6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 11-15- mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə57/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf Jahon tarixi 11-15- mavzular
1. Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Gladston davrida amalga oshirilgon islohotlnrni aniqlang.
1) davlatda pul islohoti o'tkazilib, funt-sterling qiymatining AQSh dollari qiymatiga tenglashtirilishi 2) tred-yunionlarga o'z manfaatlarini sudda himoya qilish huquqining berilishi; 3) so'z va matbuot erkinligi berilishi; 4) ish tashlashlar o'tkazilishiga ruxsat etilishi; 5) parlamentga saylovlarni yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazishning joriy etilishi;6) parlamentga saylovlarni ochiq ovoz berish yo'li bilan o'tkazishning joriy etilishi; 7) maktab islohoti o'tkazilishi
A) 2, 3, 6, 7 B) 2, 4, 5, 7 C) 1, 3, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7
2. B. Dizraeli Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan davrda amalga oshirilgan tadbirlar to'gri ko'rsatilgan javobni toping.
1.Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi.
2.Xotin-qizlarning ish vaqti 8 soatga keltirildi.
3.10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.
4.Ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi.
A) 2, 3 B) 1, 3 C) 1,4 D) 2, 4
3. Buyuk Britaniyada nechanchi yilda qabul qilingan qonun bo‘yicha Parlamentning quyi - Jamoa palatasi bir qonun loyihasini uch marta ma’qullasa, u Lordlar palatasi tomonidan tasdiqlanmasa ham qonun kuchiga ega bo'ladigan bo‘ldi?
A) 1886-y. B) 1911-y. C) 1910-y. D) 1867-y.
4. Efiopiyada Kasa imperatorlik hokimiyatidan ag’darilgan yili Buyuk Britaniya tarixida sodir bo’lgan voqeani toping.
A) 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi.
B) Buyuk Britaniya hukumati Irlandiyaga gomrul berishga qaror qildi
C) Gladistonning bosh vazirligi boshlandi
D) erkak aholining 50 foizi saylov huquqiga ega bo’ldi
5. Buyuk Britaniya parlamenti hukumat tomonidan Irlandiyaga gomrul berish taklifini rad etgan yillar to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) 1905-,1914-yillar B) 1881-, 1886-yillar
C) 1886-, 1912-yillar D) 1882-, 1903-yillar
6. Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qilgan va Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga “Yer-suv akti”ni taklif etgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1881-, 1886-yillar B) 1879-, 1881-yillar
C) 1873-, 1882-yillar D) 1875-, 1881-yillar
7. Buyuk Britaniyada irland muxolifat guruhi hamjamiyati hukumatdan qanday agrar islohot o'tkazishni talab qilgan edi?
A) ijaraning qat 'iy bo'lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo‘ldan qo'lga erkin o‘tishini ko'zda tutuvchi agrar islohot
B) 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o‘z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga o‘tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko‘zda tutilgan islohot
C) Irlandiyaga soliq yig'ish, mahalliy politsiya tuzishga ruxsat etilib, faqat Angliya qo‘lida tashqi siyosat va mudofaa ishlari qolishi haqidagi islohot
D) XIX asr davomida dehqonlarning qo‘ldan ketgan yerlari yana o‘z egasiga qaytarilishi, aholining tabaqasidan qat’i nazar bir xil miqdorda yerni taqsimlash haqidagi agrar islohot
8. Buyuk Britaniyada qaysi qonunga ko‘ra ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararni tred-yunionlardan undirilishi taqiqlangan?
A) "Narx-navo va daromadlar to‘g‘risida"gi qonun
B) "Ijtimoiy shartnoma to‘g‘risida"gi qonun
C) "Ish tashlashlarga ruxsat berish to‘g‘risida"gi qonun
D) "Ish haqi minimumi to‘g‘risida"gi qonun
9. Buyuk Britaniya tarixiga oid quyidagi voqealar orasidan bir yilda sodir bo'lganlarini toping.
1) Misrning egallanishi;
2) Bur respublikasining taslim bo‘lishi;
3) Panama kanali masalasida AQShga yon bosishi;
4) 54 soatlik ish haftasi joriy etildi;
5) Misr hukumatidan Suvaysh kanalining 45 foiz aksiyasini sotib olishi;
6) Qirolicha Viktoriyaning Hindiston imperatori deb e’lon qilinishi
A) 2, 4 B) 4,5 C) 3, 4 D) 5, 6
10. Qachon Buyuk Britaniyada tabaqaviy imtiyozlar tugatildi?
A) XIX asr oxirlariga kelib B) XX asr boshlariga kelib
C) XIX asr o'rtalariga kelib D) XIX asr boshlariga kelib
11. Buyuk Britaniyada o'tkazilgan parlament islohotlarini yillar bo'yicha to'g'ri belgilang.
a) birinchi; b) ikkinchi; c) uchinchi;
1) 1812-yil; 2) 1832-yil; 3) 1865-yil; 4) 1867-yil: 5) 1910-yil: 6) 1911-yil;
A) a - 2; b - 4; c - 6 B) a - 2; b - 3; c – 6
C) a - 1; b - 2; c - 6 D) a - 2; b - 3; c – 5
12. XIX asr oxiri - XX asr boshlari Angliyadagi Liberallar partiyasining asosiy tayanchi ...
A) yirik zamindorlar va anglikan cherkovi edi.
B) o'rta sinf vakillari edi.
C) yirik burjuaziya va bankirlar edi.
D) yirik zamindorlar va savdogarlar edi.
13. 1911 yilda Angliyada qabul qilingan Parlament islohoti to'g'risidagi qonunning tarixiy ahamiyati qaysi javobda aks etgan?
A) Lordlar palatasi moliya masalalarini hal qilish huquqqini qo'lga kiritdi
B) Parlamentning vakolat muddati 7 yil etib belgilandi
C) Deputatlar maoshdan mahrum etildi
D) Lordlar palatasining veto huquqi cheklandi
14. Angliya hukumati irlandlarga gomrul o'ralga "Yer-suv akti"ni taklif qilgan edi. Unda ...
A) Irlandiyaga soliq yig'ish, mahalliy politsiya tuzishga ruxsat etilib, faqat Angliya qo'lida tashqi siyosat va mudofaa ishlari qolardi.
B) Irlandiya mustaqil parlamenti tuzilib, parlamentga Irlandiya ishlari bo'yicha stas-sekretar va Irlandiya lord — hokimi yillik hisobot berishi ko'zda tutilgan.
C) Irlandiyaning protestantlar yashaydigan shimoli-sharqiy hududi Angliyaning toʻliq hukmronligi ostida qolishi, qolgan 20 grafliklarga dominion huquqi berilishi ko'zda tutilgan.
D) 15 yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachiga o'z yer uchastkasini boshqa bir shaxsga o'tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko'zda tutilgan edi.
15. Fransiyada Dreyfus to’la oqlangan yili Buyuk Britaniya tarixida sodir bo’lgan voqeani toping.
A) Ish haqi minimum to’g’risida qonun qabul qilindi
B) Burlar bilan urush yakuniga yetdi
C) Tred yunionlar tuzgan partiya Leyboristlar nomini oldi
D) AQSH ga Panama kanalini qurish huquqini berdi
16. XIX-XX asrlar chegarasida Angliya o'zining sanoatdagi hukmronligini asta-sekin yo'qota boshladi, ammo ba'zi sohalarda o'z monopol hukmronligidan mahrum bo’lganicha yo’q edi?
A) ko'mir qazib chiqarish, neft qazib chiqarish
B) vagonsozlik, ko'mir qazib chiqarish, bank, sug’urta
C) jahon vositachilik savdosi, kemasozlik, sug’urta, bank
D) kimyo, temir ishlab chiqarish, kemasozlik, ko’mir
17. 1900-1914-yillarda AQSh prezidentlari nima maqsadda monopoliyalarga qarshi kurash olib bordilar?
A) Davlatning monopoliyalardan ustunligini ta'minlash
B) AQShning iqtisodiy jihatdan qudratini oshirish
C) O’rta tabaqalar manfaatini himoya qilish
D) Monopoliyalarni tugatish
18. Quyidagilardan AQSH Konstitutsiyasiga tuzatish kiritilgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) 1866 yil, 1870 yil B) 1865 yil, 1872 yil
C) 1865 yil, 1870 yil D) 1866 yil, 1872 yil
19. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti davriga kelib hukumat ishchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi mojarolarda, hakamlik vazifasini bajara boshladi va trestlarga qarshi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi?
A) V.Vilson B) A.Linkoln C) F.Ruzvelt D) T.Ruzvelt
20. Vudro Vilson davrida o‘tkazilgan parlament islohotiga ko'ra…
A) senatorlar saylovida shtatlarning faqat mulk senziga ega bo'lganlari ishtirok etishi, prezidentlik saylovida barcha erkak fuqarolarning qatnashishi belgilandi
B) parlament deputatligiga saylanish uchun ma'lum miqdorda belgilangan mol-mulk egasi bo'lish man etildi
C) saylov yoshi 20, shtat senatorligiga saylanish 25, parlamentga saylanish 30 yosh etib belgilandi
D) oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo'ldi
21. Quyidagi qaysi AQSh prezidenti "Dollar diplomatiyasi" siyosatini e’lon qilgan?
A) Taft B) Mak-Kinli C) Vilson D) Ruzvelt
22. Quyidagi qaysi tarixiy atama AQShda qora tanlilar va demokratik harakatlar ishtirokchilarini tergovsiz va sudsiz jazolash jarayonini anglatadi?
A) "Yo'g'on kaltak siyosati B) "Linch sudi"
C) "Jodugarlarga ov“ D) "Abolitsionizm"
23. Quyidagi qaysi atama biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo'rlab joylashtirish uchun ajratilgan hududni anglatadi ?
A) segregatsiya B) rezervatsiya
C) abolitsionizm D) klerikalizm
24. Quyidagilardan noto’g’ri ma’lumotni belgilang.
A) 1914-yilga kelib AQSH aholisining 2 foizi milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshladi
B) 1890-yilda AQShga kiritilgan Yevropa kapitali 5 mlrd dollarni tashkil etgan
C) AQSh sanoati mahsuloti hajmi jihatidan jahonda 1860-yildagi 4-o’rindan 1894-yilda 1-o’ringa chiqib oldi
D) 1880-yilda yuz bergan oxirgi jangda yengilgan hindular rezervatsiyalarga joylashtirildi.
25. 1913-yil AQShdagi ish tashlashlarda ishtirok etgan kon ishchilarining talablari nimalardan iborat edi?
A) 8 soatlik ish kuni joriy etish, ish haqini oshirish
B) 8 soatlik ish kuni joriy etish, kasaba uyushmalariga birlashish
C) haftasiga 5 kun 8 soatlik ish kuni joriy etish, haftada ikki kun dam olish kuni joriy etish
D) haftasiga besh kunlik ish kunini joriy etish, ish haqini 8 foizga oshirish
26. Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda "xalqaro politsiya" rolini bajarish AQSh ning burchi bo‘lishi kerak ekanligi qaysi doktrinada ta’kidlanadi?
A) "Monro doktrinasi"da
B) "Dollar diplomatiyasi"da
C) "Xey doktrinasi"da
D) "Marshal rejasi"da
27. Tarixda ayrim davlatlarda aholini majburan irqiy guruhlarga bo'lish qanday tarixiy atama bilan izohlanadi?
A) Traybalizm B) Devalvatsiya
C) Rezervatsiya D) Segregatsiya
28. Quyidagi voqealardan qaysi biri AQSH sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 1-o’ringa chiqqan yili bo’lib o’tgan?
A) Amerika Mehnat Federatsiyasi tashkil etildi
B) kon ishchilari o’g’ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar
C) Sentabrning birinchi dushanbasi “Mehnat kuni” bayrami deb e’lon qilindi
D) “Pulat korparatsiyasi” tuzildi
29. AQShda Respublikachilari partiyasi kimlarning partiyasi edi?
A) yirik sanoatchilar va moliyachilar partiyasi edi.
B) yirik yer egalari va boy fermerlar partiyasi edi.
C) Janub burjuaziyasi va Shimol sanoatchilari partiyasi edi.
D) faqat moliyachilar manfaatini himoya qiluvchi partiya edi
30. T. Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash siyosati qanday nom olgan?
A) "Taraqqiyparvar davr" B) "Adolatli yo'l "
C) "Unlervud qonuni" D) "To’g’ri yo’l"



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin