|
ONA TILI FANIDAN SAVOL VA JAVOBLAR
|
səhifə | 15/98 | tarix | 09.07.2023 | ölçüsü | 194,3 Kb. | | #136199 |
| 6-sinf ona tili fanidan test Morfemika ( asos va qo’shimchalar) (1)
ONA TILI FANIDAN SAVOL VA JAVOBLAR
7-SINF
-
O’z va ko’chma ma’noda qo’llanila oladigan so’zlar qanday so’zlar hisoblanadi?
J: ko’p ma’noli so’zlar (odamning ko’zi, daraxtning ko’zi)
-
Kumush qishdan, zumrat bahordan Qolishmaydi kuzning ziynati. Ko’chma ma’nodagi so’zlarni toping?
J: kumush qish, zumrat bahor
-
Ozodlik, mustaqillik, erkinlik kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: sinonim (ma’nodosh)
-
Ot, o’t, yer kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: omonim (shakldosh. Ot-hayvon. Ot-harakat. Yer-sayyora, yer-tuproq)
-
Sava-sa’va, amr-amir, daha-daho kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: paronim (bir tovush bilan farq qiluvchi)
-
Do’st-dushman, kata-kichik, uzun-qisqa kabi so’zlar so’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi biriga kiradi?
J: antonim (zid ma’noli so’zlar)
-
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turining qaysi birining ma’nosi matn ichida oydinlashadi?
J: shakldosh (omonim)
-
Shakldosh so’zlardan qaysi turkiy janrda keng foydalaniladi?
J: tuyuq
-
Olmosh atash, ya’ni lug’aviy ma’nosiga egami?
J: yo’q
-
Atash ma’nosiga ega bo’lmaganligi uchun olmoshlar yana qanday nom bilan ataladi?
J: Ichi bo’sh so’zlar deyiladi.
-
Boshqa so’z turkumlari o’rnida qo’llanilib ularga ishora qiluvchi so’z turkumi nima deb ataladi?
J: olmosh
-
Dostları ilə paylaş: |
|
|