6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf O’zbekiston tarixi 16-20 mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə49/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf O’zbekiston tarixi 16-20 mavzular
1. Sirdaryo magistral kanalining qurilish ishlari qaysi yillarda amalga oshirilgan?
A) 1909-1911-yillar B) 1908-1910-yillar
C) 1899-1900-yillar D) 1911-1913-yillar
2. Mustamlakachi hukumat uchun paxta Turkiston o’lkasida ...... dan keyingi o’rinda turuvchi
yuqori daromadli soha bo’lgan.
A) g’alla va teri B) neft va oltin
C) temir D) chorva mahsulotlari
3. Qaysi yillari Turkistonda 175 ta sanoat korxonalari ishga tushurilgan?
A) 1881-1900-yillarda B) 1857-1880-yillarda
C) 1867-1900-yillarda D) 1874-1911-yillarda
4. Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligida norozilik harakati boshlangan yilni aniqlang.
A) 1880-yil noyabrida B) 1885-yil martida
C) 1882-yil oktyabrida D) 1896-yil dekabrida
5. 1896-yili Turkistonning qaysi volostida mingboshilar saylovida qo’zg’olon boshlanib ketdi?
A) Mingtepa B) Marg’ilon C) Oqsuv-Shahrixon D) Namangan
6. 1879-yilda mahalliy aholi Farg‟ona viloyati bashqarmasi oldida ochiqcha nonozilik ko‟rsatib
Marg‟ilon uyezdida soliq to‟lash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqishdi. Qo‟zg‟alon kuchayib ketishini
sezgan podsho hukumati maxsus komissiya tuzib, vaziyatni o’rgangan. Ushbu komissiya xulosasiga ko’ra
norozilikka nima sabab bo’lgan?
A) viloyatga rus aholisining ko’p miqdorda ko’chirilishi
B) xonlikning tugatilishi va milliy an‟analarning cheklanishi
C) viloyatda paxta ekishning keng ko’lamda avj oldirilishi natijasida boshqa ekinlarning kamayib ketishi
D) vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o’tkazilishi
7. 1896-yil Namangan uyezdining qaysi qishloqlarida mingboshilar saylovi qo’zg’olonga aylanib ketdi?
A) Qutchi, Shahrixon, Ketmontepa
B) Ko’gart, Tojikqishloq, Qutchi
C) Qo’yli, Olmos, Chortoq
D) Naymanchi, Langarbob, Ko’hna mozor
8. Quyidagi voqelardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni toping.
1) Rossiyadan o‘zboshimchalik bilan ko‘chib kelgan kishilar ham ma’muriyat ruxsati bilan ko‘chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi e’lon qilindi
2) Turkistonda oddiy fuqarolarni ma‟muriyatga qarshilik ko’rsatgan taqdirda, bevosita harbiy dala sudlariga bera boshlandi
3) “Vabo isyoni” yoki “tosh otar voqeasi” nomi bilan kirgan qo’zg’alon bo’lib o’tdi
4) Rahmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligidagi aholi mahkamaga borib, adolatsiz soliqlarni bekor qilishini so’rab norozilik bildirgan edi
5) Darvishxon boshchiligidagi qo’zg’olon bo’lib o’tdi
A) 1,2,3 B) 1,3,5 C) 2,3,4 D) 1,4,5
9. Toshkentda “vabo isyoni”ning boshlanishiga nimalar sabab bo’lgan edi?
1) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora
kuchayib borayotganligi;
2) vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o’tkazilishi;
3) xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi;
4) iste’mol mahsulotlari narxining oshib borishi, soliqlarning ko’pligi;
5) Toshkentning ikki qismga bo’linishi;
6) amaldorlarning o’z mansabini suiiste’mol qilishi, poraxo’rlikning avj olishi.
A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5
10. “….Olomonda o’qotar yoki boshqacha qurol ham yo’q bo’lib, ular chamasi 400 kishi edi”, ushbu ma’lumotlarda nechanchi yil voqealari tasvirlangan?
A) 1880-yil 2-yanvar voqealari B) 1898-yil 20-iyun voqealari
C) 1878-yil 12-mart voqealari D) 1892-yil 24-iyun voqealari
11. Toshkentda “vabo isyoni” boshlanishi arafasida Eski shahar oqsoqoli kim edi?
A) Muhammad Yoqub B) Umarxo’ja Inog’omov
C) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev D) Hakimxo’ja maxsum
12. Turkiston o’lkasida “Harbiy holatda deb e‟lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon kuchga kirgan?
A) 1881-yil 24-noyabrda B) 1886-yil 19-mayda
C) 1892-yil 18-iyunda D) 1898-yil 21-aprelda
13. Rus noibi polkovnik Konshevskiy qaysi qo’zg’olondan qo’rqib uyidan chiqmasdan telefon orqali harbiy kuchlarni chaqirgan?
A) 1878-yilgi Yetimxon qo’zg’oloni
B) 1885-yilgi Andijon qo’zg’oloni
C) 1898-yilgi Andijon qo’zg’oloni
D) 1892-yilgi “Vabo isyoni”
14. 1892-yildan keyin Turkistonda “kuchli muhofazada” deb e‟lon qilingan hududlarda nimalar
taqiqlab qo’yildi?
A) #majlis-yig’inlar, savdo-sanoat korxonalarining ishlashi, matbuot organlari
B) kech soat oltidan keyin ko’chalarga chiqish, ish paytida bekor yurish, ko’cha tomoshalari
C) bozorlar, savdo-sotiq, kech soat 7 dan keyin ko’chaga chiqish
D) biror-bir inshoot qurish, choyxonalar, aholining bir-birining uyiga bordi-keldisi
15. 1892-yildan keyin Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e‟lon qilingan hududlarda butun hokimiyat ...
A) Harbiy vazir va uning yordamchilari qo’liga o’tdi
B) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo’liga o’tdi
C) Turkiston harbiy okrugi qo’liga o’tdi
D) imperator tayinlagan maxsus harbiy-gubernator qo’liga o’tdi
16. XIX asrning ikkinchi yarmida ko’tarilgan qo’zg’alondan qaysi birining tarkibini asosan mardikorlar va hunarmand-kosiblar tashkil etgan?
A) 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’oloni
B) 1885-yilgi Andijon qo’zg’oloni
C) 1896-yilgi Namangan qo’zg’oloni
D) 1892-yilgi “Vabo isyoni”
17. . XIX asrning ikkinchi yarmida Turkismonda mahalliy xalq vakillarining ko’targan qo’zg’alonlarning harakatlantiruvchi kuchi kimlardan iborat bo’lgan?
1) dehqonlar 2) hunarmand-kosiblar 3) vatanparvar ruhoniylar 4) milliy g’ururini yuqotmagan mulkdorlar 5) savdogarlar 6) chorvadorlar
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,5,6 D) 1,2,3,5,6
18. Muhammad Ali eshon yashagan yillarni aniqlang.
A) 1856-1898-yillar B) 1846-1898-yillar
C) 1850-1898-yillar D) 1842-1898-yillar
19. Dukchi eshon qo’zg’oloni ikkiga bo’linib harakat qilgan va ikkinchi guruhga kim rahbarlik
qilgan?
A) G’oyibnazar B) Ziyovuddin Maxsum
C) Mahammad Ali D) Muhammad Yoqub
20. Quyidagi qaysi voqeadan so’ng Dukchi eshon qo’zg’oloni ikkiga bo’linib harakat qilgan?
A) Qutchi qishlog’iga yetgandan so’ng
B) Qo’yli qishlog’iga yetgandan so’ng
C) Asaka pristavini o’ldirgandan so’ng
D) Andijonda kazarmaga hujumidan so’ng
21. Andijon qo’zg’olonining boshlanishiga nimalar sabab bo’lgan edi?
1) 1891-yil Farg’ona vodiysiga ko’plab rossiyaliklarning ko’chirilishi;
2) Rus hukumatining Rossiya hududidagi soliqlarni ham joriy qilishi;
3) vaqf yerlarining tugatilib, davlat yerlariga aylantirilishi;
4) mahalliy erkaklarning harbiy xizmatdan ozod qilinishi;
5) vodiyda asosan paxta ekilishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning keskin oshishi;
6) masjidlarning yopib qo’yilishi.
A) 1, 4, 6 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 3, 5
22. Quyidagi atamalarni ularning mazmuni bilan muvofiq joylashtiring.
1) eshon; 2) dukchi; 3) kazarma; 4) katorga;
a) jinoyatchi uchun jazoni og’ir mehnat sharoitida o’tash joyi;
b) harbiy qism joylashgan maxsus bino;
c) charxning ip o’raladigan moslamasini yasovchi;
d) dindorlar orasida obro’ qozongan diniy unvon.
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
23. Turkiston o’lkasida yuqori nufuzli din peshvolari, ta’lim muassasalarida ish olib boradigan
mutasaddilarning keskin noroziligini keltirib chiqargan omilni aniqlang.
A) rus aholisining ta‟lim muassasalariga jalb qilinishi
B) xristianlikning o’lka aholisi orasida targ’ib qilinishi
C) vaqf yerlarining katta qismi davlat yerlariga aylantirilishi
D) rus aholisining o’lkaga ko’chirib keltirilishi
24. 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’oloni davrida harakatning umumiy rahbariga zudlik bilan
qo’shilmasdan, atrofdagi mustamlakachi qo’shinlarga qarshi kurash olib borib, taktik xatoga yo’l qo’ygan
rahnamolardan birini aniqlang.
A) G’oyibnazar mingboshi B) Ziyovuddin maxsum
C) Rahmonqulihoji D) Chibil bo’lis
25. Rossiya imperiyasi Jizzax va O’ratepani bosib olgandan 20 yil oldin….
A) Raim qalasi qurildi
B) Muhammad Ali eshon tug’ilgan
C) Turkiston viloyati tashkil topdi
D) Rossiya imperiyasi Chimkent va Turkiston shaharlarini bosib oldi
26. Qaysi qo’zg’olondan keyin Turkiston hukumati politsiya shtatini ko’paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish haqida Sankt-Peterburgga murojaat qilgan edi?
A) 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’oloni
B) 1885-yilgi Andijon qo’zg’oloni
C) 1896-yilgi Namangan qo’zg’oloni
D) 1892-yilgi “Vabo isyoni”
27. 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’olonida Ketmontepa va Ko’gart qishlog’idagi harakatlarga kim rahbarlik qilgan?
A) Ziyovuddin maxsum B) Chibil bo’lis
C) Rahmonqulihoji D) G’oyibnazar mingboshi
28. 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’oloni bostirilgach, Turkiston general-gubernatori S.Duxovskiyga o’lim jazosini ko’paytirmaslik haqida telegramma yuborgan shaxsni aniqlang.
A) Imperator Aleksandr II
B) Harbiy vazir A.Kuropatkin
C) Turkiston harbiy okrugi boshlig’i N.Korolkov
D) Imperator Aleksandr III
29. 1898-yilgi Dukchi eshon qo’zg’olonining mag’lubiyatga uchrashiga sabab bo’lgan omillarni
aniqlang.
1) qo’zg’olon rahbarlari orasidagi o’zaro nizolar;
2) qo’zg’olonga aholining barcha tabaqalari ishtirok etmaganligi;
3) qo’zg’olonning o’lka bo’ylab keng tarqalib ketmaganligi;
4) qo’zg’olonni tashkil etishda qat’iy tartib va intizomning bo’lmaganligi;
5) qo’zg’olonchilarning aniq bir rejaga asoslanmaganligi;
6) hammaning bir vaqtning o’zida ko’tarilmaganligi;
7) qo’zg’olon va ishtirokchilarining harbiy sohadan bexabarligi, qurollarining o’ta soddaligi;
8) qo’zg’olonchilar tarkibida 3 ta guruhning mavjudligi va ularning bir-birini qo’llab-quvvatlamaganligi.
A) 1, 2, 5, 8 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 2, 3, 4, 6, 7, 8 D) 1, 2, 3, 6, 7, 8
30. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda bo’lgan milliy-ozodlik harakatlarining rahbarlari qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Damin kulol, Namoz Pirimqulov, Nazirxo’ja eshon, Dukchi eshon
B) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev, Darvishxon, Abdurahmon jevachi, Abdurahmon Oftobachi
C) Yetimxon, Mirkarimboy, Muhammad Yoqub, Dukchi eshon, Nazirxo’ja eshon
D) Po’latxon, Yetimxon, Qurbonjon dodhoh, Dukchi eshon, Darvishxon



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin