6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə1/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
6-10-KALITLAR




6-10-SINFLAR KALITLARI.


6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri (1-5 mavzular)
1. “ Avesto ”da O`rta Osiyoda jamiyatning negizi etib nima ko`rsatilgan.
A) Vis B) Varzana C) Nmana D) Zantu
2. Behistun qoyalari qayerda joylashgan?
A) Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida
B) Erondagi Mashhad shahri yaqinida
C) Balx shahri yaqinida
D) Erondagi Isfaxon shahri yaqinida
3. Quyidagi qaysi omil kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan?
A) Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi
B) Metollurgiya rivoji
C) O’troq hayotga o’ta boshlanishi
D) Turar joylar qurilishi
4. Arriyanning “Aleksandrning harbiy yurishlari” deb
nomlangan asari Kvint Kursiy Rufning “Makedoniyalik
Aleksandr tarixi” asaridan …yozilgan.
A) bir asr keyin B) bir asr avval
C) uch asr keyin D) ikki asr avval
5. Quyidagi qaysi atama Avestoga xos emas?
A) Zantu B) Varzana C) Sarkofag D) Vis
6. Qaysi tarixiy manbalarda O’rta Osiyoning qadimgi aholisi madaniyati haqida hikoya qilinadi?
A) Geradot va Kvent Kursiy Ruf asarlarida
B) Arrian va Strabon asarlarida
C) Avestoda va Geradot asarlarida
D) Avesto va Strabon asarlarida
7. Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o‘simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish nima deb ataladi?
A) Animizm B) Totemizm C) Fiteshizm D) Magiya
8. Insoniyat ilk taqinchoqlar yasalishi boshlagan davrni aniqlang.
A) eneolit B) bronza C) so‘nggi paleolit D) mezolit
9. Yer yuzini ulkan muzlik qoplash davri qancha vaqt davom etgan?
A) mil. avv 1 mln yillikdan mil avv. 12-7 ming yilliklargacha
B) ilk paleolitdan neolit davrigacha
C) mil. avv. 100-mingyillikdan 12- mingyillik boshlarigacha
D) mil. avv. 100-mingyillik oxiridan neolit davrigacha
10. Muzlik davri poyoniga yetgandan so‘ng … vujudga kelgan.
A) hozirgi qiyofadagi odam shakllanishi
B) turar joylar qurilishi
C) qushlarni ovlash imkoni
D) sun’iy olov hosil qilish
11. Bir davrda amalga oshirilgan ixtirolar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
1) turar joylar qurilishi; 2) o‘q-yoyning kashf etilishi; 3) g‘ildirakning kashf etilishi; 4) sun’iy tarzda olov hosil qilinishi; 5) hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi; 6) kulolchilik charxi kashf etilishi; 7) insonning taqinchoqlar yasay boshlashi
A) 1,4,7 B) 3,4,5 C) 1,3,6 D) 2,5,7
12. ... bilan eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham yakunlanadi.
A) Patriarxat B) Matriarxat C) Muzlik chekinishi D) Paleolit
13. Quyidagi qaysi manzilgohdan bronza ko‘zgular topilgan?
A) Sopollitepadan C) Jarqutondan
B) Xorazmdan D) Zamonbobodan
14. Quyidagilarning qaysi biri neolit davrining eng katta ixtirosi hisoblanadi?
A) Sapol idishlarning yasashning kashf etilishi
B) Chorvachilik va dehqonchilik
C) Hunarmandchilikning vujudga kelishi
D) Paxsadan turar joylarning kashf etilishi
15. Qadimgi manbalarning qaysi birida o‘lkamizning qadimgi
tarixiy viloyatlari Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
A) “Avesto”
B) Behistun yozuvlari
C) Gerodotning “Tarix” asari
D) Arrianning “Aleksandr annabasisi” asari
16. Qaysi davrda mayda tosh qurollari – mikrolitlar kashf qilingan?
A) Qadimgi tosh davrida C) O’rta tosh davrida
B) Yangi tosh davrida D) Mis-tosh davrida
17. O‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi nimaga imkon yaratgan?
A) doimiy turar joylar qura boshlashga
B) hunarmandchilikning shakllanishiga
C) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilishga
D) jamoalarning dehqonchilikka o‘tib borishiga
18. Dastlab quyidagi qaysi hududdan eng qadimgi odam
sinantrop qoldiqlari topilgan?
A) Mo‘g‘uliston B) Xitoy C) Keniya D) Indoneziya
19. Qaysi javobda mezolit davriga oid manzilgohlar ko‘rsatilgan?
1) Obishir; 2) Sopollitepa; 3) Zarautsoy; 4) Machay;
5) Qo‘shilish; 6) Ko‘lbuloq.
A) 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5
20. Qaysi javobda keltirilgan kashfiyot neolit davrining
oxirida amalga oshirilgan?
A) yog‘ochdan idish tayyorlash
B) metall-misdan foydalanish
C) kulolchilik
D) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning vujudga kelishi
21. O‘rta Osiyoning janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan
dehqonchilik qaysi davrda vujudga keldi?
A) Mil. avv. III mingyillikda
B) Mil. avv. II mingyillikda
C) Mil. avv. IV mingyillikda
D) Mil. avv. I mingyillikda
22. Respublikamizning qaysi hududidan dehqon va chorvadorlarning eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo‘lmish Zamonbobo manzilgohi topilgan?
A) Buxoro viloyatidan B) Surxondaryo viloyatidan
C) Toshkent viloyatidan D) Farg‘ona viloyatidan
23. Neolet davrida qanday omil hunarmandchilikning shakllanishiga olib keldi?
A) O‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashivi
B) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilishi
C) Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi
D) Metallurgiya rivoji
24. Jahon tarixida qimmatli manba hisoblangan qoyatosh rasmlarning eng qadimiylari qaysi davrga oid?
A) qadimgi paleolit B) neolit
C) so‘nggi paleolit D) mezoli
25. Loydan yasalgan va olovda pishirilgan idishlarni yasash sohasi qaysi tarixiy davrda yaratilgan?
A) Qadimgi tosh davrida C) O’rta tosh davrida
B) Yangi tosh davrida D) Mis-tosh davrida
26. Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani) manzilgoh nechanchi mingyillikga oid?
A) Mil. avv. 3-ming yillik oxirlari – 2 ming yillik boshlari
B) Mil. avv. 3-ming yillik o’rtalari
C) Mil. avv. 2-ming yillik boshlari
D) Mil. avv. 2-ming yillik oxirlari
27. Tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog‘i qaysi tarixiy davrda yaratilgan?
A) Qadimgi tosh davrida C) O’rta tosh davrida
B) Yangi tosh davrida D) Mis-tosh davrida
28. Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan qaysi fan shug`ullanadi.
A) numizmatika B) epigrafika
C) lingvistika D) orfografia
29. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi yozma manba ...
A) Avesto
B) Behistun qoyalari bitiklari
C) Gerodotning “Tarix” asari
D) Strabonning “Geografiya” asari
30. Mil.avv. 2-ming yillikka oid ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor haysi hududdan topilgan?
A) Toshkent vohasidan C) Farg’ona vodiysidan
B) O’zbekistonning janubidan D) Buxoro viloyatidan
31. Bronza davriga oid Sopollitepa manzilgohi qaysi hududdan topilgan?
A) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan
B) Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanidan
C) Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidan
D) Surxondaryo viloyati Angor tumanidan
32. Chopperlar qaysi davrning muhim ixtirosi hisoblanadi
A) Ilk poleolit B) O’rta poleolit
C) So’ngi poleolit D) Mezolit
33. Ilk sivilizatsiya dastlab qaerda vujudga kelgan?
A) Qadimgi Rimda B) Qadimgi Yunonistonda
C) Qadimgi Sharqda D) Krit orolida
34. Quyidagi odamlarning qaysi biri ilk paleolit davrida yashamagan.
A) pitekantrop B) neandertal
C) avstrolopitek D) sinantrop
35. Diniy e’tiqodlar kurtaklari va eng qadimgi qabrlar qaysi davrga oid?
A) o’rta paleolit B) so’nggi paleolit
C) ilk paleolit D) mezolit
36. Keltirilgan voqealarning qaysi biri ilk paleolitning so’ngi davrida yuz berdi?
A) tabiiy olov kashf qilindi
B) ilk dafn tartiblari paydo bo’ldi
C) ilk diniy e’tiqod kurtaklari paydo bo’ldi
D) buyuk muzlik davri boshlandi
37. Ilk qoyatosh rasmlari topilgan Lasko g’ori qaerda joylashgan?
A) Ispaniya C) Kavkaz
B) Boshqirdiston D) Fransiya
38. O`rta Osiyoda ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bosqichlari qaysi javobda to`g`ri berilgan.
1 – urug` jamoasi; 2 – ibtidoiy tuda; 3- qabila ittifoqi; 4 – qabila; 5 – urug`; 6 – hududiy qo`shnichilik jamoasi.
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 5, 1, 6
C) 2, 5, 4, 3 D) 5, 1, 6, 4, 3, 2
39. O’rta Osiyo hududida bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan? A) 100 ga yaqin C) 50 dan ziyod
B) 100 dan ziyod D) 30 ga yaqin
40. Arxeologlar neolit davrining boshlanishini qaysi voqea bilan belgilashadi?
A) mikrolitlarning yasalishi bilan
B) dehqonchilikning boshlanishi bilan

Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin