9-sinf Jahon tarixi 26-30- mavzular 1. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiya taraqqiyotining qaysi xususiyatlari jihatidan Rossiyaga o'xshab ketardi?
A) monopolistik kapitalizm feodal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketganligi
B) kapitalizm taraqqiyotining mehnatkash aholiga, ayniqsa, dehqonlarga qulaylik yaratish yo‘llari bilan bog‘liqligi
C) hokimiyatning burjuaziya qo'lida ekanligi
D) hokimiyat ishlaridan pomeshchik-burjuaziya blokining uzoqlashtirilishi
2. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Yaponiyada sanoat ishlab chiqarishi Rossiyadan necha barobar tezroq rivojlandi?
A) 3 barobar B) 6 barobar
C) 10 barobar D) 8 barobar
3. Yaponiya 1900-1913-yillarda sanoat ishlab chiqarishida ... (l) dan o‘zib ketib, . .. (2) ga yaqinlashdi.
a) Buyuk Britaniya; b) Rossiya; C) AQSh; d) Germaniya; e) Fransiya; f) Italiya
A) 1 - a; 2 - c B) 1 - d; 2 - b
C) 1 - b; 2 - a D) 1 - f; 2 – e
4. XIX asrning oxirida Yaponiya to’qimachilik sanoati juda tez rivojlandi. 1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining necha foizini tashkil etdi?
A) 52 B) 47 C) 44 D) 45
5. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra imperator mavjud huquqlarni saqlab qoldi, balki yana qanday huquqlar berildi?
1) parlament chaqirish, ochish, tarqatib yuborish; 2) vazirlarni lavozimiga tayinlash va chetlashtirish; 3) qonunlar o’rniga oliy farmonlar chiqarish; 4) qoʻshinlarning oliy bosh qo’mondoni bo’lish; 5) soliqlar joriy etish; 6) urush e’lon qilish va sulh tuzish; 7) viloyat hokimlarini tayinlash.
A) 1,3,4,6 B) 3,5,6,7 C) 1,2,5,6 D) 2,4,6,7
6. Yaponiyada 1871-1878 yillarda qishloq xo’jalik sohasida o’tkazilgan islohotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) yerni erkin oldi-sotdi qilishga ruxsat berildi 2) istalgan turdagi ekinni ekishga ruxsat berildi 3) Hosildan hissa ko’rinishdagi soliq pul solig’i bilan almashtirildi 4) yerni garovga qo’yish taqiqlandi 5) Yerni mayda bo’laklarga bo’linib ketishiga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi
A) 1,2,3,5 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4,5
7. “Yuz moddali farmon” deb nomlangan qonunlar to’plami qabul qilingan davlat tarixida 1895-yilda quyidagi qaysi voqea yuz bergan?
A) Efiopiyani bosib olish uchun hujum boshlandi
B) Xose Marti va Maksimo Gomes boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi
C) Xitoy bilan Smonoseki sulh shartnomasi imzolandi
D) Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi tuzildi
8. Yaponiya Seulda saroy to'ntarishi o'tkazgan va Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan o‘ziga qo'shib olgan yillar to‘g‘ri berilgan javobni ko'rsating.
A) 1895-, 1909-yy. B) 1894-, 1908-yy.
C) 1895-, 1905-yy. D) 1894-, 1910-yy.
9. XIX asr oxirlariga kelib qaysi davlat Uzoq Sharqda Yaponiyaning asosiy raqibiga aylandi?
A) Xitoy B) Buyuk Britaniya
C) AQSh D) Rossiya
10. Qaysi javobda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida iqtisodiyotda monopolistik kapitalizm tez sur’atlarda rivojlanishiga qaramay feodal monarxiya tuzum qoldiqlari ham saqlanib qolgan davlatlar keltirilgan?
A) Hindiston, Xitoy B) Xitoy, Yaponiya
C) Turkiya, Eron D) Yaponiya, Rossiya
11. Xitoy-Yaponiya o'rtsidagi Simonoseki shartnomasiga ko'ra Yaponiya o'z savdosi uchun...
A) Xitoy hududida sanoat korxonalari qurish uchun katta miqdorda tovon to'ladi
B) Xitoy hududida qurilgan korxonalardan hamkorlikda foydalanish huquqini qo'ldan boy berdi
C) Xitoy hududida sanoat korxonalari qurish va ulardan foydalanish huquqini qo'Iga kiritdi
D) Xitoyning sanoat korxonalari ustidan hukmronlik qilish huquqini Koreyaga topshirdi
12. Ma’lumki, Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur boʻldi. Butun hokimiyatni oʻz qoʻliga toʻplagan Yuan Shikay demokratik erkinliklarni yoʻqqa chiqargan qanday ishlarni amalga oshira boshladi?
1) inqilob qoʻshinlari butunlay qurolsiz-lantirildi;
2) monarxiyani qayta tikladi; 3) har bir qishloqda jazo guruhi ish koʻradigan boʻldi; 4) hukumatga qarshi tuzilgan har qanday guruh a’zolariga oʻlim jazosi belgilandi; 5) buyuk davlatlarning Xitoydan chiqib ketishlarini talab qildi;
6) Millat majlisini tarqatib yubordi
A) 3,5,6 B) 1,3,4 C) 1,2,5 D) 2,4,6
13. XX asr boshida boʻlib o'tgan quyidagi qaysi inqilob boshqalarga nisbatan uzoqroq davom etgan edi?
A) Xitoydagi Sinxay inqilobi
B) Xitoydagi ikkinchi inqilob
C) Erondagi inqilob
D) Meksikadagi burjua inqilobi
14. Xitoy tarixiga oid quyidagi ma'lumotlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan keyinroq yuz berganini toping.
A) Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo‘i ishga tushirildi.
B) “Ixetuan” harakati qo’zg’alon tusini oldi.
C) Xitoyning Shandun viloyati Germaniya ta'sir doirasiga o'tdi.
D) Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi.
15. Quyidagi ma'lumotlardan qaysi biri to‘g‘ri?
A) 1890-yil iyul oyida chet el interventlari yalpi hujumga o‘tdi va Pekin shahri egallandi.
B) Shimoliy Xitoyda 1890-yilda 600 dan ziyod chet el firmalari mavjud edi.
C) XIX asrning 60-yillaridayoq ajnabiylar Xitoyning 26 bandargohiga bemalol kirdilar va o‘zlarini xo‘jayinlardek tutdilar.
D) 1884-yilda Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi.
16. 1897-1898-yillarda Germaniya tomonidan egallangan bandargohni aniqlang.
A) Guamchjuvan B) Lyuyshun
C) Sindao D) Veyxayvey
17. Quyidagi mustamlakachi davlatlarning Xitoy hududidagi ta’sir doiralari mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping.
1) Germaniya; 2) Fransiya; 3) Rossiya;
4) Buyuk Britaniya; 5) Yaponiya.
a) Futsiyan viloyati; b) Yanszi daryosi havzasi; c) Shandun viloyati; d) Port-Artur; e) Yunan viloyati.
A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-c
B) 1-e, 2-c, 3-a, 4-d, 5-b
C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e
D) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a
18. “Xitoy uyushmalari ittifoqi” siyosiy tashkiloti qabul qilgan dasturida ko‘zda tutgan masalalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) Sin monarxiyasini ag'darish;
2) yevropaliklarni mamlakatdan quvib chiqarish;
3) respublika ta'sis etish;
4) sanoat korxonalarini barpo etish;
5) yerga egalik huquqini tenglashtirish;
6) mustaqillikni tiklash
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6
19. Xitoyda Sin sulolasini ag'darib tashlash va demokratik milliy davlat tuzish uchun kurash olib borgan tashkilotni ko'rsating.
A) “Ixetuan” harakati
B) “Xitoy ozodlik tashkiloti”
C) “ Xitoy uyg'onish jamiyati” tashkiloti
D) Xitoy uyushmalar ittifoqi
20. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri Bal Gangadxara Tilak faoliyatiga muvofiq emas?
A) U dinga, uning ommani uyushtiruvchi kuchga katta baho berdi
B) U Puna shahrida mustaqil o’rta maktab tashkil qilib, maktab o’quvchilari ongiga vatanparvarlik g’oyalarini singdira boshladi
C) U “Kesari” (Sher) gazetasini tashkil etdi
D) Hindiston sharoitida tinch yo’l bilan ozodlikka chiqishning iloji yo’qligini anglagan Tilak qurolli qo’zg’olon yo’lini tanladi. Bu usulda asosiy e’tibor ingliz tovarlarini boykot qilichga qaratildi.
21. Hindiston Milliy Kongressining qaysi shaharda chaqirilgan qurultoyidan so’ng radikal oqim HMK safidan chiqarilgan?
A) Goa B) Kalkutta C) Surat D) Dehli
22. XIX asr oxirida Hindiston qishloq xo’jaligida monokultura shakllanishi natijasida qaysi viloyat qanday ekin yetishtirishga ixtisoslashganligi to’g’ri berilgan javobni toping.
1) Assam; 2) Bengaliya; 3) Bombay; 4) Panjob;
a) paxta b) bug’doy; c) choy; d) kanop;
A) 1- c, 2- d, 3- a, 4- b B) 1- a, 2- d, 3- b, 4- c
C) 1- d, 2- c, 3- b, 4- a D) 1- b, 2- d, 3- a, 4- c
23. 1906-yilda Shoh Muzaffariddin tasdiqlagan Eron Konstitutsiyasining birinchi qismida shohga qanday huquqlar berilganligi ko’rsatilgan javobni toping.
1) barcha qonunlarni tasdiqlash; 2) qonunlar o’rniga oliy farmonlar chiqarish; 3) byudjet qabul qilish; 4) byudjet ijrosi ustidan nazorat qilish; 5) vazirlarni lavozimiga tayinlash; 6) majlis chaqirish va uning faoliyatini to’xtatish.
A) 2,5,6 B) 1,2,5 C) 1,3,4 D) 3,5,6
24. 1907-1911-yillar Eron inqilobining ikkinchi davrida katta ta'sirga ega bo'lgan mujohidlar ilgari surgan talablar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni toping.
1) yashirin saylov huquqi; 2) shoh tuzumini ag'darish; 3) parlament joriy etish; 4) shaxs erkinligini joriy qilish;
5) shoh yerlarini musodara. qilish; 6) ish vaqtini 8 soat qilib cheklash; 7) chet elliklar bilan tuziladigan iqtisodiy bitimlarga parlament roziligi olish; 8) bepul va majburiy ta'lim joriy qilish; 9) jamiyatlar tuzish.
A) 2, 3, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 3, 4, 5, 8
C) 1, 4, 5, 6, 8, 9 D) 2, 4, 5, 6, 7, 8
25. Eronda 1905-yili inqilobiy harakat boshlanishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlang.
1) ichki ijtimoiy ziddiyatlar; 2) tashqi iqtisodiy siquvlar; 3) tashqi siyosiy siquvlar; 4) shohning konstitutsiya qabul qilish haqidagi farmoning ijrosiz qolishi;
5) Tabrizda inqilobchilarning qonga botirilishi.
A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5
26. “Shahanshohbank” ochish toʻg’risidagi shartnomaga ko’ra bank qanday huquqlarni olganligini toping.
1) qog’oz pullar chiqarish; 2) o’z aksiyalarini muomilaga chiqarish; 3) mamlakat yer osti boyliklaridan erkin foydalanish; 4) Eronda sanoat korxonalari qurilishini moliyalashtirish.
A) 2,4 B) 3,4 C) 1,3 D) 1,2
27. Buyuk Britaniya Eron neft konlaridan foydalanishi, tosh va temir yo'llar qurish konsessiyalarini qo‘lga kiritgan va Eronda “Shahanshohbank” ochilgan yillarni aniqlang.
A) 1872, 1889-yillar B) 1871, 1889-yillar
C) 1872, 1888-yillar D) 1870, 1887-yiliar
28. Ma'lumki, 1905-yilda Eronda inqilobiy harakat boshlangan edi. Qo‘zg‘olon ko‘targan aholi qanday talabni ilgari surganligini aniqlang.
A) yirik mulkdor qatlamlarning daromadlarini hisobga olish va soliqqa tortish
B) barcha fuqarolarga teng saylov huquqini berish
C) yersiz va kam yerli dehqonlarga yer ajratish va ijara yerlaridan olinadigan soliqlarni kamaytirish
D) butun mamlakat sanoati tarmoqlariga xo'jayinlik qilayotgan rus-ingliz sarmoyadorlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish
29. Iqtisodiy qoloq va qaram davlatlar burjuaziyasining chet el
kapitali bilan ichki bozor o‘rtasida vositachilik qiluvchi qismi
nima deb atalgan?
A) intervent B) protektor C) komprador D) negostiant
30. XX asr boshlarida qaysi davlat konstitutsiyasida hukmdorning konstitutsiya va qonunlarga sodiqlik haqida qasamyod qilishi qoida qilib kiritilgan?
A) Yaponiya B) Rossiya C) Eron D) Xitoy