6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 16-20- mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə58/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf Jahon tarixi 16-20- mavzular
1. Osiyoga olib boradigan, dengiz yo’llari kesishgan qaysi hudud 1898-yilda AQSh tomonidan bosib olingan?
A) Gavayi orollari B) Marian orollari
C) Marshall orollari D) Guam orollari
2. Quyidagi qaysi shaharda XIX asr oxirida Puerto-Riko va Guam orollari, shuningdek, Filippinni AQShga o’tishini tasdiqlovchi shartnoma imzolangan?
A) Buenos-Ayres B) Berlin C) Parij D) Rim
3. Lotin Amerikasini bo‘ysundirish uchun boshqa davlatlarga qarshi kurashda AQSh "Monro doktrinasi" qanday shiorga tayanib ish olib borgan?
A) "Amerika amerikaliklar uchun"
B) "Buyuk Amerika shiori"
C) "Amerikaliklar kelajagi g‘arbiy yarimsharda"
D) "Barcha amerikaliklarga yordam "
4. ”Monro doktorinasi” qachon qabul qilingan?
A) 1813 yil B) 1821 yil C) 1825 yil D) 1823 yil
5. Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda "xalqaro politsiya" rolini bajarish AQSh ning burchi bo‘lishi kerak ekanligi qaysi doktrinada ta’kidlanadi?
A) "Monro doktrinasi"da B) "Dollar diplomatiyasi"da
C) "Xey doktrinasi"da D) "Marshal rejasi"da
6. 1889-yilda AQSh Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Ushbu konferensiyaning birdan-bir aniq natijasi ...
A) "Monro doktrinasi" ni qabul qilish.
B) Lotin Amerikasi davlatlariga 2 mlrd. dollar imtiyozli kredit berish.
C) "Amerika respublikalari syezdi" degan assotsiatsiya tuzish.
D) Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o'rtasidagi ziddiyatni hal etish.
7. 1895-yilda tashkil topgan Argentina sotsialistik partiyasi qanday islohotlar o'tkazish uchun kurash olib bordi? 1) diniy ta’limni bekor qilish; 2) 8 soatlik ish kunini jariy qilish; 3) yagona soliq joriy qilish, 4) kasaba uyushmalarini birlashtirish; 5) 18 yoshga to'lganlarga saylov huquqini berish; 6) namoyishlarga ruxsat olish.
A) 1,3,4,6 B) 1,2,5,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
8. Argentina tarixiga oid quyidagi voqealarni to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) “Immigratsiya va kolonizatsiya to‘g‘risida” qonun qabul qilindi; 2) Buenos-Ayresda milliy bank ochildi; 3) Argentina Sotsialistik partiyasi tuzildi
A) 2, 3, 1 B) 3, 2, 1 C) 1, 3, 2 D) 2, 1, 3
9. Qaysi javobda Kubaning milliy qahramonlari - 1895-yilda ko'tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbarlari keltirilgan?
A) Xose Marti va Maksimo Gomes
B) Emiliano Sapata va Fransisko Vilya
C) Antonio Maseo va negr Merkado
D) Xose San Martin va Migel Idalgo
10. XIX asrning oxirida yozish va o’qishni biluvchi fuqorolarga umumiy saylov huquqi berilgan mamlakatni aniqlang.
A) Braziliya B) Meksika C) Argentina D) AQSh
11. AQShning qo'llab-quvvatlashidan ruhlanib Meksikada 1913-yilda davlat to'ntarishi o'tkazgan shaxsni aniqlang.
A) Dias B) Uerta C) Viliya D) Madero
12. Meksikadagi 1910-1917-yillar burjua inqilobi davrida mamlakatning shimolidagi dehqonlar harakatiga kim boshchilik qilgan?
A) Fransiska Vilya B) Emilyano Sapata
C) Fransisko Madero D) Porfio Dias
13. Lotin Amerikasi davlatlarining qaysi birida qullar tomonidan Bonifatsio prezident etib saylandi?
A) Argentinada B) Meksikada
C) Gondurasda D) Braziliyada
14. 1895-1896-yillarda Buyuk Markaziy Amerika Respublikasiga birlashgan davlatlarni aniqlang.
A) Kosta-Rika, Boliviya, Nikaragua
B) Gonduras, Salvador, Nikaragua
C) Venesuela, Bogota, Panama
D) Gvatemala, Kosta-Rika, Gonduras
15. XIX asr oxirida Rossiya podshosi hokimiyatining asosiy tayanchi ...
A) pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi
B) mehnatkash aholi hamda dehqonlar edi
C) yirik korxona va monopoliya egalari edi
D) chet el kapitalistlari edi
16. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya tarixiga oid ma’lumotlardan to‘g‘rilarini toping.
1) Rossiya imperiyasi tarkibida 100 ga yaqin millat va elat vakillari yashardi.
2) Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos xususiyat, bu - Rossiyaga chetdan kapital kiritishdan ko‘ra, chetga kapital chiqarishning ustunligi edi.
3) Rossiya sanoatiga qo'yilgan chet el kapitalining asosiy qismi Buyuk Britaniya hissasiga to‘g‘ri kelardi.
4) Rossiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish ham o'sgan bo‘lib, asosiy eksport mahsuloti g'alla edi.
5) Rossiya neft qazib chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqib oldi.
A) 1, 2 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 3, 4
17. Tarixdan ma'lumki, Rossiya 1877-yilda Turkiyaga qarshi urush e'lon qildi va katta talofot yetkazdi. Rossiyaning muvaffaqiyatlari Buyuk Britaniyani tashvishga solib qo'ydi va...
1) o‘z harbiy kemalarini Marmar dengiziga kiritdi; 2) o‘z harbiy kemalarini O‘rta yer dengiziga kiritdi; 3) rus armiyasi Konstantinopolga bostirib kirsa, Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzishini ma'lum qildi; 4) o‘z harbiy kemalarini Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlariga joylashtirib, Istambul shahri himoyasida Turkiyaga harbiy madad taklif etdi; 5) Andrianopol shahriga ingliz harbiy kuchlarini joylashtirib, Turkiyani muqarrar halokatdan saqlab qolish choralarini ko'rdi
A) 3, 4 B) 1, 5 C) 1, 3 D) 2, 3
18. 1878-yilning 13-iyunida ochilgan Berlin Kongressining qarorlari qaysi javobda to‘g‘ri ko'rsatilgan?
1) Bosniya va Gersogovina, Ruminiya davlatlarining mustaqilligi tan olindi.
2) Chernogoriya va Serbiya Avstriya-Vengriyaga in'om qilindi.
3) Buyuk Britaniya kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi.
4) Kipr oroli Fransiyaga berildi.
5) Bolgariya ikkiga bo‘lib yuborildi.
6) Turkiya to'lashi lozim bo‘lgan to'lovning katta qismi evaziga Bolqondagi Botumi, Kars, Ardagan hududlari Rossiyaga berildi.
A) 4, 5, 6 B) 3, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 5
19. “Demobilizatsiya” atamasining ma'nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) boshqa davlat hududini zo‘ravonlik yo‘li bilan butunlay yoki qisman o‘z davlatiga qo‘shib olish
B) bir turdagi ishga barchani jalb qilish
C) Yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzda ifoda etuvchi tushuncha
D) harbiy xizmatdan bo‘shatish
20. Rossiyada birinchi rus inqilobi yuz berganda hukmron tabaqalar undan qanday zarur saboqlar chiqardi?
1) mamlakatda sanoat ishlab chiqarishini jadallashtirish; 2) dehqonlarni inqilobiy harakatdan chetlashtirish; 3) ijtimoiy muammolarni hal etish; 4) qishloqlarda podsho hokimiyatining kuchli ijtimoiy tayanchini vujudga keltirish; 5) aholini chekka hududlarga ko’chirish.
A) 4,5 B) 2,5 C) 1,3 D) 2,4
21. 1877-1878-yillarda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Turkiya urushi davrida yana qaysi davlatlar urush harakatlarida qatnashganligini aniqlang.
A) Chernogoriya va Bolgariya
B) Gersogovina va Bolgariya
C) Serbiya va Chernogoriya
D) Serbiya va Bolgariya
22. XIX asrning 70-yillarida Bolqon yarim orolining siyosiy xaritasini tubdan o'zgartirib yuborgan shartnomani aniqlang.
A) Kuchukqaynarji B) San-Stefano
C) Vashington D) Berlin traktati
23. Rossiyada Stolipinning agrar isiohoti...
A) badavlat dehqonlarning mavqeini pasaytirdi
B) qishloq aholisining tabaqalashuvi va ichki bozorning o'sishini kuchaytirdi
C) pomeshik yer egaligini tugatdi
D) dehqonlar qaramligini butunlay bekor qildi
24. San-Stefano shartnomasini qayta ko'rib chiqishni talab qilgan davlatlarni belgilang.
1) Buyuk Britaniya; 2) Rossiya; 3) Turkiya;
4) Germaniya; 5) Avstriya-Vengriya;
6) Ruminiya; 7) Chernogoriya.
A) 2, 5, 6 B) 5, 6, 7 C) 1, 4, 5 D) 1, 3, 7
25. 1878 yilda Rossiya-Turkiya o‘rtasida tuzilgan San-Stefano shartnomasiga ko‘ra ...
1) Bolgariya Turkiyaga nomigagina qaram, amalda esa mustaqil davlatga aylandi;
2) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiya to‘la mustaqil davlatlar deb tan olindi;
3) Turkiyaning Rossiyaga katta miqdorda tovon to‘lashi belgilandi;
4) Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi;
5) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning muxtoriyati tan olindi
A) 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
26. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Rossiya sanoatiga kiritilgan chet el sarmoyasining asosiy qismi qaysi mamlakatga tegishli edi?
A) AQShga B) Angliyaga C) Fransiyaga D) Yaponiyaga
27. "Stolipin agrar islohoti" da dehqonlarning xususiy yerga ega bo'lish masalasi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo'ljallangandi. Quyidagilardan ushbu 3 usulga to'g'ri kelmaydigan javobni aniqlang.
A) jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirish hamda dehqonga o'z yerini sotish huquqini berish
B) dehqonlarning davlat va pomishchiklarga qarashli yerlarini sotib olishlari uchun Dehqonlar banki orqali yordam berish
C) yer tanqisligi kuchli bo'lgan markaziy mintaqadagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka ollkalariga ko'chirish
D) aholining boy qismi mol-mulkini musodara etish, yalpi mehnat majburiyatini joriy etish va aholi tabaqalanishining oldini olib, tashqi bozor o'sishini ta'minlash
28. Yaponiya qaysi hudud evaziga Rossiyadan 1875-yil Kuril orollarini ajratib oldi?
A) Kanxva oroli B) Port Atur
C) Shimoliy Saxalin D) Janubiy Saxalin
29. Ushbu so`zlar quyidagi qaysi AQSh prezidentiga tegishli: “ Yangi davr arafasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni boshqarishimiz kerak ”.
A) T. Ruzvelt B) Ch. Artur
C) V. G. Taft D) V. Vilson
30. Quyidagi tadbirlardan qay birlari Meksika prezidenti Maderno tomonidan amalga oshirildi?
A) “Dehqonlarni himoya qilish xuntasi”ni tuzdi, hindulardan g‘ayriqonuniy tortib olingan yerlarini qaytarib berdi
B) ish kununi 10 soatgacha cheklab qo‘ydi va ishlab chiqarishda jarima tizimini bekor qildi
C) 8 soatlik ish kunini joriy qildi, mamlakatning barcha aholisi saylov huquqini qo‘lga kiritdi
D) latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar dehqonlarga qaytarildi, demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin