10-sinf Jahon tarixi 1-5 mavzular #1. Eng yangi tarixning qaysi bosqichi «uchin chi dunyo» mamlakatlari rivojlanishining jadallashuvi bilan xarakterlanadi?
A) 1 B) 2 +C) 3 D) 2 va 3
#2. Alohida shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yishga qaratilgan nazariya bu - ….
+A) Individualizm B) Anarxizm
C) Totalitarizm D) Libiralizm
#3. Birinchi jahon urushidan keyingi og‘ir ahvolga qaramasdan, hukmron doiralari «Biz istaganimizning hammasiga, hatto undan ham ko‘prog‘iga erishdik» deya, xalqini xotirjam qilishga uringan davlatda jahon iqtisodiy inqirozi tufayli sanoatning qaysi tarmoqlari inqirozga yuz tutgan?
1) metallurgiya 2) Mashinasozlik 3) oziq-ovqat
4) to’qimachilik 5) kemasdozlik 6) elektrotexnika
A) 1,3,5,6 B) 1,2,4,6 C) 2,3,4,5 +D) 1,2,3,4
#4. Quyida berilgan Eng yangi tarix bosqichlarini davriyligi bo’yicha mos ravishda joylang.
1) 1918-1945-yillar. 2) 1945-1991- yillar. 3) 1991-yildan – hozirga qadar.
a) industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining boshlanishi davri hisoblanib, bu bosqich inqiroz, jahon urushlarida, sotsialistik va milliy-ozodlik inqiloblarida, Germaniya, Italiya, Yаponiya, SSSRda totalitar tuzumlarning qaror topishida, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvida namoyon bo’ldi;
b) Bu bosqich mazmunini mustamlaka tizimining qulashi va ko’plab mustaqil davlatl arning tashkil topishi, «sovuq urush», dunyoni yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi tashkil qiladi;
c) xalqaro munosabatlarda shakllangan ikki qutbli tizimning inqirozi, sotsialistik tizimning barbod
bo’lishi, SSSRning tarqalib ketishi va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi
bilan boshlanadi.
A) 1-a; 2-c; 3-b. B) 1-b; 2-c; 3-a.
+C) 1-a; 2-b; 3-c. D) 1-c; 2-a; 3-b.
#5. Ma’lumki, Birinchi jahon urushi xalqaro munosabatlarga va
dunyoning siyosiy xaritasiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ana shu ta’sir noto’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) Rossiyada monarxiya ag’darildi.
B) Yevropada yangi davlatlar vujudga keldi.
C) Germaniya, Avstriya-Vengriya va Usmoniylar imperiyalari
tarqalib ketdi.
+D) Sovuq urush davri boshlandi.
#6. Parij tinchlik konferensiyasi bo’lib o’tgan sanani belgilang.
A) 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha
B) 1919-yil 21-yanvardan 1921-yil 18 yanvargacha
+C) 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha
D) 1919-yil 28-iyundan 1921-yil 6-fevralgacha
#7. Qachon Germaniya bilan Versal tinchlik shartnomasi imzolanadi?
+A) 1919-yil 28-iyun B) 1919-yil 10-sentabr
C) 1919-yil 27-oktabr D) 1920-yil 4-iyul
#8. Millatlar Ligasi kimning tashabbusi
bilan tashkil qilinadi?
A) David Llyod Jorj +B) Vudro Vilson
C) Raymon Puankare D) Jorj Klemanso
#9. Millatlar Ligasi haqida keltirilgan tog’ri hukmlarni belgilang.
1) Dastlab mag’lub davlatlar va Sovet Rossiyasi unga qabul
qilinmadi.
2) Germaniya mustamlakalarini va Turkiyaning Yaqin Sharqdagi yerlarini g’olib davlatlar tomonidan bo’lib olish uchun Millatlar Ligasi Nizomiga mandat, ya’ni ma’lum bir
hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi kiritildi.
3) «abadiy tinchlik» vositasi deb e’lon qilingan Millatlar Ligasi g’olib davlatlar ning dunyoni o’zaro bo’lib olishiga qonuniy tus berdi, ittifoqchilarning urushdagi g’alabasini mustahkamladi.
4) Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o’rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi.
5) Millitlar Ligasi Angliya bosh vaziri D.L.Jorjning tashabbusi bilan Vashington konferinsiyasida tashkil qilindi.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 +D) 1, 2, 3, 4
#10. Qachon Millatlar Ligasi nomidan
Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo
va Afrikadagi katta hududlarni
boshqarishga mandat oldi?
A) 1919-yil mart B) 1919-yil aprel
+C) 1919-yil may D) 1919-yil fevral
#12. Vashington konferensiyasi boshlangan – “a” va tugagan – “b” yillarni to’g’ri tartibda joylang.
+A) a- 1921-yil 12-noyabr; b- 1922-yil 6-fevral.
B) a- 1919-yil18-yanvar; b- 1920-yil 21-yanvar.
C) a- 1914-yil 28-iyul; b- 1918-yil 11-noyabr.
D) a- 1919-yil 28-iyun; b- 1921-yil 6-fevral.
#13. Vashington konferensiyasida asosiy rol o’ynagan davlatlar to’g’ri keltirilgan javobni toping.
A) AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya
B) Germaniya, Yaponiya va Italiya
+C) AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya
D) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya
#14. Qaysi yillarda imzolangan shartnomalar va jahondagi
kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini oldi?
+A) 1919 – 1923-yillar B) 1919 – 1921-yillar
C) 1920 – 1922-yillar D) 1918 – 1920-yillar
#15. Birinchi jahon urushidan so’ng G’arbning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan o’ng radikal, ekstremistik harakatlar umumiy nom bilan nima deb ataladi?
A) sotsializm B) kommunizm
+C) fashizm D) konservatizm
#16. Versal-Vashington tizimining inqirozi oqibatida, qarama-qarshi harbiy-siyosiy ittifoqqa birlashgan – “a”, “b” va qarama-qarshilikdan o’z manfaatlari yo’lida foydalanish maqsadida kutib turishni ma’qul ko’rgan – “c” davlatlarni mos ravishda joylashtiring.
1) SSSR. 2) Buyuk Britaniya. 3) Fransiya. 4) Germaniya.
5) AQSH. 6) Yaponiya. 7) Italiya.
A) a- 1, 5; b- 2, 3, 7; c- 4, 6. B) a- 2, 5; b- 4, 6, 7; c- 1, 3.
C) a- 2, 3; b-1, 5; c- 4, 6, 7. +D) a- 2, 3; b- 4, 6, 7; c- 1, 5.
#17. Quyida berilgan olimlardan qaysi birlari uranning parchalanishi jarayonida yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda katta energiya ajralib chiqishi to’g’risidagi
g’oyani shakllantirdi?
1) Enriko Fermi. 2) Frederik JolioKyuri. 3) Boris Grabovskiy. 4) Ivan Belyanskiy. 5) Jon Makleod. 6) Frederik Banting.
7) Aleksandr Fleming.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 7 +D) 1, 2
#18. Tajribalar jarayonida o’t pufagi gormoni bo’lgan insulinni olishga muvaffaq bo’lgan fiziolog olimlarni toping.
1) Enriko Fermi. 2) Frederik JolioKyuri. 3) Boris Grabovskiy. 4) Ivan Belyanskiy. 5) Jon Makleod. 6) Frederik Banting.
7) Aleksandr Fleming.
A) 3, 4 B) 1, 2 +C) 5, 6 D) 6, 7
#19. Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni amalga oshirgan ixtirochilarni belgilang.
1) Enriko Fermi. 2) Frederik JolioKyuri. 3) Boris Grabovskiy. 4) Ivan Belyanskiy. 5) Jon Makleod. 6) Frederik Banting. 7) Aleksandr Fleming.
A) 1, 2 +B) 3, 4 C) 5, 6 D) 1, 7
20. Nemis olimlari tomonidan uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasi kashf etilganidan necha yil o’tib ilk atom reaktori yaratildi?
+A) 4 yil B) 5 yil C) 6 yil D) 7 yil
#21. Quyida keltirilgan mulohazalardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilmagan.
A) 1930-yillar ovozli kino ustida ishlash davri bo’ldi.
B) 1927 yilda Vashingtonda namoyish qilingan «Jaz kuychisi» filmini mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishgan.
+C) Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk
kashfiyotlaridan biri deb tan olindi.
D) 1920-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi.
#22. Jon Makleod va Frederik Bantning ixtirosi natijasida qaysi kasallik bedavo dard bo’lmay qoldi?
A) chechak B) animiya +C) qandli diabet D) gripp
#23. Britaniya tarixiga oid quyida berilgan ma’lumotlarni yillariga mos ravishda joylashtiring.
1) Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojarolardan biri ishchilarning umumiy ish tashlashi yuz berdi.
2) Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo’yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko’rsatkichlarga yetib oldi.
3) Mamlakat jahon iqtisodiy inqirozdan chiqa boshladi.
a) 1926-yil may; b) 1934-yil; c) 1937-yil.
A) 1-b; 2-c; 3-a. B) 1-a; 2-b; 3-c.
+C) 1-a; 2-c; 3-b. D) 1-c; 2-b; 3-a.
#24. Qaysi yillar Buyuk Brianiyada murakkab siyosiy va iqtisodiy holatda n‟anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni boshidan kechirdi?
A) 1919 – 1923-yillar +B) 1918 – 1924-yillar
C) 1917 – 1923-yillar D) 1919 – 1924- yillar
#25. Quyida berilgan Britaniya tarixiga oid javoblardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan.
+A) 1937– 1940-yillari hukumatni konservatorlar yetakchisi Uinston Cherchill boshqardi.
B) Leyboristlar partiyasi1924-yil yanvarda Buyuk Britaniya
tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi.
C) Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen hukumat boshlig’i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo’ldi.
D) Uinston Cherchill XX asr Buyuk Britaniya tarixida juda katta rol o’ynagan siyosatchi
#26. Quyida berilgan voqealarni ular sodir bo’lgan yillar bilan bir-biriga moslashtirilgan javobni toping.
1) Hindistonning Armitsar shahrida ingliz qo’shinlari tinch
namoyishchilarni o’qqa tutdi.
2) inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi.
3) Buyuk Britaniya Afg’oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilishdan voz kechishga
majbur bo’ldi.
4) Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo’lgan «Ozod
Irlandiya davlatini» tan oldi.
a) 1919-yil; b) 1921-yil dekabr; c) 1922-yil.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b. +B) 1-a, 2-c, 3-c, 4-b.
C) 1-a, 2-a, 3-c, 4-b. D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-b.
#27. Britaniyaning qaysi bosh vaziri muqarrar bo’lib qolgan urushni sharqqa qarab yo’naltirish maqsadida Adolf Gitler, Benito Mussolini va Eduard Dalade bilan birgalikda
Myunxen kelishuvini imzoladi?
A) Uinston Cherchill B) David Lloyd Jorj
+C) Nevill Chemberlen D) Jems Kemeron
#28. Garchi Fransiya Birinchi jahon urushini g’olib davlat sifatida ya’kunlagan bo’lsada, urush harakatlari bo’lib o’tgan Fransiya hududining qancha qismidagi sanoat korxonalari vayron bo’ldi?
A) 1/2 B) 1/5 C) 1/4 +D) 1/3
#29. Fransiyada 1920-yillari paydo bo’lgan sanoatning yangi turlarini aniqlang.
1) to’qimachilik. 2) avtomobilsozlik. 3) metallurgiya.
4) samolyotsozlik. 5) oziq-ovqat. 6) neftni qayta ishlash.
7) kimyo sanoati. 8) mashinasozlik.
A) 1, 3, 5, 8 +B) 2, 4, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4 D) 5, 6, 7, 8
#30. Fransiyada Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi saylovlarida o’ng kuchlar g’alaba qozongan yillarini belgilang.
+A) 1919, 1928, 1934-yillar B) 1919, 1930, 1936-yillar
C) 1919, 1926, 1933-yillar D) 1919, 1924, 1929-yillar
#31. «Xalq frontidan ko’ra Gitler ma’qul», – deya bayonot bergan o’nglar yetakchisini aniqlang.
A) Eduard Dalad’e B) Leon Blyum
+C) Pyer Laval D) Eduard Errio
#32. Fransiya hukumatining qaysi rahbari Chexoslovakiyani fashistik Germaniyaga topshirgan “Myunxen kelishuvi”ni ma’qulladi?
A) L. Blyum B) N. Chemberlen
C) E. Errio +D) E. Dalad’e
#33. Qachon nemis qo’shinlari Parijga kirib keladi?
A) 1940-yil 10-iyun B) 1941-yil 14-iyun
+C) 1940-yil 14-iyun D) 1940-yil 14-iyul
#34. Quyida berilgan atamalarni o’z ta’riflariga moslang.
1) Shovinizm. 2) O’nglar. 3) So’llar.
a) mavjud tuzumni keskin o’zgartirmaslik, uni konstitutsiya
doirasida rivojlantirish tarafdorlari.
b) mavjud tuzumni o’zgartirish, keskin islohotlar tarafdorlari.
c) bir irqning boshqalardan ustunligini da’vo qiluvchi, millatlar
o’rtasida nizo urug’ini sochuvchi o’ta o’ng, ashaddiy millatchilik.
A) 1-a; 2-c; 3-b. +B) 1-c; 2-a; 3-b.
C) 1-b; 2-c; 3-a. D) 1-a; 2-b; 3-c.
#35. Qaysi yillarda jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan
dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi?
A) 1929-1933-yillarda +B) 1924-1929-yillarda
C) 1924-1926-yillarda D) 1921-1925-yillarda
#36. Birinchi jahon urushidan oldin qarzdor bo’lgan va urushdan so’ng kreditorga kaylangan davlatni belgilang.
A) SSSR B) Germaniya +C) AQSH D) B. Britaniya
#37. Urushdan so’ng AQSH da jadal rivojlangan iqtisodning eng yangi sohalarini aniqlang.
1) elektrotexnika; 2) kimyo; 3) aviatsiya; 4) neft sanoati;
5) avtomobilsozlik; 6) kino sanoati; 7) radiotexnika. 8) parovozsozlik
A) 1, 3, 5, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 7, 8
C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8 +D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
#38. AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy
inqirozdan chiqib oldi.
+A) 1930-yillarning ikkinchi yarmida
B) 1930-yillarning birinchi yarmida
C) 1920-yillarning ikkinchi yarmida
D) 1930-yillarning o’rtalarida
#39. Qachon Vashingtonda yuz bergan ishsizlar namoyishini hukumat kuch bian bostirishga majbur bo’ldi?
A) 1933-yilda B) 1934-yilda C) 1931-yilda+D) 1932-yilda
#40. Qaysi AQSh prezidenti keyinchalik neytralitet haqidagi
qonun va izolatsionizm siyosati xato bo’lganligini tan olgan edi?
A) Eyzenxauer B) G. Trumen C) T. Ruzvelt +D) F. Ruzvelt