo’zg’olon yuz berdi
C) amirlik hududida rus qishloqlari paydo bo’la boshladi
D) Buxoro shahrida dastlabki jaded maktabi ochildi
5. Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan quyidagi shahrlarning bosib olinishi ketma- ketligini belgilang.
A) Turkiston, Taroz, Chimkent, Toshkent, Xo’jand
B) Taroz, Turkiston, Chimkent, Toshkent, Xo’jand
C) Turkiston, Taroz, Xo’jand, Chimkent, Toshkent
D) Taroz, Chimkent, Turkiston, Toshkent, Xo’jand
6. Turkistonda 2- jadid maktabi qaysi shaharda ochilgan?
A) Qo’qon B) Andijon
C) Samarqand D) Toshkent
7. Turkistonda qachon Chor Rossiyasi tomonidan “favqulodda muhofaza holati” e’lon qilindi?
A) 1912- yil B) 1914- yil
C) 1892- yil D) 1916- yil
8. 1912- yil Hazorasp va Xonqada ko’tarilgan isyonni bostirish uchun Asfandiyorxon yuborgan 1000 nafar eng sara qo’shin qayerda qo’zg’olonchilar tomonidan qirib tashlanadi?
A) Shovot- Toshhovuz oralig’ida
B) Hazorasp- Qiyot oralig’ida
C) Alieli- Toshhovuz oralig’ida
D) Hazorasp- Alieli oralig’ida
9. Qaysi voqealar aynan bir yilda sodir bo’lgan?
A) O’rta Osiyo olimlar jamiyatining tuzilishi, Turkiston muzeyining ochilishi
B) Toshkentda metereologiya stansiyasining ochilishi, mintaqaning bosh xaritasi tuzilishi
C) Toshkentda birinchi gimnaziyaning ochilishi, O’rta Osiyo olimlar jamiyatining mablag’ yo’qligi sababli yopilishi
D) Toshkentda xalq kutubxonasining tashkil qilinishi, arxeologiya havaskorlari to’garagining tuzilishi
10. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek va fon Kaufman o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra…
1) xon o’zini imperatorning sodiq quli deb tan oldi;
2) xon mustaqil ravishda tashqi aloqalar o’rnatishdan mahrum bo’ldi;
3) xon Rossiyaga 500 ming rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
4) Sirdaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
5) xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
6) Sirdaryo bo’ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi;
7) Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
8) Xonlikning Rossiya imperiyasi hududiga o’tgan yerlarida Farg’ona viloyati tashkil etilishi belgilandi.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 6, 7
C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
11. Xivaga N. Muravyov kelgan yili…
A) Ahmad Donish Rossiya bo’ylab sayohat qildi
B) Skermuhammad Munis Mirxondning “Ravzat us- Safo” asarini o’zbek tiliga tarjima qila boshladi
C) Toshkentda Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari boshlandi
D) Ogahiy tavallud topdi
12. 1916- yilda mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida g’alayonlar keltirib chiqarishga sabab bo’lishi mumkinligi haqida podsho ma’muriyatiga bergan ma’lumotlari “podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish” deb hisoblanib o’z vazifasidan ozod etilgan Farg’ona viloyati gubernatorini kim?
A) D. Martson B) A. Flug
C) K. Palen D) A. Gippius
13. Quyidagilar orasidan italyancha atamani toping?
A) komendant B) kazarma
C) politsiya D) pristav
14. 1898- yil Andijondagi qo’zg’olonning oldini ololmagani uchun Farg’ona harbiy gubernatori kim tomonidan lavozimidan chetlatilgan edi?
A) A. Vrevskiy B) N. Korolkov
C) N. Kuropatkin D) M. Duxovskoy
15. Yettisuv viloyati qachondan qachongacha Step (Dasht) general gubernatorligi tarkibida bo’lgan?
A) 1882-1899 yy B) 1882-1889 yy
C) 1887-1897 yy D) 1881-1891 yy
16. Kim sayohati davomida botanika va minerallarga oid minerallar to’pladi?
A) A.P.Fedchenko B) P.P.Semyonov-Tyanshanskiy
C) V. Vyatkin D) N.A. Seversov
17. 1886- yilgi “Nizom”ga muvofiq Turkiston sud tizimida joriy etilgan lavozimlarni aniqlang?
A) sud tergovchisi, o’lka bosh prokurori, sud advokati
B) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchilari
C) sud tergovchisi, viloyat prokurori, uchastka mirovoy sudyalari
D) okrug sudyasi, viloyat prokurori va ularning yordamchisi
18. Xivaning qaysi shahrida Rossiya- Osiyo va Sibir savdo bankining bo’limlari, pochta telegraf idorasi, komission va sug’urta jamiyatlarining bo’limlari ochilgan edi?
A) Hazorasp B) Xiva
C) Yangi Urganch D) Gurlan
19. Qaysi soliq turiga ta’rif noto’g’ri berilgan?
A) tanobona- bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun yig’im
B) dorug’ayi- muzd- hirmonlarni hatga olgani uchun amaldorga to’lanadigan yig’im
C) o’tov- o’tloqlardan foydalanganlik uchun soliq
D) afanak puli- xon farmonlarini e’lon qiluvchi jarchi uchun yig’im
20. Toshkentda birinchi jaded maktabi ochilgan yili…
A) Turkistonda viloyat sudlari tugatilib, ularning o’rniga okrug sudlari joriy qilindi
B) Toshkent orqali Andijongacha temir yo’l qurildi
C) Andijonda Darveshxon qo’zg’oloni yuz berdi
D) Toshkentda arxeologiya havaskorlari to’garagi tashkil qilindi
21. Turkistonning qadimgi davridan XX asr boshigacha bo’lgan voqealari yilnomasi bayon etilgan va o’zbek tilidagi ilk tarixiy asar bo’lgan javobni aniqlang?
A) “Tarixi Turkiston” B) “Tarixi jadidai Toshkand”
C) “Shajarai turk” D) “Afrosiyob qo’rg’oni”
22. Buxoroda amir siyosatiga qarshi bo’lgan Abdumalik to’ra, Jo’rabek va Bobobek boshliq qo’zg’olonchilar tomonidan egallangan shaharlarni aniqlang.
A) Karmana, Samarqand, Kattaqo’rg’on
B) Kitob, Qarshi, Termiz
C) Qarshi, Urgut, Chelak
D) Shahrisabz, Qarshi, Karmana
23. 1920- yil yanvarda Toshkentda F. Xo’jayev rahbarligida tuzilgan “Inqilobchi yosh Buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi” nashr etlgan gazetani aniqlang
A) “Uchqun” B) “Tong”
C) “Turon” D) “Buxoroiy sharif”
24. Qaysi imperator davrida Toshkentda “Shahar Nizomi” joriy qilindi?
A) Aleksandr I B) Aleksandr II
C) Aleksandr III D) Nikolay I
25. Afg’oniston Amudaryoning janubiy sohiligacha bo’lgan hududlarni bosib olgan yili yuz bergan voqeani aniqlang.
A) ruslar Oqmachit qal’asiga 2- marta hujum qilib uni egalladi
B) Qoraqalpoqlarning qo’ldovli qabilasidan bo’lgan Ernazarbiy boshhciligida qo’zg’olon bo’ldi
C) Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirish to’g’risida farmon e’lon qildi
D) bosib olingan hududlarda Turkiston viloiyati tuzildi
26. Noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) Toshkentda “Shahar Nizomi” joriy etilgan yili Amudaryo xazinasi topildi
B) Xalq sudyalari qurultoyi da’vo hajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini hal qiluvchi 2- bosqich sud hisoblangan
C) 1896- yilda Namangan uyezdining Oqsuv- Shahrixon volostidagi Naymanchi, Langarbob, Ko’hnamozor qishloqlarida aholining mingboshilar saylovidagi noroziligi oshkora qo’zg’olonga aylanib ketdi
D) 1879- yil kuzda Farg’ona viloyati boshqarmasi binosi oldiga yig’ilgan mahalliy aholi Namangan uyezdida soliq yig’ish noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini talab qildi
27. XIX asrning 80- yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, dehqonlar kurashi keskin tus ola boshladi?
A) Mang’it, Taxta, Gurlan, Ko’hna Urganch
B) Qiyot, Taxta, Tomdi, Yangi Urganch, Xo’jayli
C) Bog’ot. Mo’ynoq, Hazorasp, Qiyot, Qo’ng’irot
D) Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch
28. 1898- yilda yuz bermagan voqeani aniqlang.
A) S. M. Duxovskiy Turkiston general- gubernatorligiga tayinlandi
B) Andijonda Shamsiddin domla tomonidan jadid maktabi ochildi
C) Andijonda Dukchi eshon qo’zg’oloni bo’lib o’tdi
D) Turkiston general- gubernatorligining sud tizimida viloyat sudlari tugatilib o’rniga okrug sudlari tuzildi
29. Quyidagi shaharlarda teatrlar tashkil etilishiga ko’ra xronologik ketma- ketlikda berilgan qatorni toping?
A) Samarqand, Toshkent, Qo’qon,
B) Toshkent, Samarqand, Qo’qon,
C) Samarqand, Qo’qon, Toshkent,
D) Qo’qon, Samarqand, Toshkent
30. 1917- yil aprelda Buxorodagi namoyishda jadidlar kaltaklanib tarqatib yuborilgan edi. Shundan so’ng omon qolgan jadidlar…
A) Said Olimxon amaldorlari bilan til biriktirib demokratik islohotlar o’tkazish rejasini ishlab chiqdilar
B) 1917- yil bolsheviklar tomonidan egallangan Turkistonga qochishdi
C) Buxoro, Karki va Karmanada islohotlar o’tkazish bo’yicha tashviqot olib bordilar
D) Yangi Buxoro (Kogon), Chorjo’y va Termizda mamalakatda islohotlar o’tkazish bo’yicha tashviqot olib bordilar


9-SINF JAHON TARIXI JAVOBLARI




Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin