6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 31-35- mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə61/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf Jahon tarixi 31-35- mavzular
1. Gandamak bitimi imzolanganidan keyin Afg'oniston mustaqilligini yo‘qotdi va Qobulga ingliz rezidensiyasi ochildi. Rezidensiyaning vazifasiga nima kirgan edi?
A) Afg'oniston hududlariga joylashtirilgan ingliz harbiy qismlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turish
B) afg‘on amiri hatti-harakatlari hamda Buyuk Britaniyadan yuborilgan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat qilish
C) Rossiya hukumati va uning qo‘shinlari Afg'oniston hududlariga kirib kelishiga yo‘l qo'ymaslik
D) Afg‘oniston xoni va Rossiya hukumati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ustidan nazorat olib boorish
2. Mamlakatda yopiq siyosat yuritib, chet elliklar, ayniqsa, yevropaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlagan afg‘on hukmdorini toping.
A) Omonulloh B) Habibullo
C) Amir Abdurahmon D) Yoqubxon
3. Buyuk Britaniya va Afg'oniston o'rtasida "Buyuk Britaniyaning Afg‘onistonda temir yo’l qurishiga rozilik berish, ingliz fuqarolarining Afg'onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish" kabi talablari ko'zda tutilgan bitim qachon imzolangan?
A) 1907-yilda B) 1910-yilda
C) 1905-yilda D) 1901-yilda
4. Quyida keltirilgan ta’rif qaysi davlat haqidaligini toping.
"... XX asr boshida ishlab chiqarish sanoati yo‘q qoloq davlat bo‘lib qolaverdi; soliqlar pul bilan emas, mahsulot sifatida olinardi".
A) Xitoy B) Turkiya C) Eron D) Afg’oniston
5. Afg'on amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so'rab elchi yuborganda, unga javoban Qobulga jo'natilgan elchilik missiyasiga kim boshchilik qilgan?
A) polkovnik Krivonogov B) general Vasilyev
C) general Stoletov D) general Skobelev
6. Berilganlardan 1880 yilda sodir bo'lgan voqealarni aniqlang
1) Abdurahmon Shimoliy Afg'onistonda o'z hokimiyatini o'rnatdi; 2) Qandahorda Ayubxon ingliz harbiy brigadasini yanchib tashladi; 3) Abdurahmonning mag’lubiyatga uchragan Ayubxon chet elga qochib ketishga majbur bo’ldi;
4) Afg’onistonda Abdurahmonning to'liq hokimiyati o'rnatildi; 5) Sheralixon ingliz missiyasini Qobul shahrida qabul qilishdan bosh tortdi; 6) Afg'oniston amiri Yoqubxon Gandamak bitimini imzoladi
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,3,5
7. Hind daryosi bo'yida yashovchi afg'on qabilalari inglizlar tomonidan bo'ysundirilgan yilni aniqlang.
A) 1839-yil B) 1849-yil C) 1848-yil D) 1838-yil
8. Qaysi davlatlarda XIX asrda joriy etilgan ikki palatali parlament Senat va Deputatlar palatasi deb nomlangan?
1) Turkiya; 2) Italiya. 3) Yaponiya;
4) Fransiya; 5) Germaniya; 6) Rossiya
A) 4,5,6 B) 1,4,5 C) 2,3,6 D) 1,2,4
9. Nima uchun Germaniya XX asr boshlarida panturk va panislom mafkurasini oʻziga shior qilib olgan “Uchlik” (Turkiya) ni qoʻllab- quvvatlay boshladi?
A) Bu mafkura g'oyalari "Uchlar ittifoqi” manfaatlariga zid edi
B) “Ittihodi Muhammadi” partiyasining xavfini oldini olish maqsadida
C) Bu mafkura gʻoyalari Antanta manfaatlariga zid edi
D) Turkiya mustamlakalariga ega bo'lish maqsadida
10. XIX asr oxirlarida Turkiya iqtisodining taraqiyyotiga to'siq bo'lgan sabablarni ko‘rsating.
A) sanoatda qishloq xoʻjaligida yetishtirilgan xom ashyoni qayta ishlash texnikasining yetishmasligi
B) Germaniya bilan yaqinlashish oqibatlari
C) eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko'pligi
D) haydaladigan yerlarning 75%i katta yer egalariga qarashliligi
11. Quyidagi voqealardan qaysi biri Turkiyaning Bolqondagi ta'siridan to‘la ajralishiga olib keldi?
A) San-Stefano sulh shartnomasining imzolanishi
B) Turkiyaning Germaniya bilan yaqinlashishi
C) I va II Bolqon urushlari
D) Turkiyaning I jahon urushida “Uchlar ittifoqi”ga qo‘shilishi
12. Turkiyada 1912-yil avgustidan 1913-yil yanvar oyigacha davlatni boshqargan siyosiy partiya qaysi javobda ko'rsatilgan?
A) "Ittihodi Muhammadiy" B) "Hurriyat va birdamlik"
C) "Yosh turklar" D) "Birlik va taraqqiyot"
13. Ingliz monopolisti Reyter Eronda "Shahanshohbank" ochishga erishgan yili jahon tarixida qanday voqea yuz berdi?
A) Abdullaziz shayx ul-Islom fatvosi bilan taxtdan tushirildi
B) Istanbulda harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari yashirin "Birlik va taraqqiyot” tashkilotini tuzishdi
C) Turkiyada konstitutsiya e’lon qilindi
D) Turkiya moliyaviy bankrot deb e’lon qilindi
14. Turkiyaning qaysi partiyasi "Yosh turklar" ni xudosizlikda aybladi?
A) "Hurriyat va birdamlik partiyasi"
B) "Ittihodi Muhammadi"
C) "Birlik va taraqqiyot"
D) "Hizb-ul Vatan"
15. 1881-yil sudanliklar yo'lboshchisi Muhammad Ahmad xalqini kimlarga qarshi muqaddas urushga chaqirgan edi?
1) misrliklarga; 2) turklarga; 3) efiopiyaliklarga,
4) yevropaliklarga; 5) forslarga; 6) zuluslarga
A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,2,4 D) 3,4,5
16. XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Shimoliy Afrika mamlakatlari tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotni toping.
A) 1888-yildagi konvensiyaga ko‘ra Suvaysh kanalidan barcha davlatlar xoh urush, xoh tinchlik vaqtida bo‘lsin, erkin foydalanish huquqini olishdi.
B) XIX asrning 70-yillariga qadar Afrikaning shimolida va shimoli-g‘arbida, ya'ni arablar yashamaydigan hududlarda mutlaq podsholik tuzumlari hukm surardi.
C) 1882-yilda Misr qo‘shini rahbarlaridan biri Jamoliddin al-Afg‘oniy Qohirada oliy davlat organi - Muvaqqat Kengash tuzdi.
D) XIX asrning oxirida Misr, Tripolitaniya, Kirenaika va Tunis amalda Turkiya sultoniga itoat etardi.
17. XIX asrning oxirida qaysi Afrika davlatida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi?
A) Suriya B) Marokash C) Jazoir D) Tunis
18. Nil daryosi boshlanish havzalarini ilmiy o‘rganish bahonasi bilan yevropaliklar qaysi mamlakatni “ochishdi”?
A) Ruanda B) Uganda C) Chad D) Buganda
19. G‘arbiy Afrikada mustamlakalar uchun kurashda quyidagi qaysi davlatlarning manfaatlari to‘qnash keldi?
1) Angliya; 2) Fransiya; 3) Ispaniya;
4) Portugaliya; 5) Italiya; 6) Germaniya;
7) Belgiya; 8) AQSh; 9) Daniya; 10) Shvetsiya
A) 1, 2, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 5, 6, 9
C) 1, 2, 3, 7, 9, 10 D) 1, 2, 4, 5, 6, 10
20. Buyuk Britaniya Bunoro davlatini qachon bosib olgan edi?
A) XIX asr oxirida B) XX asr boshida
C) XIX asr o‘rtalarida D) XIX asr boshlarida
21. Qaysi davlatlar Janubiy Afrika Ittifoqi nomi ostida birlashgan? (1910-yil)
A) Transvaal, Oranj, Buganda, Bunora
B) Gambiya, Transvaal, Natal, Bunora
C) Ugauda, Natal, Kap, Gambiya
D) Transvaal, Oranj, Natal, Kap
22. 1889-1913-yillarda Qizil dengiz bo‘yi va Somali yarimoroli quyidagi qaysi davlatlar o‘rtasida taqsimlanib olindi?
1) Buyuk Britaniya; 2) Ispaniya; 3) Portugaliya; 4) Fransiya;
5) Belgiya; 6) Gollandiya; 7) Germaniya.; 8) AQSh; 9) Italiya
A) 4, 5, 6 B) 1, 4, 9 C) 1, 4, 8 D) 2, 3, 7
23. Quyidagi qaysi xalqlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida uchta mustamlakachi davlatlar ta'sirida yashashga majbur bo'lgan?
A) ukrainlar, gererolar B) polyaklar, kongoliklar
C) polyaklar, namalar D) burlar, polyaklar
24. Quyidaggi davlatlardan qaysi biri Afrikadagi o’z mustamlakalarida mahalliy boshqaruv tizimlarini saqlab, ularni o’z manfaatlariga bo’ysundirdi?
A) Fransiya B) Portugaliya
C) Buyuk Britaniya D) Germaniya
25. Yevropa davlatlarining Afrikadagi mustamlakachilik siyosati tufayli Kongo hududlari quyidagi qaysi davlatlarning mustamlakasiga aylandi?
1) Buyuk Britaniya; 2) Belgiya; 3) Fransiya; 4) Gollandiya;
5) Portugaliya; 6) Germaniya.
A) 2,3,5 B) 4,5,6 C) 3,4,5 D) 1,3,4
26. Afrika xalqlari Yevropa mustamlakachilariga qarshi olib borgan kurashlarida ularga rahbarlik qilgan shaxslar mos ravishda to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Muhammad Ahmad; 2) Ketchvayo; 3) Xendrik Vitboy;
4) Samuil Magarero;
a) gererolar; b) namalar; C) sudanliklar; d) zuluslar.
A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
27. Qaysi davlatning betarafligi haqidagi xalqaro hujjatni 1914-yilda Germaniya hukumati «bir parcha qog‘oz» deb atagan?
A) Shvetsiya B) Daniya C) Shveytsariya D) Belgiya
28. Qaysi javobda "Buyuk chekinish davri"da (1915-yil) Rossiya tashlab chiqishga majbur boʻlgan hududlar to'g'ri ko'rsatilgan?
1) Polsha; 2) Boltiqbo‘yi; 3) Kars va Batumi; 4) Finlandiya;
5) G‘arbiy Belorussiya; 6) G‘arbiy Ukraina
A) 1,3,5, 6 B) 2,3,4,5 C) 1,2,5,6 D) 1,3,4,6
29. 1915-yilda Germaniya suvosti kemalari tomonidan Buyuk Britaniyaning “Luzitaniya” deb ataluvchi yo‘lovchilar kemasi cho'ktirib yuborilgan vaqtda uning bortida qancha AQSh fuqarosi bo‘lgan?
A) 126 nafar B) 120 nafar C) 128 nafar D) 124 nafar
30. Rus qo'shinlarining birinchi jahon urushidagi “Buyuk chekinishi” quyidagi qaysi davlatning urushga kirish masalasini hal etdi?
A) Italiyaning B) Bolgariyaning
C) Turkiyaning D) Ruminiyaning



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin