6-sinf. I bob: Kishilikning ibtidoiy davri


-sinf Jahon tarixi 21-25- mavzular



Yüklə 430,92 Kb.
səhifə59/76
tarix16.06.2023
ölçüsü430,92 Kb.
#131645
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76
6-10-KALITLAR

9-sinf Jahon tarixi 21-25- mavzular
1. Avstro-Vengriya imperiyasining Avstriya qirolligi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan.
1) Moraviya; 2) Slovakiya; 3) Transilvaniya; 4) Chexiya;
5) Galitsiya va Bukovina; 6) Xorvatiya; 7) Gersogovina;
A) 2, 5, 7 B) 1, 2, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
2. Avstro-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirgan.
1) Moraviya; 2) Slovakiya; 3) Transilvaniya; 4) Chexiya;
5) Galitsiya va Bukovina; 6) Xorvatiya; 7) Gersogovina;
A) 2, 5, 7 B) 1, 2, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
3. Avstriya-Vengriya imperiyasi tuzilgach, qanday umum imperiya vazirliklari tashkil etilgan?
1) Tashqi ishlar; 2) Ichki ishlar; 3) Savdo-sotiq ishlari;
4) Harbiy va dengiz; 5) Moliya
A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 5
4. Rossiya tarixiga doir quyidagi ma’lumotlarni to’g’ri xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.
1) V.Plexanov rahbarligida”Mehnatni ozod qilish guruhi” tuzildi; 2) Peterburgda “Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi” tuzildi; 3) II Davlat dumasiga saylov o’tkazildi; 4) Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar” Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi” deb atalgan partiyaga birlashdi.
A) 2,1,4,3 B) 1,2,4,3 C) 1,3,2,4 D) 1,2,3,4
5. Ma’lumki, 1905-yil 9-yanvarda Peterburgda 250 ming kishi namoyish uyushtirib, podshoga iltimosnoma bilan murojaat qilishgan edi. Ular o‘z talabnomalarida qanday masalalarni ilgari surdilar?
1) soliqlarni kamaytirish; 2) ta’sis majlisini chaqirish;
3) dehqonlarga yer berish; 4) ish haqini oshirish; 5) demokratik erkinliklar berish; 6) kasaba uyushmalari tuzish; 7) jamoat tashkilotlari tuzish; 8) 8 soatlik ish kuni joriy qilish
A) 3, 4, 5 B) 2, 5, 8 C) 2, 3, 7 D) 1, 4, 5
6. Rossiyadag barcha sotsial-demokratik guruhlar “Rossiya Sotsial-demokratik ishchi partiyasi” (RSDRP) deb atalgan partiyaga birlashdilar. 1903-yildan boshlab bu partiyada rahbarlik kimning qo‘liga o‘tdi.
A) V.I.Stoyanov B) V.I.Ivanov
C) G. V. Plexanov D) V.I. Ulyanov
7. Birinchi rus inqilobi qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
1) ishchilarga kasaba uyushmalariga birlashish huquqi berildi; 2) ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bekor qilindi; 3) dehqonlarning yer uchun haq to‘lashlari bekor qilindi; 4) yerdan foydalanganlik uchun to‘ladanigan ijara tizimi bekor qilindi; 5) vakolatli muassasa – parlament joriy etildi; 6) podsho hokimiyati parlament tomonidan cheklandi;
7) krepostnoy huquqi to‘liq bekor qilindi.
A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5
8. Qora dengiz flotiga qarashli “Potyomkin” bronenosesi matroslari Rossiya hukumatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan yilni aniqlang.
A) 1912-yil B) 1902-yil C) 1898-yil D) 1905-yil
9. Rossiyada 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risida yangi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra …
A) bir pomeshikning ovozi 4 ta yirik burjuaziya vakili, 260 nafar dehqon va 543 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi
B) 4 pomeshikning ovozi 14 ta yirik burjuaziya vakili, 160 nafar dehqon va 443 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi
C) bir pomeshikning ovozi 2 ta yirik burjuaziya vakili, 130 nafar dehqon va 343 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi
D) bir pomeshikning ovozi 4 ta yirik burjuaziya vakili, 80 nafar dehqon va 143 nafar ishchining ovoziga teng bo‘ldi
10. XX asr birinchi o'n yilligida qaysi davlatlarda saylov to'g'risida qonun qabul qilingan?
1) Xitoy; 2) Rossiya; 3) Afg'oniston;
4) Yaponiya; 5) Avstriya-Vengriya
A) 1,3 B) 1,4 C) 2,5 D) 2,4
11. XX asr boshlarida Vengriyaning asosiy shahri Budapesht shahrida koʻp ming kishilik namoyish nimalarga qarshi o'tkazilgan?
1) mamlakatni harbiylashtirishga; 2) urushga tayyorgarlik ko'rishga; 3) milliy zulmga: 4) Katta yer egaligiga;
5) "Antanta" davlatlari siyosatiga, 6) monarxiya boshqaruviga
A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,2,3 D) 4,5,6
12. XIX asrning soʻnggi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasining ilgʻor Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga nima sabab boʻlgan edi?
A) mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolinganligi
B) monarxiyaning kapitalizmga to’sqinlik qilayotganligi
C) mamlakatda milliy-ozodlik harakatining kuchayishi
D) Bolqon masalasida Rossiya bilan raqobatlashuvi
13. XX asr boshlarida Avstriya-Vengriyaga qaysi davlatlar banklari qarz berish, sanoatga mablag'lar yo'naltirish orqali mamlakatni o‘z kapitallari bilan to‘ldirib tashladilar?
A) Angliya, Fransiya, Portugaliya
B) Fransiya, Belgiya, Germaniya
C) Germaniya, Angliya, AQSh
D) Germaniya, Ispaniya, Italiya
14. 1889-yil tashkil topgan Avstriya sotsial-demokratik partiyasi dasturida qanday talablar bor edi?
1) siyosiy erkinliklar joriy etish;
2) Germaniya bilan yaqinlashish;
3) parlamentni umumiy va teng ovoz berish yo‘li bilan saylash to‘g‘risida qonun qabul qilish;
4) cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish;
5) kasaba uyushmalari orqali ishchilar o‘z talablarini bayon qilishga ruxsat berish;
6) ish kunini qisqartirish.
A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4, 5, 6
15. 1867-yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi...
A) Vengriyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun turtki bo’ldi
B) Vengriya xalqi ongida norozilik kayfiyatini uyg‘otdi
C) Vengriya o’z parlamentiga, ijroiya hokimiyatga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatiga ega bo’lmasligini tasdiqladi
D) Mamlakatning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexiyada ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va
monopoliyalarning vujudga kelish jarayo-nini sekinlashtirdi
16. "Birinchi Bolqon urushi "dan keyin Avstriya-Vengriya nima uchun Bolgariyaning da'volarini qo'llab-quvvatladi?
A) Serbiyani o'z hududiga qo'shib olmoqchi edi
B) Bolqon ittifoqini buzib yubormoqchi edi
C) shu yo'l bilan Rossiyaning Bolqondagi ta'sirini pasaytirmoqchi edi
D) Bolgariya orqati Turkiyani zaiflashtirmoqchi edi
17. “Ssuda” atamasining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
A) moddiy boyliklar garovi va foiz to'lash hisobiga qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik
B) davlat organlarining muayyan shartlar asosida yer osti boyliklari, yer usti obyektlarini ekspluatatsiyaga berishi to‘g‘risidagi bitim
C) ko‘p tomonlama xalqaro iqtisodiy shartnoma bo'lib, ahdlashuvchi davlatlarning muayyan bir valyuta turidan foydalangan holda harakat qilishlari
D) iqtisodiy qoloq va qaram davlatlar burjuaziyasining chet el kapitali bilan ichki bozor o‘rtasidagi vositachilik xizmati
18. Italiya, 1909-yilda Bolqon yarimorolidagi o‘z manfaatlarini ifodalovchi bitimni qaysi mamlakat bilan tuzgan?
A) Germaniya B) Avstriya-Vengriya
C) Turkiya D) Rossiya
19. XIX asr oxirida Italiyadagi xalq turmushining ogʻirligi qaysi hududda dehqonlar tomonidan qo'zgʻolon ko'tarildi?
A) Florensiya B) Milan C) Venetsiya D) Sitsiliya
20. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Italiyaning davlat qarzlari shiddat bilan koʻpayib borayotgan bir paytda hukumat qaysi sohada qurilishni koʻpaytirdi?
A) temiryoʻl B) harbiy texnika
C) mashinasozlik D) aviatsiya
21. XX asr boshlarida Italiya hukumatini boshqargan J.Jolitti davrida qanday qonunlar qabul qilinganligini toping.
1) Ish haqi minimumi to‘g‘risida; 2) Kasaba uyushmalari tuzishga ruxsat etuvchi; 3) Ish tashlash o‘tkazilishiga ruxsat beruvchi; 4) Tungi smenada bolalar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik haqida; 5) Saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish haqida;
6) Ko‘ppartiyaviylik tizimi asosida saylovni tashkil etish haqida; 7) Pomeshchik yer egaligini tugatish haqida.
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 4, 6
22. 1902-yilda quyidagi qaysi davlatlar o’rtasida shartnoma va bitimlar imzolangan?
1) Italiya va Fransiya; 2) Rossiya va Yaponiya; 3) Buyuk Britaniya va Yaponiya; 4) Buyuk Britaniya va Fransiya
A) 2,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 1,3
23. Italiyaga qo'shni bo’lgan davlatlarda italyanlar yashaydigan hududlarni qo'shib olishni targ'ib qiluvchi millatchilik harakati nima deb ataladi?
A) kompradorizm B) separatizm
C) shovinizm D) irredentism
24. Quyidagi qaysi holat XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Italiyaning qo'shni davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirgan?
A) Tashqi siyosatda irredentizm tarafdorlari ta’sirining kuchayishi
B) Boj urushi C) Dualistik harakat
D) Tashqi siyosatda trializm tarafdorlari ta’sirining kuchayishi
25. Qaysi javobda XIX asr oxiri- XX asr boshlarida Italiya tomonidan bosib olingan davlatlar ko’rsatilgan?
1) Somali; 2) Madagaskar; 3) Eritreya;
4) Senegal; 5) Liviya.
A) 3,4,5 B) 1,2,3 C) 1,3,5 D) 2,4,5
26. 1871 yilda Italiyada cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi. Qonun...
A) Rim papasini muqaddas va daxlsiz deb e’lon qildi
B) Rim papasini barcha xristian cherkovlarining boshlig’i deb e’lon qildi
C) Vatikan davlatining boshqa davlatlar bilan aloqalarini cheklab qo’ydi
D) Papa hokimiyatni Italiya qiroliga tobe qilib qo’ydi
27. Berlin Kongressi Serbiyaning Turkiyadan mustaqil ekanligini tasdiqlash bilan birga unga qanday majburiyatlar yukladi?
1) chet el tovarlaridan tranzit boj olmaslik; 2) Rossiya tovarlariga 10% li boj belgilash; 3) Turkiyadan olib berilgan yangi hududlarga teng miqdorda uning chet el davlatlari oldidagi qarzni to'lash; 4) chet el tovarlaridan tushadigan daromadning bir qismini Avstriya- Vengriya imperiyasiga 5 yil muddatda to'lab turish karakligi
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,2 D) 3,4
28. Birinchi Bolqon urushidan so'ng qaysi mustaqil davlat tashkil topdi?
A) Chexiya B) Bolgariya C) Makedoniya D) Albaniya
29. Mashhur bolgar inqilobchisi V.Levskiy qatl etilgan va Xristo Botev halok bo'lgan yillar mos ravishda to‘g‘ri berilgan javobni toping.
A) 1872-yil, 1876-yil B) 1872-yil, 1875-yil
C) 1870-yil, 1877-yil D) 1871-yil, 1876-yil
30. Quyidagi qaysi davlatlar Bolqon ittifoqiga birlashgan?
1) Bosniya; 2) Bolgariya; 3) Serbiya; 4) Sloveniya; 5) Albaniya; 6) Chernogoriya; 7) Ruminiya; 8) Gretsiya.
A) 2,5,6,7 B) 1,4,5,7 C) 2,3,6,8 D) 1,2,4,8



Yüklə 430,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin