9-sinf O’zbekiston tarixi 11-15 mavzular 1. Kaspiyorti viloyati tuzilgan yili …
1) Rossiya imperatori Aleksandr II hukmronligi tugadi;
2) Podsho hukumatining O’rta Osiyoni bosib olishidagi yurishining to’rtinchi bosqichi boshlandi;
3) Amudaryo bo’limi tashkil etildi;
4) M.Skobelev qo'mondonligi ostidagi qo'shin uch oylik qamaldan so'ng Go‟ktepa qal'asini qo'lga kiritdi;
5) Rossiya elchisining Tehrondagi kelishuvi bilan Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegaralar belgilandi;
6) Turkiston general-gubernatori fon Kaufman hukmronligi tugadi;
7) Ili o’lkasidagi qo’zg’alon rus qo’shini tomonidan bostirilishi bilan Rossiya va Xitoy chegaralari belgilab olindi.
A) 1,2,3,6 B) 1,2,4,5 C) 1,4,5,6,7 D) 1, 2, 3, 5,7
2. Qo’qon xoni Xudoyorxon qaysi voqeadan keyin Turkiston general-gubernatoridan panoh
toppish maqsadida Toshkentga qochadi?
A) Abdurahmon Oftobachi va Iso Avliyolarning qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketishi
B) Po’latxon qo’zg’olonining boshlanishi
C) xonning ukasi va ikkinchi o’g’lining qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketishi
D) xonning o’g’li Nasriddinbekning qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketishi
3. Qaysi shaharda mustamlakachilarga qarshi harakat bir oy davom etgan?
A) Andijon B) O’ratepa C) Namangan D) Turkiston
4. Turkmaniston hududidagi harbiy harakatlarga kimlar rahbarlik qilgan?
A) Kaufman, Romanovskiy
B) Skobelev, Abramov, Lessar
C) Chernyayev, Skobelev, Kaufman
D) Lazerev, Skobelev
5. Qo’qon xonligini bo’ysundirishdagi keng ko’lamli harakatlarga kim boshchilik qilgan?
A) F.Kaufman B) M.Skobelev C) I.Abramov D) N.Veryovkin
6. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek va fon Kaufman o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra…
1) xon o’zini imperatorning sodiq quli deb tan oldi;
2) xon mustaqil ravishda tashqi aloqalar o’rnatishdan mahrum bo’ldi;
3) xon Rossiyaga 500 ming rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
4) Sirdaryoning chap sohili Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
5) xonlik Rossiya hukumatiga 2 mln. rubl tovon to’laydigan bo’ldi;
6) Sirdaryo bo’ylab erkin harakatlanish uchun Rossiya kemalariga keng huquq berildi;
7) Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya hukumati ixtiyoriga o’tdi;
8) Xonlikning Rossiya imperiyasi hududiga o’tgan yerlarida Farg’ona viloyati tashkil etilishi belgilandi.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 6, 7 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
7. Xudoyorxon qachon va qayerda vafot etgan?
A) 1881-yil Makkada B) 1882-yil Afg’onistonda
C) 1885-yil Peshovarda D) 1886-yil Hindistonda
8. 1877-yil Toshkent shahrida Duma tashkil qilinib, Duma ustidan rahbarlik qiluvchi shaxs
kimning tavsiyasiga binoan harbiy vazir tomonidan tasdiqlar edi?
A) Turkiston general-gubernatori B) podshoning o’zi
C) Duma a‟zolari D) ichki ishlar vaziri
9. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvidagi ma‟muriy bo’linishlar to’g’ri berilgan qatorni
toping.
A) viloyat – uyezd – uchastka – volost
B) guberniya – viloyat – uchastka – uyezd
C) viloyat – volost – uchastka – uyezd
D) guberniya – volost – uyezd – ovul
10. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvning dastlabki yillarida nima sababdan quyi
boshqaruvni saqlab qoldi?
1) mustamlakachi ma‟muriyatning quyi boshqaruv tizimini mutlaqo tushunmasligi;
2) dastlabki davrda mahalliy aholining ichki ishlari va an‟analariga keskin aralashish salbiy oqibatlarga olib
kelishini anglaganligi;
3) dastlabki davrda mahalliy aholi va quyi boshqaruv vakillarining rus tilini bilmasligi;
4) bu paytda bosib olingan hududlarda norozilik harakatlarining davom etayotganligi;
5) rus hukumatining o’lka sharoitini to’liq bilmasligi;
6) quyi boshqaruvda ishlashi mumkin bo’lgan odamlarining bo’lmaganligi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 6
11. Yettisuv viloyati qachondan qachongacha Step (Dasht) general gubernatorligi tarkibida bo’lgan?
A) 1882-1899 yy B) 1882-1889 yy
C) 1887-1897 yy D) 1881-1891 yy
12. Turkiston general gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibida Jizzax (1) va Xo’jand (2) uyezdlari qachongacha bo’lgan?
A) 1870 (1), 1886 (2) B) 1876 (1), 1887 (2)
C) 1872 (1), 1887 (2) D) 1878 (1), 1882 (2)
13. Amudaryo bo’limi qachondan Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan?
A) 1873 yil B) 1876 yil C) 1887 yil D) 1886 yil
14. Turkiston general gubernatorligining barcha hududdi XIX asrning oxirida qanchani tashkil etgan?
A) 1779618 km2 B) 1771688 km2 C) 1173518 km2 D) 1579313 km2 15. Sobiq Zarafshon okrugi o’rnida qachon Samarqand viloyati tashkil etilgan?
A) 1881 yil 1 sentabr B) 1886 yil 1 yanvar
C) 1887 yil 1 avgust D) 1887 yil 1 yanvar
16. Ma‟lumki, dastlabki yillarda podsho hukumati oldida quyi boshqaruvga mahalliy aholidan
o’ziga eng ishonchli bo’lgan kishilarni topish muammosi paydo bo’ldi. Bu muammoning hal etilishida qaysi
tadbir podsho hukumatiga yordam berdi?
A) mahalliy amaldorlarga rus tilini o’rgatadigan maxsus maktablarning tashkil qilinishi
B) mahalliy amaldorlarga soliq yig’ish ishlarida ayrim erkinliklarning berilishi
C) boshqaruvning dastlabki vaqtlarida ishlab chiqilgan saylov tizimi
D) qo’zg’olonlarni bostirish ishlarida jonbozlik ko’rsatgan mahalliy amaldorlarning taqdirlanishi
17. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosan o’troq va chorvador aholi qanday shaklda hududiy
birliklarga ajratilishi belgilandi?
A) o’troq aholi bir bosqichli tizim – oqsoqollikka, chorvador aholi ikki bosqichli tizim – volost va ovullarga
birlashtirildi
B) o’troq aholi ikki bosqichli tizim – volost va uchastkalarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim ovullarga
birlashtirildi9 - sinf O’zbekiston tarixi fanidan testlar
C) o’troq aholi uch bosqichli tizim – volost, uyezd, qishloqlarga, chorvador aholi bir bosqichli tizim –
oqsoqolliklarga birlashtirildi
D) o’troq aholi to’rt bosqichli tizim – volost, uyezd, uchastka, ovullarga, chorvador aholi bir boshqichli tizim
– o’tovlarga birlashtirildi
18. 1886-yil Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirilib, uning tarkibiga qaysi uyezdlar
kiritilgan?
A) O’ratepa, Buxoro, Miyonqol, Samarqand
B) Xo’jand, Jizzax, Kattaqo’rg’on, Samarqand
C) Samarqand, Karmana, Shahrisabz, Qarshi
D) Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Kogon
19. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan tasdiqlangan “Nizom”ning asosiy maqsadi nima
edi?
A) Turkistondagi boshqaruv tartiblarini tubdan o’zgartirish va yangi ma‟muriy hududlarni tashkil etish
B) barcha boshqaruv organlariga saylov tizimini kiritish
C) o’lkadagi ma‟muriy boshqaruvni mustahkamlash, yerdan foydalanish tartiblarini o’zgartirish
D) diniy lavozimlarni tugatish, vaqf yerlarini davlat foydasiga musodara qilish
20. 1877-yil Toshkentda xo’jalik boshqaruvi Dumaga o’tgan bo’lib, unda shaharni Yangi va Eski
qismidan nechta deputat ishtirok etgan?
A) Yangi shahardan 21 ta, Eski shahardan 48 ta
B) Yangi shahardan 68 ta, Eski shahardan 41 ta
C) Yangi shahardan 39 ta, Eski shahardan 80 ta
D) Yangi shahardan 48 ta, Eski shahardan 21 ta
21. 1886-yilgi “Nizom”ga muvofiq, Turkiston general-gubenatorligining ma‟muriy boshqaruvida
qanday yangi idora tashkil etildi?
A) Viloyat mahkamasi boshlig’i Kengashi
B) Amudaryo bo’limi
C) Turkiston general-gubernatori Kengashi
D) Turkiston general-gubernatorligi shtabi
22. 1875-1890-yillarda Turkiston o’lkasiga Rossiyadan ko’chib kelgan oilalar nechta qishloqni
tashkil qildi?
A) 13 ta B) 19 ta C) 9 ta D) 25 ta
23. 1892-yildan boshlab…
A) Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo’limi ish boshladi
B) Turkistonda temiryo’l qurilishi ishlari tugallandi
C) Rossiyadan o’zboshimchalik bilan ko’chib kelganlar ham ma‟muriyat ruxsati bilan ko’chirilganlarga
berilgan imkoniyatlardan foydalanishi e’lon qilindi
D) Turkistondagi barcha qozikalon lavozimlari tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirildi
24. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgunga qadar sud va qozilik tizimi qanday bo’lgan?
1) sud ishlarini qozilar amalga oshirgan;
2) har bir qishloqning o’z qozisi bo’lgan va o’z qishlog’i qozisiga shikoyat bilan murojaat qilgan;
3) qozilar davlat boshlig’ining shaxsan o’zi tomonidan lavozimga tayinlangan;
4) qozilar shariat qonunlaridan kelib chiqib, qarorlar chiqarishgan;
5) qozilar qat‟iy belgilangasn uchastkaga ega bo’lishmagan, har bir da‟vogar o’zi ishongan qoziga murojaat
qilgan;
6) qozikalonlarning huquqi deyarli qozilarniki bilan teng bo’lgan;
7) qozilar davlatdan maosh olishmagan;
8) qozilar xalq tomonidan 2,5 yil muddatga saylab qo’yilgan;
9) qozi sudlarining vakolatiga da‟vo hajmi 100 tillodan oshmaydigan jinoyat ishlari kirgan;
10)qozilar sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif qilgan.
A) 1, 2, 3, 5, 9 B) 1, 4, 6, 7, 9 C) 1, 4, 5, 7,10 D) 1, 3, 5, 8, 10
25. 1886-yilgi “Nizom” Turkiston o’lkasi sud tizimiga qanday o’zgarishlar kiritdi?
1) uyezd sudlari bekor qilindi va ularning o’rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan
uchastka mirovoy sudlari tuzildi;
2) viloyat sudlari tugatildi va ularning o’rniga Toshkent sud palatasi tuzildi;
3) viloyat boshqaruvining sud bo’limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi;
4) okrug sudlari joriy etildi;
5) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi;
6) qozilar sudi saqlanib qoldi;
A) 2, 4, 6 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4
26. Turkiston general-gubernatorligi Devonining sudlov bo’limi nechanchi yil tashkil qilindi?
A) 1867-yil B) 1881-yil C) 1886-yil D) 1898-yil
27. Turkiston o’lkasida turli volostlar va uyezdlar aholisi o’rtasida yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal
qilish ishi qaysi sud bosqichining vakolatiga kirgan?
A) xalq sudlari qurultoyi
B) xalq sudlari favqulodda qurultoyi
C) qozi va biy sudlari
D) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo’limi
28. Rossiya imperiyasi nima maqsadda Toshkentda o’ziga xos muassasa – mahkama joriy qilindi?
A) qo’zg’olon ko’targan aholini rus huquqi bo’yicha jazolash
B) ko’chirib keltirilgan rus aholisini ish bilan ta‟minlash
C) imperiyaning mahalliy aholiga ta‟sirini kuchaytirish
D) yevropalik aholi manfaatlarini himoya qilish
29. Turkiston o’lkasida podsho hukumati harbiy siyosatining asosini nima tashkil etgan?
A) milliy-ozodlik kurashlarini qattiqqo’llik bilan bostirish
B) temiryo’llar qurib, u orqali harbiylarni o’lkaga osonlik bilan ko’chirib joylashtirish
C) mahalliy aholini harbiy xizmatdan ozod qilish, jangovar an‟analarni tag-tomiri bilan tugatish
D) sekin-asta qozi va biy sudlarini tugatib, mirovoy sudlar tashkil qilish
30. Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga qaratilgan choratadbirlar
to’g’risidagi Nizom” e’lon qilingan bo’lib, unga muvofiq, ...9 - sinf O’zbekiston tarixi fanidan testlar
A) Turkistonda 1916-yilga qadar kuchaytirilgan qo’riqlov holati e’lon qilindi
B) general-gubernatorga eng quyi mahalliy hokimlarning ham lavozimiga tasdiqlashi vakolati berildi
C) Turkiston aholisi armiyaga jalb qilinmaydigan bo’ldi
D) general-gubernator o’lkada favqulodda qo’riqlash holatini o’z ixtiyori bilan joriy etish huquqiga ega
bo’ldi