Amir Temur va Temuriylar.
Amir Temurning siyosiy maydonda paydo bo’lishi XIV asrning 60 yillaridan boshlandi. Bu davrda, ya`ni XIV asrning o`rtalarida Chag`atoy ulusi ikki qismga Mavarounnaxr va Mug`ulistong`a bo’linib ketgan edi. Har ikkala xududda ham siyosiy parokandalik kuchayib chingiziy shaxzodalar o’rtasida xokimiyat uchun kurash avj olgan edi. Chig`atoy ulusining har ikkala qismi mayda mustaqil beklarga bo`linib ketdi. Ulusning “G’arbiy qismida hokimiyatni asosan turk-mug`ul qabila boshliqlari egallagan. Masalan, Kesh shaxri va viloyat amir Xoji Barlos, Xo`jand viloyati Boyazid jaloir, Balx viloyati Amir Qozag`onining nabirasi Amir Xusayn qo`liga o`tdi. Ana shunday bir qiyin siyosiy vaziyatda Sohibqiron Amir Temur tarix saxnasiga chiqdi.
MIRZO ULUG`BEK
Zamonasining yetuk matematigi,astronomi ma`rifatparvari va shoiri sifatida mashhur.Shunningdek,u tarix va she`riyatga ham qizziqqan.O`rta asrlarda eng muhim observatoriyaga asos slogan. Ulugʻbek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Eron va Afgʻoniston Turkistonida hukmdorlik qilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulugʻbek“ — yulduzlarga bagʻishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid.U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini "Ziji sultoniy" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi
ABU ALI IBN SINO
G`arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan Abu Ali Ibn Sino o`rta asr olimi, faylasufi va shifokori sifatida mashhur. Bir muddat Hamadon shahrida vazir bo`lgan. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizikaning maqsadlari haqida“gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi.
ABU RAYHON BERUNIY
Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. Eratosfendan soʻng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen oʻlchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. Oʻrta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta boʻlgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.