Bir nima so’zi olmoshning qaysi ma’no guruhlarida uchraydi?
J: gumon, bo’lishsizlik
Nozima unga bir nima deganday bo’ldi. Ajratilib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’no guruhini toping?
J: gumon olmoshi (nimadir)
Buni ko’rib bir nima demadi. Ajratilib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’no guruhini toping?
J: bo’lishsizlik olmoshi ( bir nima-hech nima)
Buni ko’rib bir nimadesang bo’lardi. Ajratilib ko’rsatilgan olmoshlarning ma’no guruhini toping?
J: gumon olmoshi ( bir nima - nimadir)
Birov so’zi olmoshning qaysi ma’no turiga mansub?
J: gumon olmoshi (birov - kimdir)
Gumon olmoshlari qanday hosil qilinadi?
J: so’roq olmoshlaridan oldin –alla, so’roq olmoshlaridan keyin –dir qo’shimchalarini qo’llash orqali. ( allakim, kimdir)
Olmoshning qaysi ma’no turida ko’plik va kelishik qo’shimchalarini so’z o’rtasida qo’llanilishi kuzatiladi?
J: gumon olmoshlarida ( kim lar dir , kim ning dir)
Kishilik hamda o’zlik olmoshi yonma-yon qo’llanganda ta’kid ma’nosi qaysi olmoshga tushadi?
J: kishilik olmoshiga (sen o’zing kelding)
Bir narsa, bir kishi, bir nima so’zlari qaysi mustaqil so’z turkumi hisoblanadi?
J: olmosh ( nimadir )
Bir narsa, bir kishi, bir nimaso’zlari olmoshning qaysi ma’no turiga kiradi?
J: gumon olmoshiga
1. Butun umrim davomida yoshga qo’l ko’tarmadim.
2. Shisha idishlarning ichida butuni yo’q ekan.
3. U olmalarni butun-butun yutardi. Ajratilgan so’zlarning qaysilari olmosh so’z turkumiga oid?
J: 1.3
( 1-sida ravishga, uchinchisida fe’lga ishora bor. Ya’ni 1-gapda butun so’zi jamiyki so’ziga ishora qilyapti. 3-gapda butun-butun so’zi tishlamay so’ziga ishora qilyapti. 2- gapda o’zining atash ma’nosi bor.Demak, u olmosh emas.)