J:Majhul nisbat 148.Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajariladigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli…
J:Birgalik nisbat 149.Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe’l shakllari…
J:Nisbat shakllari 150.Fe’l ifodalagan harakat- holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari…
J: Mayl shakllari 151.Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari…
J:Fe’lning vazifa shakllari 152.-sh,-ish qo’shimchalari qaysi nisbatga tegishli?
J: Birgalik nisbatga 153.-t,-dir,-tir,-ir,-ar,-iz,-giz,-kiz,-g’iz,-gaz, -sat, -kaz,-qaz qo’shimchalari qaysi nisbatga tegishli?
J: Orttirma nisbatga 154.-n, -l,-in,-il qo’shimchalari qaysi nisbatga tegishli?
J:Majhul nisbatga 155.Fe’lning munosabat shakllari qaysilar?
J: Zamon, shaxs-son ,mayl 156.Qaysi shakllarni olganda har qanday fe’l kesim vazifasida kela oladi?
J: Zamonb,shaxs-son, mayl 157. Qaysi qo’shimchani olganda fe’l noaniq shaklda bo’ladi
J: -moq 158. Fe’l orqali ifodalangan ish-harakatning qay paytda bajarilishini ifodalaydigan shakllar…
J: Fe’l zamonlari 159.Fe’l ifodalagan harakat-holatning bajaruvchi shaxsini ko’rsatadigan va fe’lni gap ichida kesim kabi shakllantiradigan hamda uni ega bilan bog’lovchi shakllar…
J:Shaxs-son shakllari 160.Fe’l zamonlarini belgilash qaysi zamonga nisbatan amalga oshiriladi?
J:Hozirgi zamonga nisbatan 161.Nutq paytidan oldin bajarilgan yoki bajarilmagan ish-harakatni bildiradigan fe’l shakli …
J:O’tgan zamon 162. Nutq paytining o’zida yuz berayotgan yoki bermayotgan harakat-holatni bildiradigan fe’l shakli…
J:Hozirgi zamon 163.Nutq paytidan keyin yuz beradigan yoki yuz bermaydigan harakat-holatni bildiradigan fe’l shakli…