6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 21-25 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə68/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
6-10-KALITLAR

10-sinf O’zbekiston tarixi 21-25 mavzular
1. O‘zbekiston SSR bo‘ylab qatag‘on to‘lqini ... qatag‘onlar asosida madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi?
A) XX asr 40-yillari boshlari va 50-yillari oxiridagi
B) XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi
C) XX asr 40-yillari boshlari va 50-yillari boshlaridagi
D) XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari oxiridagi
2. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi qachon "O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida"gi masalasini ko‘rib chiqdi?
A) 1950-yil 1-avgustda C) 1951-yil 6-avgustda
B) 1950-yil 5-avgustda D) 1950-yil 1-sentabrda
3. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi "O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida"gi masalasini ko‘rib chiqib, akademiya olimlaridan adabiyotishunos va faylasuf...nohaq ravishda qoralandi.
A) Vohid Zohidov C) Abdusamad Boboxo‘jayev
B) Olim Aminov D) Olim Usmonov
4. Qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag‘ishlangan X plenumi (yalpi majlis) bo‘lib o‘tdi
A) 1952-yil martda C) 1951-yil yanvarda
B) 1950-yil avgustda D) 1952-yil fevralda
5. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkuraviy masalalarga bag‘ishlangan X plenumida O‘zSSR FA tarkibidagi qaysi institutlar olimlarii tanqid qilindi?
A) Tarix va arxeologiya, Sharqshunoslik, Tuproqshunoslik, San'atshunos institutlari
B) Sharqshunoslik, O‘zbek tili va adabiyoti, Tabiatshunoslik institutlari
C) O‘zbek tili va adabiyoti, Sharqshunoslik, Tarix va arxeologiya institutlari
D) Tarix va arxeologiya, Sharqshunoslik, San’atshunoslik
6. Ijodkor ziyolilardan 12 kishi “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati” olib borganlikda ayblabnib qachon qamoqqa olindi va necha yilga ozodlikdan mahrum etildi?
A) 1951-yil, 20 yil B) 1951-yil, 25 yil
C) 1952-yil, 20 yil D) 1950-yil, 25 yil
7. I.V.Stalin vafotidan keyin kim SSSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga tayinlandi.
A) Georgiy Malenkov C) G.Tzyakov
B) Nikita Xrushchev D) M. Suslov
8. I.V. Stalin qaysi yillarda kommunistik partiya va sovet hukumatiga rahbarlik qilgan?
A) 1922-1953-yillar B) 1921-1953-yillar
C) 1923-1953-yillar D) 1921-1952-yillar
9. Sobir Kamolov O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari lavozimida qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatdi.
A) 1950-yil avgustdan 1959-yil dekabr oyigacha
C) 1955-yil yanvaridan 1957-yil martigacha
B) 1957-yil martidan 1959-yil dekabr oyigacha
D) 1957-yil dekabridan 1959-yil mart oyigacha
10. Amin Niyozov haqidagi ma'lumotlarning to‘g‘risini toping?
1) Uning davrida O‘zbekiston ziyolarini oqlanishi boshlandi.
2) Marg‘ilonda tug‘ilgan.
3) Yo‘ldosh Oxunboboyevdan oldin O‘zbekiston SSR OliySoveti Prezidiumi raisi bo’lgan
4) 1947-1950-yillarda O‘zbekiston SSR OliySoveti Prezidiumi raisi bo‘ldi.
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 2,4
11. Sobir Kamolov qancha vaqt respublika partiya tashkilotini boshqargan?
A) 13 oy B) 15 oy C) 14 oy D) 16 oy
12. Quyidagi qaysi shaxs O‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi sekretari bo’lgan davrda O‘zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlandi, islom diniga erkinliklar berildi?
A) Amin Niyozov C) Usmon Yusupov
B) Nuriddin Muhiddinov D) Sobir Kamolov
13. Sobir Kamolov qilyotgan ishlari kimlarga yoqmadi va uni ishdan oldilar?
A) I.V.Stalin va Georgiy Malenkov
B) N.Xrushchev va U. Yusupov
C) N. Xrushchev va M. Suslov
D) M. Suslov va I.V.Stalin
14. Urushdan keyin SSSRda beshinchi 5 yillik davri qachon bo‘lib o‘tdi?
A) 1951-1955-yillarida C) 1950-1954-yillarda
B) 1951-1956-yillarda D) 1950-1955-yilarda
15. Toshkentda qachon ilk marta trolleybuslar qatnay boshladi?
A) 1946-yilda B) 1947-yilda C) 1948-yilda D) 1949-yilda
16. Qaysi yillarda Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li loyihalashtirildi va qurildi?
A) 1959-1967-yillarda C) 1960-1968-yillarda
B) 1959-1968-yillarda D) 1961-1970-yillarda4
17. O‘rta Osiyodan Markazga olib boradigan ikkinchi poyezd yo‘li qaysi temir yo‘l edi?
A) Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot C) Qo‘ng‘irot-Beynov
B) Chorjo‘y-Beynov D) Chorjo‘y- Urganch
18. O‘zbekiston havo yo‘llarida qachondan boshlab yuksak tezliklar va parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli yo‘lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo‘ldi.
A) XX asr 50-yillari boshlaridan
B) XX asr 60-yillari oxiridan
C) XX asr 40-yillari oxiridan
D) XX asr 50-yillari o‘rtalaridan
19. 1959-yilda respublikadagi yetakchi sanoat korxonalarining ishchilar necha foizini o‘zbeklar tashkil etadi?
A) 43 % B) 42 % C) 62 % D) 53 %
20. Sharof Rashidov qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga saylandi?
A) 1958-yil 25-aprelda B) 1958-yil 17-martda
C) 1959-yil 15-martda D) 1959-yil 2-yanvarda
21. O‘zekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qachon “Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan?
A) 2017-yil 11-aprelda B) 2018-yil 25-mayda
C) 2017-yil 2-noyabrda D) 2017-yil 27-martda
22. SSSR Konstitutsiyasining nechanchi moddasida KPSSning sovet davlatidagi yetakchilik roli qonuniy mustahkamlab qo‘yilgan edi?
A) 8-modda B) 6-modda C) 12-modda D) 22-modda
23. SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surgan KPSS MK Bosh sekretarini aniqlang?
A) L.I. Brejnev B) K. Andropov
C) G. Chernenko D) M.S. Garbachov
24. Nazar Matchonov qaysi yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi?
A) 1959 – 1970-yillar B) 1978 – 1983-yillar
C) 1970 – 1978-yillar D) 1959 – 1961-yillar
25. 1971-1984 yillarda O’zb SSRda Ministrlar Soveti Raisi bo’lib ishlagan shaxs kim?
A) Orif Alimov B) Rahmonqul Qurbonov
C) Yodgor Nasriddinova D) Nurmuhammadi Xudoyberdiyev
26. Yodgor Nasriddinova qaysi yillarda SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan?
A) 1959 – 1970-yillar B) 1970 – 1974-yillar
C) 1970 – 1978-yillar D) 1959 – 1961-yillar
27. XX asrning 50-yillarida aniqlangan Hisor tog‘larining janubi-g‘arbiy tumanlarida joylashgan kondensat konini nomi to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) Uchqir B) Kultak C) Odamtosh D) O’rtabuloq
28. Qachon Buxoro viloyatida dunyoda eng yirik va ulkan Gazli neft-gaz konining topilgan?
A) 1955-yil B) 1957-yil C) 1956-yil D) 1966-yil
29. XX asrning 50-60-yillarida asos solingan Sovetobod hozirgi qaysi shahar?
A) Uchquduq B) Nurobod C) Obod D) Ulug’nor
30. Navoiy shahriga asos solingandan necha yil o’tib Navoiy viloyati tashkil etilgan?
A) 24 yil B) 23 yil C) 22 yil D) 21 yil
31. Ittifoqqa bo‘ysunuvchi va “yopiq shaharlar” deb ataluvchi shaharlarni aniqlang?
A) Jizzax, Zarafshon va Uchquduq
B) Navoiy, Yangiyo’l va Uchquduq
C) Yangiyo’l, Chirchiq va Uchquduq
D) Navoiy, Zarafshon va Uchquduq
32. O‘zbekiston rahbariyati qachon respublikada butifos kimyoviy moddasidan foydalanishni taqiqlasa ham, ayrim xo‘jaliklar bu usuldan keyinchalik ham foydalandilar?
A) 1980-yili B) 1983-yili C) 1982-yili D) 1981-yili
33. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘lim har ming bolaga nisbatan 1986-yilda ... nafar bo’lgan?
A) 46,5 B) 58 C) 72 D) 48,5
34. Orolbo’yi mintaqasida paxtachilik va chorvachilik 1980 – 1985-yillarda har yili qancha rubldan zarar ko‘rdi?
A) 30 mln B) 50 mln C) 70 mln D) 80 mln
35. Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan og‘ir ekologik vaziyatda, ayniqsa, dengizga yaqin bo‘lgan qaysi shaharlari va atrofidagi ovullar aholisi ko‘p aziyat chekdi?
A) Mo‘ynoq, Ellikqala, Chimboy
B) Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Chimboy
C) Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Taxta
D) Xo’jayli, Qo‘ng‘irot, Chimboy
36. Kimyo zavodlari asosan aholisi ko‘p bo‘lgan qaysi shaharlarida qurilgan edi?
A) Navoiy, Jizzax, Farg‘ona
B) Navoiy, Chirchiq, Yangiyo’l
C) Navoiy, Chirchiq, Buxoro
D) Navoiy, Chirchiq, Farg‘ona
37. Zaharlilik darajasi yuqori bo‘lgan kimyoviy modda – … g‘o‘zani defoliatsiya qilish (bargini to‘kish) uchun O‘zbekistonda … yil davomida ishlatildi?
A) Butifos, 20 B) Sulfat, 20 C) Merkamtapos, 30 D) Fosfor, 30
38. Orolbo’yi mintaqasida ekologik vaziyatning yomonlashuvi natijasida qaysi kasallik 30 marotabaga ortdi?
A) Yuqumli sariq kasallik B) Qorin tifi
C) Saraton (rak) D) Kamqonlilik
39. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublikada necha tonna pestitsidlar qishloq xo‘jaligida qo‘llanildi?
A) 60 000 tonna B) 90 000 tonna
C) 80 000 tonna D) 70 000 tonna
40. Orol dengiziga quyilayotgan Amudaryo va Sirdaryo suv hajmining kamayib borishi va tabiiy bug‘lanishning yuqoriligi tufayli Orol dengizining qancha hududi quruqlikka aylangan?
A) 20 000 km2 B) 30 000 km2 C) 40 000 km2 D) 50 000 km2



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin