6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 26-30 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə51/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi 26-30 mavzular
1. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan “Musulmonlar markaziy sho‘rosining ta’sis syezdida ishtirok etgan delegatlar qanday qarorga kelgan edilar?
1) Turkiston deb atalgan davlat tashkil etish; 2) Turkiston Muxtoriyati davlatini tuzish; 3) tarkibiga Buxoro, Xiva hamda Turkiston general-gubernatorligi kirgan yangi davlat tuzish; 4) Buxoro va Xiva davlatlarida monarxiya tuzumini saqlab qolgan holda, parlament shaklidagi Kengash tashkil qilish.
A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 3
2. Yoshlarning chet ellarga borib o‘qishi tarafdori bo‘lgan jadidlar qaysi jamiyat orqali talabalarni Turkiyaga o‘qishga
jo‘natganlar?
A) “Tarbiyayi atfol” B) “Jamiyati-xayriya”
C) “Ittifoq” D) “Ittihodi Taraqqiy
3. 1910-yilda Buxoroda “Tarbiyayi atfol” jamiyatini tashkil qilgan taraqqiyparvarlarni aniqlang.
1) Is’hoqxon Ibrat; 2) Hoji Rafi; 3) Usmonxo‘ja mahdum; 4) Siddiqiy Ajziy; 5) Mirza Abduvohid; 6) Hamidxo‘ja
Mehriy; 7) Muhammadamin maxdum; 8) Abdulqodir Shakuriy
A) 2,3,5,6,7 B) 1,3,5,6,8 C) 1,2,6,7,8 D) 2,4,5,7,8
4. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qayerda nashr qilingan qo‘llanmalardan foydalanilgan?
A) Angliya va Germaniya B) Turkiya va Eron
C) Xitoy va Hindiston D) Qozon va Orenburg
5. Turkistonda ikkinchi jadid maktabi qachon va kim tomonidan ochilgan?
A) 1898-yil Mannon qori B) 1898-yil Shamsiddin domla
C) 1898-yil Salohiddin domla D) 1897-yil Ahmadjon domla
6. Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati nechta oqimdan iborat bo‘lgan va ular qaysilar?
A) 3 ta oqim: Davlatmurod mahram boshchiligidagi o‘ng oqim, Islomxo‘ja boshchiligidagi so‘l oqim, xon rahbarligidagi markaz
B) Boboxon Salimov boshchiligidagi bitta oqim
C) ikkita oqim: qozikalon Boboxon Salimov boshchiligidagi so‘l oqim, bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligidagi o‘ng oqim
D) 4 ta oqim: Matmurod boshchiligidagi demokratlar, Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi respublikachilar, Bobooxun Salimov boshchiligidagi o‘ng oqim, Islomxo‘ja boshchiligi monarxiyachilar
7. Temiryo‘l orqali dastlabki poyezd Samarqandga kelgan yili...
A) “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh” kitobi chop etildi
B) Ismoil G‘aspirali Turkistonga sayohat qildi
C) Andijonda dastlabki yangi usul maktabi ochildi
D) “Fargo‘na sahifasi” jurnali chiqa boshladi
8. 1910-yil Turkiston taraqqiyparvarlarining eng yoshi kichigi va eng yoshi kattasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Abdulla Qodiriy va Munavvar Qori
B) Abduqodir Shokuriy va Ahmad Donish
C) Obidjon Mahmudiy va Fitrat
D) Cho‘lpon va Mahmudxo‘ja Behbudiy
9. “Adibi avval”, “Adibi soniy” kabi maktab darsliklari qaysi jadid ma’rifatparvari qalamiga mansub?
A) Munavvar Qori B) Abdurauf Fitrat
C) Abdulla Avloniy D) Mahmudxo‘ja Behbudiy
10. XX asr boshida Turkistonda jadidlarning butun bir avlodi shakllangan bo‘lib, ularni faoliyat olib borgan hududi bilan to‘g‘ri aniqlang?
1) Xivada; 2) Toshkentda; 3) Buxoroda; 4) Farg‘ona vodiysida; 5) Samarqandda.
a) Mahmudxo‘ja Behbudiy; b) Abduqodir Shakuriy; c) Polvoniyoz Hoji Yusupov; d) Saidahmad Siddiqiy-Ajziy; e) Bobooxun Salimov; f) Munavvar Qori; g) Is’hoqxon Ibrat; h) Abdulla Avloniy; i) Cho‘lpon; j) Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev; k) Obidjon Mahmudov; l) Fitrat; m) Hamza Hakimzoda Niyoziy; n) Sadriddin Ayniy; o) Fayzulla Xo‘jayev.
A) 1-c, e; 2-f, o, j; 3-l, n, h; 4-a, i, d, m; 5-g, b, k
B) 1-g, e; 2-f, h, j; 3-l, n, o; 4-c, i, k, m; 5-a, d, b
C) 1-c, e; 2-f, h, j; 3-l, n, o; 4-g, i, k, m; 5-a, b, d
D) 1-c, e; 2-f, k, j; 3-d, n, o; 4-g, i, h,m; 5-a, b, l
11. Toshkentdagi dastlabki jadid maktabi qachon, kim tomonidan tashkil etilgan?
A) 1898-yil Abdurazzoq qori B) 1899-yil Mannon qori
С) 1897-yil Salohiddin domla D) 1898-yil Shamsiddin domla
12. 1911-yilda O‘rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar soni ... ga, undagi o‘quvchilarning soni ... ga yetdi.
A) 63 ta, 4106 ta B) 24 ta, 1740 ta
C) 83 ta, 2430 ta D) 61 ta, 4102 ta
13. Bir yilda tavallud topgan jadid allomalarini aniqlang.
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon
B) Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy
C) Munavvar Qori, Abdulla Avloniy
D) Bobooxun Salimov, Polvoniyoz Hoji Yusupov
14. 1910-yil Toshkentda ... jadid maktabi faoliyat ko‘rsatib, ularda ... o‘quvchi o‘qigan.
A) 63 ta, 4106 ta B) 24 ta, 1740 ta
C) 83 ta, 2430 ta D) 61 ta, 4102 ta
15. 1904-yildan boshlab Turkiston o‘lkasida ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisiga aylangan ma’rifatparvarni aniqlang.
A) Munavvar Qori B) Abdurauf Fitrat
C) Abdulla Avloniy D) Mahmudxo‘ja Behbudiy
16. Xiva xonligida bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligidagi jadidchilik oqimining maqsadi nima bo‘lgan?
A) yangi usul maktablarini tashkil qilish, yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish
B) xon hakimiyatini ag‘darib, demokratik tuzumni tashkil etish
C) yangilik va islohotlarni xushlamaydigan qadimchilar oqimini tag-tomiri bilan yo‘qotish
D) xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o‘tkazish
17. “Shuhrat” gazetasi nechanchi yil tashkil qilingan?
A) 1909-yil B) 1906-yil C) 1908-yil D) 1907-yil
18. 1917-yil Rossiyadagi fevral voqealaridan keyin Turkiston jadidlari ilgari surgan siyosiy talablar tog’ri ko’rsatilgan?
1) o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar o‘tkazish; 2) parlamentar monarxiya tashkil qilish; 3) mahalliy aholi huquqlarini kengaytirish; 4) yoshlarni chet ellarda o‘qitishni ta’minlash; 5) Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib o‘rin ajratish; 6) milliy matbuot erkinligini ta’minlash.
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
18. Biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi nima deyiladi?
A) delegatsiya B) avtonomiya C) federatsiya D) absolyutizm
19. “Muallimi avval”, “Muallimi soniy” asarlarining muallifi kim?
A) Abdulla Avloniy B) Munavvar Qori
C) Abdurauf Fitrat D) Mahmudxo‘ja Behbudiy
20. Abdulla Avloniyning islom tarixiga oid asari nechanchi yilda yozilgan?
A) 1910-yil B) 1909-yil C) 1915-yil D) 1913-yil
21. Jadidlar xotin-qizlar ta’limi masalasida qanday fikrda bo‘lgan?
1) alohida ayollar maktabini tashkil qilish; 2) islom istagan ayolning ma’rifatli bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi, deb hisoblagan; 3) jadidlar o‘g‘il va qiz bolalarni birga o‘qitishni yoqladilar; 4) jadidlar qizlar uchun faqat diniy bilimlar o‘rgatilishini yoqlab chiqdilar.
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3, 4
22. O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hududiy xususiyatlariga ko‘ra ... jadidlariga bo‘linadi.
A) Buxoro, Toshkent, Qo‘qon B) Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand
C) Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand D) Turkiston, Buxoro va Xiva
23. Hokimiyatning mavjud tuzum uchun zararli deb hisoblagan ma’lumotlarni cheklash maqsadida matbuot ustidan nazorat qilishi nima deyiladi?
A) pamflet B) feleyton C) senzura D) rezumi
24. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
1) Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish
2) «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni taraqqiyot yo‘liga olib chiqish
3) Milliy davlat bunyod etish
4) Konstitutsion, parlament idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish
5) Siyosiy - ma’muriy tuzumni o’zgartirish
6) Milliy pul birligi va milliy qo‘shin tuzish
7) Turkiy tillarga davlat tili maqomini berish
A) 1,2,3,4,6,7 B) 1,2,3,4,5,6 C) 1,2,4,5,6,7 D) 2,3,4,5,6,7
25. Turkiston o’lkasining quyidagi viloyatlaridan Rossiyaga mardikorlikka olinganlarning soni mos ravishda ko’rsatilgan javobni toping.
1) Sirdaryo; 2) Samarqand; 3) Farg’ona;
a) 38 ming; b) 50 ming; c) 87 ming.
A) 1-c, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b
26. 1916-yildagi qo`zg`olonlar boshlangan hududlar ketma-ketigi to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) Namangan; 2) Eski Marg’ilon; 3) Andijon;
A) 1,2,3 B) 3,2,1 C) 2,1,3 D) 1,3,2
27. Birinchi jahon urushining dastlabki birinchi yilidayoq Rossiyada iqtisodiyoti o’gir ahvolga tushib, soliq miqdori qanchaga oshdi?
A) 30% B) 40 % C) 50% D) 45 %
28. Qachondan boshlab Turkistonda paxtaga o’zgarmas davlat narxlari joriy qilindi?
A) 1914 yildan B) 1915 yildan C) 1916 yildan D) 1917 yildan
29. Podsho hukumti qaysi gubernatorning viloyatda roʻy berishi mumkin bo'lgan katta g'alayonlarni oldini olish to'g'risidagi ma'lumotlarini "podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiq'ish" deb hisoblab, uni lavozimidan chetlashtirgan?
A) Gippiusni B) Korolkovni
C) Verevskiyni D) Konshevskiyni
30. Quyidagilardan 1916 yilgi qo’zg’alon bolib o’tgan uyezdlarda otib o’ldirilgan bo’lgan mahalliy aholi vakillarining soni bilan moslashtirib berilgan javobni toping.
1) Toshkent 2) Andijon 3) Eski Marg’ilon 4) Shahrixon
a) 11 kishi b) 3 kishi c) 63 kishi d) 16 kishi
A) 1-d,2-c,3-b,4-a B) 1-a,2-c,3-d,4-b
C) 1-d,2-b,3-a,4-c D) 1-a,2-b,3-c,4-d



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin